Fikr tarkibi va qurilishining to'g'ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. Nutqda til vositalarining mantiq va to'g'ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o'lchovi hisoblanadi. - Fikr tarkibi va qurilishining to'g'ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. Nutqda til vositalarining mantiq va to'g'ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o'lchovi hisoblanadi.
Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o'z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me'yorlardan kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me'yorlaridan hisoblanadi. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq: Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq: 1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz; 2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar); 3) jargon va argolar; 4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar); 5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar; 6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo'lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham shunga yarasha bo'ladi. - Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo'lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham shunga yarasha bo'ladi.
- Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo'lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun imkoniyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |