Grafik (yozuv) me`yorlari:
Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo`lib, 29 ta harf va 3 ta
harf birikmasidan iborat.
9.
Punktuatsion me`yorlar:
Bu me`yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki
nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so`roq belgisi, ko`p nuqta, qo`shtirnoq,
qavs)
10.
Uslubiy me`yor:
Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma`qulini qo’llash adabiy
tilning uslubiy me`yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto`g’ri foydalanish, so`z
takror ayrim eskirgan so`zlarni qo`llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi.
O`zbek tilida so`zlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun o`zbek adabiy tili
me`yorlariga rioya qilish majburiy sanaladi.
Nutq odobi-umumiy axloqni bezovchi mezon hisoblanadi. O`rta Osiyoda
axloqiy tarbiya o`z an`analariga ega. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi
turkiy yodnomalar buyuk allomalarning asarlari, yozma yodgorliklar orqali
bizgacha yetib kelgan.
O`rta asrlarda axloq fan sifatida yuzaga keldi. Farobiy, Ibn Sino,
Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Sabzavoriy, G`iyosiddin Mansur kabi
olimlarning asarlarida axloq fanining mavzusi vazifalari, maqsadi nazariy va
amaliy jihatdan isbotlab berildi. XIII asrda yashagan Ibn Arabiyning “Tahzibul
axloq” (“Xulqiy tarbiya haqida”), “Kitobul axloq” (“Axloq kitobi”), Abu Bakr
Qalandarning “Qalandarnoma” asarlari, XV asrda yashagan Husayn Voiz
Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, XVI asrda yashagan Poshshoxo`ja
Abduvahobxo`janing “Gulzor”, “Miftoh ul- adl” (“Adolat kalidi”), XVII asrda
yashagan Abdurahmon ibn Abdukarimning “Muftoh u-l axloq”, XVIII asrda
yashagan Hakim Qoniyning “Parishon” va “Guliston”, XIX asrda yashab ijod
qilgan Abu Tohir Xo`janing “Axloqi Muzaffariy”, va “Axloqi Muhammadiy”,
Abdurahmon Sharafning “Ilmi axloq”, Salohiddinning “Mahosini axloq”
(“Axloq fazilatlari”), XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan
Abdurahmon Sayyohning “Me`yori axloq” kitoblarida sharqona meros bo`lgan
axloq masalalari ilmiy mushohada etib beriladi. O`rta Osiyo xalqlari boy
axloqiy merosga ega hisoblanadi. Demak, axloqni belgilovchi nutq odobiga
rioya qilish bizning xalqimizga ajdodlardan qolgan meros. Ota-bobolarimiz
qadimgi davrlardan boshlab axloqiy tarbiyaga katta e`tibor berganlar. Odobli
so`zlash uchun ham avvalo o`zbek adabiy tili me`yorlarini mukammal
o`rganmoq zarur.
O`qituvchi nutqi adabiy til me`yorlariga to`la mos kelishi uchun bu
adabiy me`yorlarni u mukammal o`rganmog’i hayotiy zaruratdir. Agar
o`qituvchi nutqi adabiy til me`yorlariga to’la mos kelsa bu o`quvchilarning
19
yutug’idir. Chunki bola ustozidan ta`lim oladi, hattoki unga taqlid ham qiladi.
To`g’ri, boshqa soha vakillaridan ham adabiy til me`yorlariga rioya qilgan holda
so`zlash talab etiladi. Ammo o`qituvchi kelajak avlod tarbiyachisi sifatida bola
dunyoqarashini shakllantiradi. Shuning uchun ham o`qituvchi har qanday
vaziyatda va har qanday sharoitda o`z nutqiga e`tiborli bo`lmog’i talab etiladi.
Mavzu:
Do'stlaringiz bilan baham: |