qolishi mumkin. Oqsillarning qaytadan nativ holatga
kelishi renaturatsiya deb
ataladi. Bu jarayon 9-rasmda chizma ravishda ko’rsatilgan.
Oqsillarning renaturatsiyasi organizmda katta biologik ahamiyat kasb etishi
mumkin. Masalan, xaddan tashqari issiq sharoitda ayrim o’simliklar so’lib, egilib
qoladi, suv berilsa yoki salqin tushishi bilan ular o’z holatiga qaytadi.
SHunday
noqulay sharoitda oqsillar qayta denaturatsiyaga uchrab,
tashqi muhitga
moslashadilar.
9-rasm. Oqsil denaturatsiyasi I-nativ oqsil, II-denaturlangan oqsil.
2.4. Oqsillarning sinflarga bo’linishi
Barcha oqsillar sodda va murakkab tuzilishiga qarab ikki katta guruhga: oddiy
oqsillar, bular bir komponentli bo’lib, ular gidroliz qilinganda faqat aminokislotalar
hosil bo’ladi. Ikkinchisi esa murakkab oqsillar bo’lib, tarkibida aminokislota va
qo’shimcha guruhlar bo’ladi. Qo’shimcha modda prostetik
guruhlardan iborat
bo’lib, ular lipid, uglevod, nuklein kislotalar bo’lishi mumkin. Murakkab oqsillarni
prostetik guruhiga qarab lipoprotein, glikoprotein, xromoprotein va nukleoproteinlar
deb ataladi.
Oddiy oqsillar
Oddiy oqsillar turli xil erituvchilarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq
qiladi.
Alьbuminlar
-hayvon va o’simlik to’qimalarining tarkibida bo’ladi. Qon
tarkibidagi alьbumin 575 aminokislota qoldig’idan iborat bo’lib, mazkur oqsilda
asparagin va glutamin amnokislotalarining miqdori ko’p. Uning molekulyar massasi
69 kDa. Bu globulyar oqsil qon plazmasining muhim tarkibi bo’lib, transport va
ozuqa sifatida xizmat qiladi. To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni
alьbuminlar tashkil qiladi. O’simlik tanasi alьbuminlarga
juda boy, jumladan, soya
o’simligida ikki xil alьbumin mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2s
va 7s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar
suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.
Globulinlar
-qon tarkibida
-,
- va
- fraktsiyalaridan iborat bo’lib, har qaysi
fraktsiya geterogen holatida bir necha oqsillardan iborat. qon tarkibidagi globulinlar
suvda
deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa.
O’simlik globulinlari ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita
konstantali fraktsiyadan iborat. 11s-globulinlar asosan glitsinin oqsilidan iborat, u
soya o’simligidan
ajratib olingan, molekulyar massasi 300-400 kDa. Tarkibida
arginin, asparagin va glyutaminlar miqdori ko’p bo’ladi. Moyli o’simliklar donining
moyi ajratib olingandan keyin qoladigan kunjarada ko’p miqdorda oqsil bo’lib, ular
ham globulinlarga kiradi.
Gistonlar
– yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi.
Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin
aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.
Protaminlar
–
musbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi
10-12 kDa. Ular ham gistonlarga o’xshab genlarning faoliyatida ishtirok etadi.
Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun
ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar
organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: