Mavzu: Nosir Fozilov qissalarida o`smirlar obrazi N. Fozilov hayoti va ijodi haqida ma’lumot



Download 33,11 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2022
Hajmi33,11 Kb.
#489515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nosir Fozilov Mustaqil ta`lim Safarova

Nosir og’aning “changyutkich”i
Mirtemir akaning 100 yilligini nishonlash uchun Toshkentdan Turkistonga bordik. Mashinadan tushayotib, shimimga changmi, loymi tekkizibman. Xotin kishi baribir xotin kishi-da – rafiqam ro’molchasini olib, o’sha joyni darrov artishga tushdi. Bizni kuzatib turgan ikki qozoq qardoshimiz “Nosir og’am Toshkentdan o’zi bilan “pilesos”ini ham opkepti”, desa bo’ladimi! Qarang, qanday chiroyli o’xshatish.
Yana bir yili Shahrixonga bordik. Pichoq olay deb bozorga tushdim. Ikki cholning gurungiga quloq tutdim: “Bizning yerlar juda yaxshi-da, shudgorga oyog’ingni tiqib tursang, qulog’ingdan barg chiqib ketadi”.
Mana, yozuvchi so’zni qaerdan olishi kerak! Bunaqa noyob topilmalarni, betakror o’xshatishlarni yozuv stoli oldida ming yil o’tirib o’ylasangiz ham topolmaysiz. Bu singari so’zlar bug’doy boshog’iga o’xshab bitta-bittalab teriladi, yon daftarga qayd qilinadi va kerak mahali sayqal berilib, ishlatiladi.
Qo’lyozmaning yigirma yettinchi nusxasi
Abdulla Qahhor qo’lyozmalarini qayta-qayta yozishdan hech erinmasdi. Dala hovlisidan bir ariq suv ayqirib o’tardi. O’sha ariq ustida so’risi bo’lardi. So’ri ustidagi xontaxta yonida o’tirib yozardi. Bir bet yozib, o’qib ko’rib, yoqmasa, g’ijimlab otib yuborardi, yana yozaverardi. Ko’p qo’lyozmalar shu singari suvga oqib ketgan. Bir gal asarining uch betini yigirma yetti marta ko’chiribdi. O’sha uch betlik yigirma yettinchi nusxani Said Ahmad akaga bergan. Bu yozuvchining “Asarlaringni yaxshilab ishla, tilga e’tibor ber”, degani edi.
So’z talashgan Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor “Zilzila” degan qissa yozdi. Ilgariroq yozib tashlab qo’ygan ekan, men borib jurnalda bosish uchun undirib keldim. O’n sakkiz-yigirma betlik qo’lyozma edi. Asarni nashrga tayyorladik. Korrekturasini yozuvchiga berib yuborsak, kasal holiga qaramasdan mashinaga o’tirib tahririyatga kelibdi. “Vahobjon, buni siz ko’rdingizmi?” dedi Abdulla Qahhor. Vahob Ro’zimatov “ha”, deb javob berdi. “Mana bu yerda “Mashina gur etib o’t olib, tutun chiqarib ketdi”, degan joyim bor ekan. Siz “dud” deb o’zgartiribsiz. Nega unday qildingiz?” dedi yozuvchi. Vahob aka “Dud” menga yaxshiroq ko’rindi”, dedi. Abdulla Qahhor “Yaxshiroq ko’rinsa ko’ringandir, lekin men “tutun” deya o’zbekcha yozganman. Tilimizni mana shunaqa qilib rasvo qilamiz”, deb o’z qo’li bilan matndagi o’sha so’zni tuzatib ketgan edi. Yozuvchi shuni telefonda aytib, tuzattirib qo’ysa ham bo’lardi. Lekin keksayib qolganiga qaramasdan, bitta so’zning orqasidan o’zi keldi. Qarang, yozuvchining so’zga hurmatini! U kishi shunday – tilning zargari edi-da! Mana bular esdan chiqmaydi.

Download 33,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish