Mavzu: nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish sohasidagi faoliyatni huquqiy asoslari. Quyidagi savollarga javob bering


-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar



Download 178 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2021
Hajmi178 Kb.
#71210
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-TH javobi

3-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar

7. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida ta’lim turlari bo‘yicha litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:

litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi, pochta manzili, ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi va elektron manzili ko‘rsatiladi);

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;

pedagog kadrlar haqida ma’lumot;

o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilgani uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.

8. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

4-bob. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi

9. Litsenziya da’vogarining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya da’vogarining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilingan taqdirda, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining maxsus hisob raqamiga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinganda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imlar summasining 10 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Litsenziya da’vogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.

10. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda mas’ul xodim ro‘yxat asosida litsenziya berish uchun ariza va boshqa ma’lumotlarni qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazining mas’ul xodimi arizachiga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan ro‘yxatga olish nusxasini beradi.

Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi litsenziya da’vogarining arizasini zarur ma’lumotlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga hujjat qabul qilingan kuni yuboradi.

Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilganda, litsenziya da’vogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mas’ul xodimi tomonidan litsenziya da’vogarining elektron manziliga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi arizani qabul qilgandan so‘ng 10 kun ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi, ijobiy qaror qabul qilinganda elektron litsenziyani generatsiya qiladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat boji to‘langanidan keyin davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya da’vogariga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda har bir tuman (shahar) maktabgacha va xalq ta’limi bo‘limlaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash uchun ekspertiza xulosalarini tayyorlash va litsenziya da’vogariga taqdim etish jarayonini tashkil etadi.

Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 1 kun muddat ichida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.

11. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek, amal qilishi to‘xtatilgan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.

12. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar bo‘yicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya da’vogari litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

13. Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya da’vogarlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.


Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish