Topshiriq. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga diqqat qiling.
Aybsiz do‘st qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi uchun
xafa bo‘laveradigan kishining do‘stlari dushmanga aylanaveradi,
chunki singan ko‘ngilni tiklab bo‘lmaydi. Do‘stining o‘zidan o‘zib
ketayotganiga chiday olmagan kishi g‘am ostida yuraveradi. (Yusufiy)
Bu topshiriq o‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nikmasini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilar unda do‘stlikni
qadrlash haqidagi matnni o‘qiydi, ajratilgan so‘zlardagi ng harflar
birikmasining talaffuziga diqqat qiladilar va tushunganlari bo‘yicha
Siz qanday do‘stsiz? Do‘stlik qoidalariga rioya qilasizmi? Kabi
savollarga javob beradilar. (o‘quvchi GAPIRISH ko‘nikmasi ustida
ishlaydi)
Do'stlaringiz bilan baham: |