Mavzu: Nevrologiya, nevropatologiya va psixopatologiya haqida umumiy tushuncha
REJA:
1. Ona qornida homilaning rivojlanishi
2. Anomal rivojlanishning asosiy sabablari
3. Bosh miya harakat nervlarining funksiyasi va shikastlanishi
4. Bosh miya nervlarini tekshirish usullari
Tayanch so‘zlar: homiladorlik, rivojlanish, nasliy kasallik, profilaktika, endokrin, erta tashhis, bosh miya nervlari, juft nervlar, ko‘rish maydoni, adashgan nerv, mushak nervi.
Ona qornida normal rivojlanayotgan homila har xil zararli ta’sirlarga uchrashi mumkin. Bu esa homila rivoji anomal tarzda o‘tishi, hattoki tug‘ilganda mayib, majruh ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Xuddi shu davrda homila asab sistemasi shakllana boshlagan bo‘ladi va har qanday zararli ta’sirlar uning jismoniy va aqliy qiyofasiga ziyon yetkazadi. Bolalardagi anomal holatlar ya’ni jismonan zaiflik, aqli zaiflik, nutqi rivojlanmaganligi – asosan tug‘ilguniga qadar zararli ta’sirlar va tug‘ilayotgandagi jarohatlanish oqibatidir. Demak, homiladorlik davrida ham har bir ayol o‘z sog‘ligiga e’tibor bergandagina sog‘lom farzand tug‘iladi.
Anomal rivojlanishning asosiy sabablari – ilgari har qanday anomal holdagi bolalarni nasliylik deb ham hisoblashgan. Nasliylik qonuniyatlari xaqida chuqur bilim bo‘lmaganligi sababli hatto sil, sifilis, har turli ruhiy xastaliklar, alkogolizm va xakozolar nasldan naslga o‘tayotgan dard, ya’ni patologik davr deb baholashgan. Ba’zi mualliflar kar-soqovlik, aqli zaiflik kabi xastaliklar patologik nasliylik oqibati deb ham yanglish fikrlar bildirishgan. Chunki nasliylikka bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni amaliy tekshirish usullari yo‘q edi. Psixiatriya klinikada esa naslning buzilishi yoki degenerasiya degan nazariya ham bor edi. Bu nazariyaga ko‘ra har qanday normal yashab kelayotgan oila yoki avlod ma’lum bir muddatdan so‘ng buzila boshlaydi, Bunday aynishning belgisi – oilada nog‘iron, nimjon, epileptik, aqli zaif bolalarning tug‘ilishi emish. Albatta, hozirgi zamon ilm fan taraqqiyoti bunday nazariyaga barham berdi. Hozirgi kunda nasliylik bilan bog‘liq bo‘lgan har turdagi xastaliklar juda chuqur o‘rganilar va tahlil qilinadi. Zaxm, sil, xronik alkogolizm va shunga o‘xshash xastliklar nasliy deb hisoblanmaydi. Zaxm va shunga o‘xshash kasalliklar bilan og‘rigan, lekin o‘z vaqtida davolangan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarda zaxm alomati bo‘lmasligi mumkin. Bunday bolalar qoni tarkibida Zaxm paydo qiluvchi spiroxet mikroblari aniqlanmaydi. Alkogolik ota-onalarning bolalari hech qachon, albatta, alkogolik bo‘lib qolmaydi. Lekin, ba’zi hollarda bunday bolalarda nimjonlik, biroz ruhiy sustlashuv aqli zaiflik alomatlari bo‘lishi mumkin. Bu alomatlar nasliylik alomati emas, balki ota-onalardagi zararli ta’sirlar natijasida homila rivojini bir muncha zaif va noqulay sharoitda kechganligi oqibatidir. Har bir ota-ona o‘z xastaliklari yoki illatlarini homilaga juda erta yuqtirishlarini va bu holat tug‘ilayotgan gudak sog‘ligiga albatta ta’sir etishini yodda tutishlari lozim. Homilador ayollarning oziq-ovqat yoki har turli zararli gazlar bilan zararlanishi, lat yeyishi, ochlikda yurishi, homiladan qutilishi uchun qilgan keskin harakatlari (abort) homila bosh miyasining shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Tashqi muhitning ta’siri tufayli turli xil anomal rivoj topgan asab sistemasi o‘rganish va tahlil kilish bilan birga, nasliylikga bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir ichki omillar (endokrin)ni ham chuqurroq o‘rganish lozim. Bu xususida nasliylik xaqida ta’limotlarda nasliylik alomatlarini o‘zida saqlab, avloddan avlodga o‘tkazuvchi nuklein kislotalarining ahamiyatiga katta e’tibor berilmoqda. (RNK, DNK – omillar).
Modda almashuvining nasliyligini har tamonlama o‘rganish va tahlil qilish ham katta ahamiyatga ega bo‘lagn fan sohasi bo‘lib qolmokda. Bu sohada olingan ma’lumotlar asab sistemasi patologiyasi xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish imkoniyatlarini yaratdi. Olimlardan D.S.Futev, B.N.Kolosovskiy va ularning izdoshlari chaqaloqlar va yosh bolalar asab sistemalari patologiyasi ustida ko‘p ilmiy izlanishlar olib bordilar. Yosh bolalarda matorika, nutq va psixik buzilishlarga sabab bo‘ladigan omillar qatoriga ona va homilaning qon tarkibi to‘g‘ri kelmasligi (rezus-faktori) toksoplazmoz va yadroviy sariklikni kiritish mumkin.
L.Persianova ma’lumotlariga ko‘ra, ona va homila qornidagi kislota va ishkor muvozanati buzilganda ham homila rivojida asidoz, kislorod tanqisligi holatlari paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda, bolaning tug‘ilishi jarayonida jarohatlanish, keyinchalik har turli miya kasalliklari va normal ovqatlana olmaslik holatlari paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda turli xildagi antibiotiklar, sifatli dori-darmonlar bilan miya kasalliklarini davolash imkoniyatlari yaratilgan. Albatta, bu borada xalqimizning madaniy salohiyati o‘sib borayotganligi asosiy omildir. Shunga qaramay, bunday anomal holatlarni bartaraf kilish uchun kasallikni paydo bo‘lish sabablari, profilaktika (oldini olish) ishlarini bilish zarur. Masalan, embriogenez jarayonida zararli ta’sirlar tufayli anomal rivojlanishning mayib-majruhlikning shaklini ko‘raylik. Mayib bo‘lib tug‘ilishi sabablari har turli. Bir tomondan, homilaga zararli ta’sirlar (infeksiyalar, intoksikasiya, jarohatlar) bo‘lsa, ikkinchi tomondan ana shu zararli ta’sirlar ona organizmining qaysidir sistemasini kundan kun susayib, nasliylik omilini paydo qilishi mumkin. Natijada ikki ko‘li yo‘q yoki oyoqlari yo‘q, bir oyog‘i yoki bir oyog‘i kalta, qo‘shaloq bo‘lib (siam egizaklari) tug‘ilish hollari uchrab turadi. Ba’zi hollarda bir tanada ikki boshli to‘rt oyoqli ammo qo‘shaloq egizaklarning birisi juda nozik bo‘lib tug‘ilishi ham klinikada kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |