8- “B” sinf Odam va uning salomatligi
fanidan 1 soatlik dars ishlanmasi.
Mavzu: Nerv sistemasi gigiyenasi.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga
nerv sistemasi kasalliklari, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi zararli odatlarning inson uchun zarari haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy markazi: O’quvchilarni o’zaro hurmat faollik va izlanuvchanlikka o’rgatish bolalarda nevroz kasalliklarini oldini olish, zararli odatlarga qarshi kurashish choralarini o’rgatish
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning ijodiy fikrlashi, mustaqil bilim olish ko’nikmalarini rivojlantirish, muloqat madaniyatiga o’rgatish
Dars jihozlari: Mavzuga doir jadvallar , rasmlar, tarqatma materialllar, boshqotirma, qo’shimcha adabiyotlar.
Dars shiori: Hayotdagi mavjud muammolarni o’z bilimimiz bilan yengib insonlar ko’nglida mehr - muhabbat uyg’otish.
Dars uslubi: Noananaviy
“Har kim har kimga o’rgatadi”
Madifikatsiyalangan maruza
Darsning borishi:
Tashkiliy qism 2 daqiqa
Guruhlar bilan ishlash orqali o’tilga mavzuni
takrorlash 8 daqiqa
Yangi mavzuni bayon qilish 10 daqiqa
“Har kim har kimga o’rgatadi” uslubida o’quvchilar bilan yangi mavzuni bayon qilish. 6 daqiqa
Aqliy hujm va bilimlar cho’qqisi orqali o’quvchilar bilmini sinash 5 daqiqa
6. Tarqatma materiallardan foydalanish.
5 daqiqa
7. O’quvchilarni baholash va darsni
yakunlash 6 daqiqa
8. Uyga berilgan topshiriq 2 daqiqa
Yangi mavzuni rejalashtirish:
1. Nerv sistemasi kasalliklari.
2. Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi.
3. Nevroz nima.
4. Bolalarda nevrozning paydo bo’lishi.
5. Alkogolni oliy nerv faoliyatiga ta’siri.
6. Giyohvandlik.
Har bir odam tabiatning eng muhim mo’jizasi bo’lgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bo’lgan gigiyena chora – tadbirlariga amal qilishi zarur. Bola tug’ilgan kunidan boshlab uning parvarishi tarbiyasi kasallikdan, shikastlanish- dan saqlanishi ota - ona, tarbiyachilar, o’qituvchilar e’tiborida bo’lishi kerak. Bola
voyaga yetgan sari ongi aql - idroki bilan o’z so’g’liqini avaylashi, zararli odatlarga berilmasligi, kun taribiga rioya qilishi, aqliy va jismoniy faoliyatini navbati bilan
almashtirib turishi nerv sistemasining normal rivojlanishiga yordam beradi. Aqliy mehnat vaqtida asosan ko’rish, eshitish nutq organlari va bosh miya markazining nerv hujayralari ish bajaradi. Ma’lum vaqt davomida bu sezgi organlar va ularning miyadagi markazining ish bajarish qobiliyati yaxshi bo’ladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa ularning ish qobiliyati asta – sekin pasayib ish sifati yamonlasha boshlaydi. Jumladan maktablarda, o’quv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 5 – 10 minutlik tanaffus sinf xonasini
shamollatish kerak. Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bo’g’imlari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari to’plamidan tashkil topgan harakat markazlari
ishtirokida bajariladi. Nevroz nerv sistemasining faoliyatiga odam yashaydigan va mehnat qiladigan muhim sharoiti katta ta’sir qiladi. Og’ir aqliy mehnat, oiladagi urush va
janjallar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib uning kayfiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq davom etsa odamni nevrozga olib keladi.
Nevroz – nerv sistemasi oliy faoliyatining buzilishi bilan bog’liq og’ir ruhiy xastalik. Alkogol va narkotik
moddaga ruju ota – onadan turli irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tug’iladi. Alkogollar va narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari
ko’p bo’ladi.
Mustaqil ta’lim.
Qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, aqliy va jismoniy mehnat gigeyenasi, alkogol va giyohvandlik natijasida yuzaga keladiga kasalliklarning oldini olish choralarini
o’rgatish.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib, mavzuga doir test savollar tayyorlash.
O’qituvchi: Ibragimova Z.
Do'stlaringiz bilan baham: |