Bel chigali — plexus lumbalis XII ko‘krak segmentining oldingi tarmog'i, I-IV bel
segmentining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi. Bel umurtqalari sohasidagi bu chigal — m.
psoas major katta bel mushagi ichidan o'tadi. Bel chigali tarmoqlari:1. Rami muscularis bel
sohasidagi mushaklami: m. psoas major et minor, m. quadratus lumborum, m. intertransversarei
laterales lumborummushaklami innervatsiya qiladi.2. N. iliohypogastricus — aralash
tarmoqlardan hosil bo'ladi.Harakatlantimvchi tarmoqlar qorinning ko'ndalang va qiyshiq
mushaklari-m. transversus abdominis, m. obliquus externus abdominis, m. obliquus internus
abdominis, m. pyramidalis larni innervatsiya qiladi. Nervning sezuvchi tarmoqlari dumba
sohasining yuqori terisida, chov kanali va qorin terisida tarqaladi. Bu nerv qorinning oldingi
devorida lateral — r.cutaneus lateralis va oldingi — r. cutaneus anterior teri shoxlariga ajraladi.3.
N. ilioinguinalis — aralash nerv tolalarini saqlaydi. Bu nervning harakatlantiruvchi tolalar qorin
mushaklarida tarqaladi va m. obliquus externus abdominis, m. transversus abdominis, m.
obliquus internus abdominis, m. pyramidalis larni innervatsiya etadi. Uning sezuvchi tolalari
chov kanali ostidagi terida, qov sohasi, yorg'oq yoki katta uyatli lablar terisida tarqaladi.
Erkaklarda yorg‘oq terisi nervi — n.n. scrotales anteriores, ayollarda esa —- n.n. Iabiales
anteriores deyiladi.4.N. genitofemoralis — aralash nerv tolalaridan iborat. Bu nervning
harakatlantiruvchi tolalari moyakni ko'taruvchi mushak — m. cremaster ni innervatsiyalaydi.
Nervning sezuvchi tolalari ikki tarmoqqa ajraladi: ramus femoralis tarmog'i son old yuzasining
chov boylami osti terisini innervatsiyalasa; ramus genitalis tarmog‘i esa tashqi jinsiy a’zolar
terisida tarqaladi.5. N. cutaneus femoris lateralis — sezuvchi tarmoqlardan hosil bo‘lib, sonning
lateral terisini innervatsiya etadi.6. N. femoralis aralash tarmoqlarni saqlaydi. Bu nerv chanoqdan
son sohasiga m. iliopsoas bilan birgalikda mushak tirqishi — lacuna musculorum orqali o‘tadi.
Rami muscularis tarmog‘i sonning I . oldingi guruh mushaklarini: m.quadriceps femoris, m.
sartorius, qisman m. pectineus larni inervasiya etadi. Rami cutanei anteriores A \ tarmog‘i esa
sonning oldingi yuzasining terisini innervatsiya etadi. Sezuv tarmoqlarining yana biri — n.
saphe- nus deb atalib, bu nerv canalis ad ductorius orqali o‘tib, tizza sohasining terisini hamda
boldirning oldingi medial terisini innervatsiya etadi va — r. infrapatellis hamda — r.r. cutanei
cruris mediales shoxlariga bo'linadi.7. N. obturatorius — yophich nervi shu nomli kanaldan o'tib,
aralash nerv tolalaridan hosil bo'ladi. Bu nervning harakat tolalari sonning medial guruh
mushaklari: m. adductor longus, blevis, magnus; m. gracilis va qisman m. pectineus larni
innervatsiya etadi.Nervning sezuvchi tarmoqlari esa sonning medial soha terisini innervatsiya
qiladi.Yophich nervi oldingi — ramus anterior va orqa — ramus posterior shoxlarga ajraladi.
Oldingi shoxdan — r. cutaneus va — r.r. muscularis tarmoqlari, orqa shoxdan — r.r. musculares
va — r. articularis — tizza bo'g'imiga tarmoqlari ajraladi
Do'stlaringiz bilan baham: |