Mavzu:
Orqa va bosh miya nervlari va ularning
funksiyasi.
Reja:
1.
Bosh miya umumiy tuzilishi.
2.
Bosh miya nervlari
3.
orqa miya umumiy tuzilishi.
4.
orqa miya nervlari
1. Bosh miya umumiy tuzilishi. Bosh miya nervlari-n.craniales Bosh miya — encephalon
quyidagi bo‘limlarga bo'linadi:1) rombsimon miya — rhombencephalon. O'z navbatida
rombsimon miyaikki qismdan iborat:a) myelencephalon — uning tarkibiga uzunchoq miya —
medullaoblongata kiradi.b) metencephalon — uning tarkibiga ko'prik — pons va miyacha —
cerebellum kiradi.2) o'rta miya — mesencepnalon.3) oldingi miya—prosencephalon. O'z
navbatida oldingi miya ikki qismdan iborat:a) diencepnalon — oraliq miya;b) telencephalon —
oxirgi miya.Bosh miya tarkibida uning so'g'oni — truncus encephali bo'lib, bu hosila tarkibini
quyidagilar tashkil etadi.a) medulla oblongata — uzunchoq miya;b) pons — ko'prik;d)
mesencephalon — o'rta miya.Bosh miya nervlari 12 juft bo'lib, bosh miya asosidan chiqadi va
quyidagi nervlarni hosil qiladi:I -n. n. olfactorii hid biluv nervi; II — n. opticus — ko‘ruv
nervi;III — n. oculomotorius — ko‘zni harakatga keltiruvchi nerv IV — n. trochlearis — g‘altak
nervi;V — n. trigeminus — uch shoxli nerv; VI — n. abducens — ko'zni uzoqlashtiruvchi nerv;
VII — П. facialis — yuz nervi;VIII _ n. vestibulocochlearis - dahliz-chig‘anoq nervi yoki
eshituv- muvozanat nervi;IX — n. glossopharyngeus — til-halqum nervi; X — n. vagus —
adashgan nerv; XI — n. accessorius — qo'shimcha nerv;XII — n. hypoglossus — til osti nervi.I
va II juft bosh miya nervlari: hid biluv nervi - n. olfactorius hamda ruv nervi n. opticus bosh
miyaning old miya qismidan taraqqiy etadi Qolgan bosh miya nervlari, to'liq holda orqa miya
nervlariga mos kelmaydi Har bir nerv orqa miya nervlarining old yoki orqa ildizlarini
eslatadi.mos keldi Juft bosh miya nervlari oriIa miYaning oldingi ildizlariga V, VII, VIII, IX,
Xjuft bosh miya nervlari orqa miyaning orqa ildizlariga mos o'rta bo‘lib, bu nervlar tarkibida
tugunlar hosil bo‘ladi.Bosh miya nervlari tarkibida, orqa miya nervlariga o‘xshash quyidagi
o'zaklar bo'ladi: I) somatik sezgi o'zaklari; 2) somatik harakatlantiruvchi o'zaklar; 3) vegetativ
o'zaklar. O'z navbatida vegetativ o'zaklar: a) visseral — sezgi o'zaklaridan; b) visseral—harakat
o'zaklaridan hosil bo'ladi.1. Somatik sezgi o'zaklari bosimni, haroratni, tovush to'lqinlarini yoki
numi qabul qilib, II, V, VIIIjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.2. Somatik
harakatlantiruvchi o'zaklar: III, IV, V, VI, VII, IX, X, XI, XII juft bosh miya nervlari tarkibida
bo'ladi.3. Visseral sezgi o'zaklari ichki a’zolardan, og'iz va burun bo'shliqlaridan sezgini qabul
qilib, I, V, IX, Xjuft bosh miya nervlari tarkibida bo'ladi.4. Visseral harakatlantiruvchi o'zaklar
ichki a’zolar va qon tomirlar devoridagi silliq mushaklami, yurak mushaklarini va bezlami
innervatsiya etib, VII, IX, X juft bosh miya nervlar tarkibida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: