Ekalogiyasi. Chuchuk suvda yashovchi bitta turda tashqari barcha nemertinalar dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, mu,tadil iqlimda va arktika suvliklarida, dengizning soxil yaqinidagi qum tashloq tubida yashaydi. Ayrim turlari suv qa’rida suzib yuradi. Bunday turlarning tanasi kalta, tanasining keyingi qismi kengayib suzgichga aylangan. Ayrim nemertinalar krablar va molyuskalar tanasida parazitlik qiladi. Shimoliy dengizlarda Malacobdella nemertinasi iki pallali mollyuskalar mantiya bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Uning tanasi keying qismida kuchli so’rg’ichi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |