Tashqi tuzilishi. Tanasi cho’ziq, odatda silindr shaklida, ba’zan dorzo-ventral (orqa-qorin) yo’nalishda yassilashgan. Kattaligi 1-2 smdan 2 m gacha, ba’zan 30m ga yetadi. Ko’pchigi qoramtir tusli, ba’zi vakillari yashil, qizil, pushti yoki chipor tusda bo’ladi. Og’iz teshigi tanasi oldingi qismining qorin tomonida joylashgan. Tanasining eng uchki qismida joylashgan teshigidan uzun xartumi dumbadan chiqarilib turiladi. Tanasi xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida bazl membrana, uning ostida esa muskullarjoylashgan. Bir gurux nemertinalarda muskullar tashqi halqa va ichki bo’ylama qavatlardan iborat. Boshqalarda halqum muskullar bilan birga epiteliy orasida yana bitta bo’ylama muskullar qavati joylashadi. Bundan tashqari orqa-qorin muskullar boylami ham rivojlangan. Ichki organlar oralig’I g’ovak parenxima bilan to’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |