Katalitik kreking katalizatorlar (odatda alumosilikatlar) ishtirokida 450 °C va atmosfera bosimida o'tkaziladi. Bu usul bilan aviatsiya benzini olinadi va uning unumi 80% ga yetadi. Neftning asosan kerosin va gazoyl fraksiyalari ana shu usulda krekinglanadi. Katalitik krekinglashda ajralish reaksiyalari bilan bir qatorda izomerlanish reaksiyalari ham sodir bo'ladi. Bu reaksiyalar natijasida molekulalarning uglerod skeleti tarmoqlangan, to'yingan uglevodorodlar hosil bo'ladi, bu esa benzinning sifatini yaxshilaydi. Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash, ya’ni parafmlar va sikloparafmlarni aromatik uglevodorodlarga aylantirish muhim katalitik jarayon hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |