REJA: - Neft va uni qayta ishlash.
- Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli.
1. Neft va uni qayta ishlash. - Neft — to‘q qo‘ng‘ir yoki deyarli qora rangli, o‘ziga xos hidli, moysimon suyuqlik. U suvdan yengil (zichligi 0,73 — 0,97 g/sm3), suvda amalda erimaydi. Tarkibi jihatdan neft — molekular massasi turlicha bo‘lgan, asosan suyuq uglevodorodlarning murakkab aralashmasi (ularda qattiq va gazsimon uglevodorodlar erigan) bo‘ladi. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlari, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan iborat, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo‘ladi.Boku va Emba neftlarida sikloalkanlar (besh va olti a’zoli halqali) ko‘p, Grozniy va G‘arbiy Ukraina neftlarida parafinlar, Ural neftida — aromatik uglevodorodlar ko‘p bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |