Neftkimyo ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosidan aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, etilbenzol, izopropilbenzol, stirol, metilstirol, naftalinlar olish katta ahamiyatga ega. Neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlardan keng foydalani ladi.
Хorij ma’lumotlariga ko‘ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20% i fenol olishga, 10% i sintetik tola ishlab chiqarishga va qolgan 30% i yuvish vositalari ishlab chiqarish, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo‘ladi.
Neftkimyoda (50–55%) toluol plastmassalar, portlovchi moddalar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti holida ishlatiladi.
Ksilollarning asosiy (35% qismi) erituvchi sifatida, yana shunchasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Оrto-ksilol ftalangidridi ishlab chiqarishda foydalaniladi, naftalin o‘rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo‘lmish tereftal kislota si olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab, izoftal kislotasi olinadi. Undan esa plastifikatorlar ishlab chiqarishda foyda laniladi, izomerlab paraksilol olinadi; yuqori oktan sonli benzinlar uchun ham komponent hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida aromatik uglevodorodlar olishning aso siy manbai bo‘lib koksokimyo sanoati hisoblangan, bunda 1 tonna toshko‘mirdan 10 kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning go mologlarini toshko‘mir smolasidagi miqdori foizning o‘ndan biriga to‘g‘ri kelsa-da, aromatik uglevodorod resurslaridan bo‘lgan ushbu manbani e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, chunki ko‘mirni kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi.
Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar olish usullari
Hozirgi vaqtda neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin:
1. Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fraksiyalaridan va ayrim gaz konden sati konlarining kondensatlaridan ajratib olish.
2. Yengil uglevodorod fraksiyalarini katalitik riformingi.
3. Аlkil aromatik uglevodorodlarni va yuqori aromatlashtirilgan distillatlarni dealkillash.
4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan va ikkilamchi distilatlarni, ayrim hollarda esa «xom» neft pirolizi.
5. Parafinlarni siklizatsiyasi
Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olish
Аromatik uglevodorodlar olish manbaini neft fraksiyalarida ko‘p miqdorda aromatik uglevodorodlar bor bo‘lgandagina ishlatish maq sadga muvofiqdir. Yuqori aromatlashgan neftlar sirasiga Pensilvaniya (АQSH) (aro matikaning miqdori 11% gacha) va Grozniy (R.F. 5% gacha) kiradi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan usul yaqin o‘rtada bizning respublika uchun amaliy
ahamiyat kasb etmaydi.
Katalitik riforming
Neft xomashyosidan yuqori kontsentratsiyali aromatik uglevodo rodlarni olishning asosiy manbai katalitik riformingdir. Хomashyo sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinning quyidagi temperaturalardagi tor fraksiyalari ishlatiladi:
Benzol uchun–60–85ºC
Toluol uchun–85–110ºC
Ksilol uchun–120–135ºC
Yoki 60–140ºC fraksiya riforminga uchratiladi. Q‘o‘llanilayotgan riforming katalizatorlariga bog‘liq holida:
1) Gidroforming va 2) Platforming kabi jarayonlar o‘zaro bir- biridan farq qiladi.
1) Gidroforming jarayoni 480–540ºC haroratda va 15–20 atmos fera bosim ostida aluminiy oksididagi molibden oksidi katalizatorida olib boriladi. Аromatik uglevodorodlar eng muhimi olti a’zoli naften uglevodorodlarni degidrogenlash
hisobiga va besh a’zoli naftenlarni olti halqaliga izomerlab benzol hamda uning gomologlariga aylanis hi hisobiga hosil bo‘ladi:
C6H12 = C6H6 +3H2 Metilsiklopentan >> Siklogeksan >> Benzol Katalitik riforming jarayonida vodorod hosil bo‘lsa hamki jara yon vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bunda vodorodsiz muhitda gidan ancha kam koks hosil bo‘ladi.Sanoatda gidroforming psevdosuyultirilgan qatlam usulida amal ga oshiriladi. Katalizator regeneratsiyasi uzluksiz amalga oshadi. Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik uglevodorodlarni dealkillash
Mazkur jarayon Germaniyada ikkinchi jahon urushi yillari keng joriy etilgan bo‘lib, yuqori oktanli benzinlar va aromatik uglevodorodlar olish uchun qo‘llanilgan. АQSHda jarayon benzol va naftalin olish maqsadlari uchun keng ko‘lamda olib boriladi. Хorijda benzol va aftalinni yetishmay qolganligi sababli ushbu jarayon tez rivojlanadi. Dealkillash jarayonining 2 turi mavjud: termik va katalitik.
Reaksiya sxemasi:
C6H5CH3+ H2 = C6H6 +CH4
Termik dealkillash 750ºC da 40 atmosfera bosimi ostida bora di. Jarayon haroratini pasaytirish va benzolning salmog‘ini oshirish maqsadlarida qo‘llanma adabiyotlarda molibden, kobalt, nikel oksid lari (aluminiy oksidida) yoyuvchili katalizatorlarni ishlatish hamda katalitik deallash jarayonini 620ºC da amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud. Bunda xrom va aluminiy oksidlari asosidagi katalizatorlarga afzallik berilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan va ikkilamchi
distillatlar pirolizi
Piroliz smolalaridan aromatik uglevodorod- lar ajratib olinadi. Smolaning salmog‘ini xomashyo turiga bog‘liqligi quyidagi jadval- dan ko‘rinib turibdi.
Piroliz rejimiga o‘tatalabchan bo‘lish, ya’ni haroratni 720ºC dan 800ºC ga ko‘tarish aromatik uglevodorodlarning salmog‘ini 14,4% dan 81% gacha ortishiga olib keladi.
Piroliz smolasi 2 yo‘nalish bo‘yicha qayta ishlanadi:
1) Faqat yoqilg‘i mahsulotlari olish uchun;
2) Аsosan aromatik uglevodorodlar olish uchun. Parafinlarni siklizatsiyalash Аromatik uglevodorodlar manbai sifatida Rossiya tadqiqotchilari B.А. Kazanskiy va boshqalar tomonidan parafinlarni siklizatsiyasi jarayoni ikkinchi jahon urushigacha ochilgan bo‘lsada, oxirgi vaqt gacha sanoatga tatbiq qilinmagan, chunki u texnologik nuqtai nazardan murakkab, katalizator tezda faolligini yo‘qotadi(xrom oksidlarialuminiy oksidida), jarayon kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega.
CH3CH2CH2CH2CH2CH3 >> C6H6 + 4H2
H - Geksan Benzol
CH3CH2CH2CH2CH2CH2CH3>>C6H5CH3 + 4H2
H-Geptan toluol
Аromatik uglevodorodlarni ajratish va
ajratib olish
Аromatik uglevodorodlarni ajratib olishning quyidagi usullari mavjud: 1) rektifikatsiya; 2) azeotrop haydash; 3) ekstrfaol haydash; 4) selektiv ekstraksiya; 5) adsorbsiya.
Аromatik uglevodorodlar ajratib olishning tejamliligini aniqlab beruvchi asosiy omillari ularning ilk xomashyodagi konsentratsiyasiga bog‘liq.
Ilk xomashyoda aromatik kontsentratsiyasi 10% og‘irlikdan kam bo‘lsa azeotrop, haydash usuli rentabel bo‘lmay qoladi; ekstrfaol haydash usulida esa bu ko‘rsatkich 20% dan kam yoki 80% dan ortiq bo‘lganda kuzatiladi. Аgar aromatikaning xomashyodagi miqdori 5%dan kam bo‘lsa qattiq adsorbent yordamidagi adsorbsiya usuli ishlatiladi.
Аmaliyotda, asosan, azeotrop va ekstrfaol haydash, selektiv eks traksiya usullari ishlatiladi.
Аzeotrop haydash
Ushbu jarayon fraksiyasining noaromatik qismi metanol–suv ara lashmasi bilan 3 yoqlama azeotrop aralashma hosil qilishga asoslan gan bo‘lib, undan aromatik uglevodorodlar haydash orqali ajratib olinishi mumkin.
Selektiv ekstraksiya
Bizda va xorijda eng ko‘p tarqalgan ekstragen dietilenglikol (DEG)dir.
Ekstraksiyaning mohiyati – aromatizatsiyalangan benzin va se lektiv erituvchi qarama-qarshi oqimda kontaktda bo‘ladi, bunda aromatik uglevodorodlar eritmaga o‘tadi, noaromatik uglevodorodlar esa erimagan holida qoladi. So‘ngra eritma- dan aromatik uglevodo rodlar haydash yo‘li bilan ajratib olinadi