MOYBO`YOQLAR BILAN ISHLASHGA TAYYORGARLIK KO`RISH
Rangtasvir uchun grunt
Grunt xolstning asosi va to`qilgan iplari orasidagi teshiklarni berkitadi, uning sirtini bir hil qilib, unga kerakli rangni beradi.
Grunt xolstni bo`yoq, bog`lovchilar va eritkichlarni so`rib olishini oldini oladi. U xolst sirtiga yuqori adgeziyalik xususiyatini, ya'ni bo`yoqlarni to`tib qolish xususiyatini beradi. Sifatiga ko`ra xolst yumshoq va elastik bo`lishi kerak. Xolst rulon qilib o`ralganda sinmasligi kerak .
Grunt sirti biroz g`adir-budir bo`lishi kerak.Grunt berilganidan so`ng xolst o`zining fakturasini yuqotmasligi kerak. Xolst uzoq muddat saqlanganda sarg`aymasligi va qoraymasligi kerak.(Xolst qorong`i joyda saqlansa sarg`ayadi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |