Naturfalsafa nimani o’rganadi? - Naturfalsafa logosi koinot asoslarini, dunyoning tuzilishi sabablari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi. Naturfaylasuflar rang-barang tabiiy hodisalarning yagona mohiyatini aniqlashga harakat qilganlar. Ular birinchi asoslar sifatida ilgari surgan mohiyatlar fizik stixiyalargina bo‘lmagan, dunyoning yagonaligi manbalari sifatida ham amal qilgan. «Logos»ning o‘zi serma’no atama hisoblangan. U umumiy qonun, dunyoning asosi, olamiy aql va so‘z sifatida talqin qilingan. Borliq haqida so‘z sifatida logos mif uydirmasigagina emas, balki narsalarni sezgilar yordamida idrok etish mumkinligi haqidagi tasavvurga ham qarama-qarshi qo‘yilgan. Universumni o‘zlashtirish uchun insoniyat tanlagan yo‘l muxtasar qilib «mifdan logos sari» deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |