Mavzu: Natijalarini loyihalashtirishning nazariy asoslari. Oʻquv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish


Mavzu: Informatika fanini oʻqitishda samarali qoʻllash mumkin boʻlgan oʻyinli texnologiyalar



Download 25,65 Kb.
bet5/6
Sana14.06.2022
Hajmi25,65 Kb.
#671602
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Labaratoriya

Mavzu: Informatika fanini oʻqitishda samarali qoʻllash mumkin boʻlgan oʻyinli texnologiyalar
Ta’limning bugungi vazifasi oʻquvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat koʻrsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qoʻllash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga oʻrgatishdan iborat.
Shu maqsadda, oʻquvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga oʻrgatish zarur. Bu masalaning yyechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati boʻlgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yoʻlidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga koʻtarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham oʻziga xos oʻzgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali oʻqitilyaptimi? Oʻquvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur boʻlgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki koʻnikmalariga ega boʻlib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha oʻqituvchilar dars mashg‘ulotini toʻg‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. Oʻtkazilgan anketa tekshiruvlariga koʻra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlarida informatika fanidan olingan nazorat ishida oʻquvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat koʻrsatkichidir. Oʻquvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish salohiyatiga ega boʻlishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnologiyalarining oʻrnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni oʻstirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq?
Dunyoning turli mamlakatlarida koʻplab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qoʻllash boʻyicha izlanishlar olib borilgan. Ularda “innovatsiya’, “interfaol usullar”, “innovatsion texnologiyalar” toʻg‘risida yaxshi axborotlar toʻplangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida oʻrgatish samaradorligini orttirish boʻyicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada oʻzlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari boʻyicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qoʻllash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:
oʻquv fanining aniq maqsadini aniqlash;
fanning hajmi va mazmunini aniqlash;
zarur boʻlgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;
fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;
ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini oʻrganish;
oʻqituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.
Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu oʻquv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul boʻlgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishdir. Bu muammolarni u yoki bu aniq bir usulni tavsiya etish bilan, ayniqsa, pedagog reproduktiv ta’lim usullarinigina qoʻllashni maqsad qilgan boʻlsa, hal etib boʻlmaydi. Maqsadga erishishning eng toʻg‘ri yoʻli, bu dars mashg‘ulotini loyihalashda integrallashgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Informatika fanini oʻqitishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning quyidagi metodlarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir [1]: oʻyinli texnologiyalar; muammoli oʻqitish; dasturlashtirilgan oʻqitish; kompyuterlashtirilgan oʻqitish modulli oʻqitish.
Bu texnologiyalar oʻquv mavzusi maqsadidan va mavzuning mazmunidan kelib chiqib, darsning turli bosqichlarida turlicha qoʻllanishi mumkin. Maktab oʻquvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olib, fanni oʻqitishda g‘oyat samarali boʻlgan qator oʻyinli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch koʻrinish: mehnat faoliyati, oʻyin faoliyati, oʻquv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi oʻzaro bog‘liq holda sodir boʻladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi oʻquv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari oʻyin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq oʻyinli ta’limni oʻquvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish toʻg‘ri emas. U oʻquvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. Oʻquvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi oʻyinlarni ajratish mumkin.
1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq boʻlgan predmetli oʻyinlar. Bunda oʻquvchi oʻyinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi mumkin.
2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi sujetli — rolli ijodiy oʻyinlar. Masalan, “Baxtli tasodif ”, “Nima? Qayerda? Qachon?” va boshqalar. Bunday oʻyinlar nafaqat koʻngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi energiya manbaidir.
3-guruh. Oʻquvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tayyor qoidalarga asoslangan didaktik oʻyinlar. Qoidalarga koʻra, u oʻquvchidan anglashni, taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi.
4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik oʻyinlari. Ular oʻquvchida oʻz ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, oʻzini va oʻzgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat faolligi bilish faolligiga undaydi.
5-guruh. Psixik muhitda sodir boʻluvchi intellektual oʻyinlar. Oʻquvchilarning tayyorgarlik darajalarini koʻrsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa asosida oʻtkaziladigan oʻyinlar. Ular oʻzini shakllantirishga va demak, aqliy faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan oʻyinlarni oʻquv jarayonida qoʻllash natijasida oʻquvchilarni oʻquv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari hosil boʻladi.
Tajribalardan kelib chiqib, quyida Informatika fanini oʻqitishda samarali qoʻllash mumkin boʻlgan quyidagi oʻyinli texnologiyalardan namunalar keltirib oʻtamiz:

Download 25,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish