Mavzu: Informatikani kasbga yoʻnaltirib muammoli oʻqitishni (keys) loyihalashtirish. Informatika ta’limida oʻquvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish. “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini toppish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qoʻyilgan muammoning yechimini topishga qodir boʻlishlari kerak, aks holda yechimni topaolmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari soʻnishiga, oʻzlariga boʻlgan ishonchlarining yoʻqolishiga olib keladi. ‘Muammoli vaziyat’ metodi qoʻllanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni oʻrganadilar. Quyida “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:
ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va yechimlarni topishni oʻrganadilar;
ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni oʻrganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:
ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
qoʻyilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
koʻp vaqt talab etiladi.
Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi;
Muammoli vaziyat tasnifini keltirish;
Guruhlarga boʻlish;
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi;
Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari toʻg’risida fikryuritishi;
Toʻg’ri yechimlarni tanlash;
1. Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ta`lim-tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta`lim tizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;
- ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;
- zamonaviylik, ya’ni ta`lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlari bilan boyitib borish;
- ilmiylik, ya’ni ta`lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;
- moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayonda axborotlashtirish muhitiga e`tibor berish;
- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshiruvchi elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, shuningdek masofaviy ta`lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringini muntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:
- ta`lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik va tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash;
- ta`lim innovatsiyalari boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlar yaratish va ularning ommaviy tatbig’iga koʻmaklashish;
- ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar oʻtkazish hamda ularni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
- istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta`lim uslublari, shakllari, yoʻllarini uzluksiz ta`lim tizimiga kiritishga koʻmaklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish, toʻplash va shu kabilar.
Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishning tashkiliy asoslari:
- pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar boʻyicha aniq ma`lumotlar bazasini tashkil qilish va ta`lim-tarbiya sohasining me`yoriy hujjatlari boʻyicha ma`lumotlar omborini yaratiladi;