Mavzu: Namangan viloyati davlat arxivining shakllanishi tarixi. Namangan– 2022 kirish


II. O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi



Download 46,03 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2022
Hajmi46,03 Kb.
#789981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Namangan viloyati davlat arxivining shakllanishi tarixi.

II. O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi.
2.1 60 yillarda O‘zbekistonda arxiv ishi.
Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy-ma’lumotnoma apparati, ma’lumotnomapar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun ko‘rsatgich (putevoditel)lar, ilmiy ro‘yxatlar, kataloglar va boshqa axborotnoma- lar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yig‘majildlar yo‘q qilishga ajratildi. Shunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga solindi. Bu esa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi. Urushdan keyingi yillarda O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatgichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi-axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay qoldi. Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari gashkil qilindi1. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga to‘laroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarining muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarni ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13- yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishini yaxshilash to‘g‘risidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror e’lon qilingandan keyin ko‘plab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951-1954 yillari 'Goshkentda 378 tashkilot arxivlari tartibga solindi. Idorapar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qo‘llanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarining ekspertizasini o‘tkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun ko‘rsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot hilish bo‘yicha ko‘rsatmapar» shular jumlasidandir. 1963 yil 14 oktabrda O‘zSSR Minisgrlar Soveti «O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Unga ko‘ra idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. Shu bilan birga, ularga yordam berishga katta e’tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta e’tibor berildi. Davlat arxivlari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amapga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qo‘llanmapar, ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Bu qo‘llanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qo‘shdi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964- yili MDAga yangi bino qurilib foydapanishga topshirildi. 1970-yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda ko‘p arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qildi. 1946-1955 yillarda 600 mingdan ko‘proq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar o‘tkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig‘majildlar saqlangan bo‘lsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligida hujjatlar saqlangan. 1946-1955 yillarda 5 ta hujjatlar to‘plami nashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afg‘onistonda Angliya agressiyasi» (1889- 1917 yillar) ana shunday hujjatlar to‘plamidir. Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 31- martdagi «O‘zSSR Ministrliklari va 17 idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘ynaydi1. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli to‘plamlar, ma’lumotnomalar, arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va «O‘zdavlatnashr»gaularni nashr qilishni topshirdi. Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e’lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar to‘plamlari nashr qilindi. Shu jumladan oktabr’ to‘ntarishiga oid 2 ta, “bosmachilar” harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «O‘rta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta to‘plam tayyorlanib nashr qilindi. 60-yillardan boshlab mavzular bo‘yicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-1967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy ma’lumotnoma apparati bo‘limi tashkil qilinib, bu bo‘lim xodimlari MDAning tizi.m (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qo‘shildi. Shuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar to‘ldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini yengillashtirmoqda. 1960 yili O‘zSSR MDA sovet fondlari ko‘rsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964 yili O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA ko‘rsatgichi e’lon qilindi. Bu ko‘rsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi. 50-yillarning ohiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O‘zSSR Oktabr inqilobi Markaziy davlat arxivi O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O‘zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qo‘shildi. Shunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi vujudga ksldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha hujjatlarni ehtiyot hilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Download 46,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish