Mavzu: Namangan viloyati davlat arxivining shakllanishi tarixi. Namangan– 2022 kirish


I. O‘zbekistonda Respublikasidagi davlat arxivlarining tashkil topishi



Download 46,03 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi46,03 Kb.
#789981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Namangan viloyati davlat arxivining shakllanishi tarixi.

I. O‘zbekistonda Respublikasidagi davlat arxivlarining tashkil topishi.
1.1 Namangan viloyati davlat arxivlarining shakilanishi.

Namanganda arxiv ishi 1936-yilda davlat arxivi bazasi asosida tashkil etilgan. 1941-yili Namangan viloyati tashkil etilgach, viloyat davlat arxivi deb qayta nomlangan. 1960-yildan Andijon viloyati davlat arxivining Namangan shahar filiali sifatida faoliyat yuritgan. 1986-yilga kelib, Namangan viloyati davlat arxivi deb qayta nomlangan. Arxiv jamg‘armalarida Namangan viloyati siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga oid sovet hukumati davrini yorituvchi hujjatlar jamlangan. Namangan viloyati arxiv jamg‘armalarida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, milliy ozodlik harakati, sotsialistik qurulishning olib borilishi va Namangan viloyati, shahar, tuman ijroiya qo‘mitalari faolitiga oid turli hujjatlar mujassamlashgan1. Arxivning uezd yer-suv komissiyasi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga oid 1925-1926-yillardagi yer-suv islohotlariga oid, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish, kooperativlar tarixiga oid hujjatlar to‘plangan. Xalq ta’limi jamg‘armasida esa, madaniyat, kasaba uyushmalari, xalqning moddiy ahvoliga oid hujjatlar saqlanmoqda. Shuningdek, arxivning suratli hujjatlar jamg‘armasida yer-suv islohotlari, sanoat va xalq xo‘jaligi taraqqiyotini madaniy va ommaviy tarzda yoritilishiga oid hujjatlar mavjud. Hozirda viloyat davlat arxivi Namangan shahri, Bank ko‘chasi, 9-uyda faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik sharofati bilan Viloyatda arxiv ishi bo’yicha juda kotta ishlar amalga oshirildi. Bunga Chust tumanidagi davlat arxivi faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. Jumladan, Chust davlat arxivi 4 ta tuman, 2 ta shahar, 233 ta tashkilot korxonalar muassasalariga xizmat ko’rsatgan. Shahar va tuman xokimliklari filiali ishiga yaqindan amaliy yordam beradilar va ularni qo’llab quvatlaydilar. 1968-yilga kelib Namangan viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi. Arxiv jamg’armalarida Namangan viloyati siyosiy-iqtisodiy,madaniy va ijtimoiiy tarqaqiyotga oid sovet hukiumati davrini yorituvchi hujjatlar jamlangan. Namangan viloyati sho’rolar hukumatining o’rnatilishi,milliy ozodlik harakati,sotsialistik qurilishning olib borilishi va Namangan viloyati shahar va tuman ijroiya qo’mitalar jamg’armalarida turli hujjatlar mujassamlashgan1. Arxivning suratli hujjatlar jamg’armasida yer-suv islohotlari sanoat xalq xo’jalik tarqqiyotining madaniy va ommaviy tarzda yoritilishga oid hujjatlar mavjud. Namangan viloyatida sho’rolar davrida arxiv ishining rivojini Namangan viloyatining Uychi tumani arxivi faoliyatida ko’rib chiqsak,Uychi tumani davlat arxivi dastavval arxiv filiali sifatida 1969-yilda tashkil qilingan. 1975-yilda Uychi,Norin,Uchqo’rg’on,Chortoq va Uchqo’rg’on tumanlariga xizmat qilgan. 1975-yilda Uchqo’rg’on tumani filiali tashkil etishi munosabati bilan Uchqo’rg’on va Norin tumanlariga tegishli bo’lgan 17.000 ta hujjatni qaytarib berib Uychi,Yangiqo’rg’on,Chortoq rayonlariga xizmat ko’rsatgan. Arxiv tashkil topgandan boshlab g’ayratlik A.Axmadjonov direktorlik qila boshladi. Uychi tumani davlat arxivida 126 dona jamlanma (Fond) mavjud. Tumanda ushbu jamlanmalarni to’ldirib boruvchi 50 dona jamlash manba,ya’ni davlat arxivi nazoratida bo’lgan tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Har bir tashkilotning Idoraviy arxivi bo’lishi lozim. Idoraviy arxiv ekspert komissiyasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarni saqlov mudatlari bo’yicha saralanadi,ya’ni doimiy saqlov,shaxsiy taribga oid,uzoq mudatli va saqlov mudati o’tgan hujjatlar ajratib olinadi2. 1970-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy arxivlari va ish yuritish xizmati bir muncha yaxshilandi. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi “Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib hujjatlarini idoralararo xo‘jalik hisobidagi arxivlarni tashkil qilish keng avj oldi. Yana bir qarorga ko‘ra arxiv boshqarmasi O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi. Xokimlar tomonidan filiali hududidagi muassasalar, tashkilot, korxonalar, jamoat va fermer xo’jaliklar, qo’shmma va kichik korxonalarga hujjatlarni arxivga topshirish tartibiga saqlanish haqida shartnomalar tuzish bo’yicha xat chiqarildi qaror qabul qilinidi. Topshirigan hujjatlarni saqlanishi yuzasidan ko’riklar o’tkazish muassasalar arxivini tartibga keltirish hujjatlarni davlat arxiviga topshirish tartibi bo’yicha chiqarilgan qarorlar anshular jumlasidandir. Chust shahar hokimi arxiviga katta amaliy yordam ko’rsatib kelinmoqda. Bevosita hokimlik tomonida ko’rilib foydalanishga topshirilgan yangi bino metodik metodik xonaga aylantirildi. Yaqinda shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qo’shimcha xona ham to’la tamirdan chiqarilib jihozlandi. Binoga hujjatlarni saqlash uchun zarur vositalar o’rnatilgan. Fillialda hodimlarni ishlashi uchun sharoit yaratilishi muassasa arxivi bilan shug’ulanuvchi ma’sul kishilar bilan yaqindan hamkorlik qilishga ularga arxivdagi hujjatni saqlash holatiga doir masalahatlar berilib borilishi yaxshi samara beryabdi. Fillial hodimlari hujjatlarni jamlashda ularning asosiy manbasiga e’tibor qaratdilar. 2015-yiili davlat hisobiga oingan fondlar tarmoqlar bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

1. Pullik xizmat hisobida qabul qilingan papkalar: 1028 ta.
2. Filial hujjatlari: 19 ta.
3. Ijara pudrati brigadasi tomonidan qabul qilinib tayyorlangan papkalar: 1348 ta. Jami: 2393 ta.
Bundan tashqari 83 ta fotohujjatlar qabul qilindi va topshirildi. Tashkilotda saqlash muddati o’tib ketgan papkalar 1556 ta qabul qilinib doimiy saqlashga qoldirilgan. Filialda keyingi yillarda hujjatlarni davlat hisobiga olish, doimiy saqlashga qoldirish,qiymatiga qaratib ekspertiza qilish, jamlashda olib borilayotgan ishlarning sifati yaxshilanayotgani, bu yerda mehnat qilayotgan ahil jamoaning mehnat sevarligi o’z kasblarini sevishdan dalolat beradi. Viloyat davlat arxivining Chust filialida 444 ta muassasa,korxona,xo’jaik,tashkilot qo’shma kichik korxonalarning hujjatlari saqlanadi. Bu hujjatlar shahar va tuman hokimliklarining,ularning bo’lim va boshqarmalarining,yirik korxonalar va birlashmalar. Chust,Gulbog’,Pop paxta tozalash zavodlari,hissadorlik jamiyatlar,suv xo’jaligiga qarashli hamda 1- va 2- qishloq qurilish Vazarligiga qarashli xo’jalik hisobiga ko’chma jamlanmalar, Chust “Pichoq” zavodi va boshqalarga tegishli hujjatlar. Filial ma’muriyati, uning hodimlari bu tashkilot korxona va xo’jalik boshliqlari bilan doim yaqindan munosabatda bo’ishlari ishning muvafaqiyatini ta’minlab keladi. Ayniqsa rahbar xodimlar kadrlar bo’limi mutaxasislari bilan o’tkazib turiladigon seminarlar, yakka tartibda bevosita joylarda o’tkaziladigon suhbatlar hujjatlarni qabul qilish,jamlash,ularni davlat saqloviga olishdagi ishlarni namunali tashkil etishda ijobiy tasir o’tkazishdi1. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan so’ng qisqa davrda filial hodimlari katta xajmdagi ishlarni bajarishdi. Muassasalar arxivi ishi haqidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh arxivining buyrug’I asosida quyidagilar amalga oshirldi: Barcha tuman,shahar hokimliklari hodimlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish yuritish bo’yicha yo’riqnomasini tadbiq etish to’g’risida” mavzusida seminar yeg’ilishlari o’tkazildi. Tuman va shahar hokimiklari imzosi bilan Chust arxivi nazoratidagi barcha muassasa,korxona tashkilot va xo’jaliklarga quyidagicha ishlarni bajarish toshirildi. 1. Arxiv hujjatlari uchun maxsus binolar ajratish va ularni jihozlash.
2. Arxiv hujjatlarini saqlashni masul hodimga topshirish.
3. Arxiv hujjatlarni ekspertiza qilish uchun guruh tuzish.
4. 1991-yilgi hujjatlarni Chust arxiviga topshrish.Yil rejasiga hisoblash davrida, ya’ni 1996-yilda muassasalarida arxiv holati bo’yicha 41 ta tematik va 6 ta majmyali tekshirihslar o’tkazildi. Muassasa arxivlari ichidagi kamchilikda yo’qolish amaliy yordam ko’rsatdilar. Jamoatchilik asosida arxiv xodimlari tashabbusi bilan Chustda 1964-yilda tarix va o’lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi.Buyuk g’alabaning yarim asrlik bayrami arafasida arxiv ma’muriyatiga Vatan urushi va frontga yordam bilan bog’iq narsalar bo’yicha ko’plab so’rovlar tushdi. 1994 – 1995-yillarda arxiv xodimlari 500 ga yaqin ana shunday so’rovlarga javob berdilar.


Download 46,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish