Mavzu: nafas a’zolarining tuzilishi. Maruza rejasi: Burun bo‘shlig‘i va uning tog‘aylari



Download 23,96 Kb.
bet1/3
Sana22.01.2022
Hajmi23,96 Kb.
#401478
  1   2   3
Bog'liq
Nafas a’zolarining tuzilishi


MAVZU: NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI.

Maruza rejasi:



1. Burun bo‘shlig‘i va uning tog‘aylari.

2. Hiqildoq va uning tog‘aylari, bo‘g‘imlari, muskullari. Hiqildoqning tovush hosil qilishi

  1. Kekirdak joylashishi va tuzilishi.

  2. Bronxlar tuzilishi va joylashishi.

  3. O‘pka tuzilishi va joylashishi.

  4. O‘pkaning qon bilan ta’minlanishi va gaz almashinuvi.


Tayanch iboralar: nafas olish, burun bo‘shlig‘i, burun-halqum, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiolalar, atsenus, alveolalar, o‘pkalar, o‘pka darvozasi, gaz almashinuv jarayoni.
Har bir organizmning hayot faoliyati uchun nafas olish protsessi muhim ahamiyatga ega. Nafas olinganda o‘pkaga kislorod havodan qonga o‘tib, barcha hujayralarga yetkaziladi. Nafas chiqarilganda karbonat angidrid va boshqa kerak bo‘lmagan gazsimon birikmalar nafas olish organlari orqali tashqariga chiqadi.

Nafas olish organlari havo o‘tkazuvchi yo‘llar va gazlar almashidigan a’zo - o‘pkalarga bo‘linadi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarga burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va bronxiolalar kiradi. O‘pkalarda esa qon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi ro‘y beradi. Yuqori so‘t emizuvchilarda nafas olish a’zosidan Hiqildoq ikkita funksiyani bajaradi: havo o‘tkazuvchi va tovush chiqaruvchi. To‘g‘ri nafas olish burun bo‘shlig‘i orqali ro‘y beradi.

Burun bo‘shlig‘ining hosil bo‘lish da bir juft burun suyagi, g‘alvirsimon suyakning tik plastinkasi, burun to‘sig‘ining tog‘ayi, yon devorlarining va qanotlarining tog‘aylari ishtirok etadi. Tog‘aylar tufayli burun teshiklari ochiq va bir-biridan ajralib turadi. Burunning bitta toq tog‘ayi bo‘lib, g‘alvirsimon suyakning tik plastinkasi bilan orqa va yuqoridan, dimog suyagi, oldingi burun o‘sig‘i bilan tutashib, burun to‘sig‘ini hosil qiladi. Juft tog‘aylar burun qanotlarining yon tomonlarini va asoslarini hosil qiladi. Burun bo‘shlig‘ining atrofida joylashgan peshona suyagi, yuqori jag‘ va ponasimon suyak ichida bo‘shliqlar bo‘lib, ular burun bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Bular yordamchi suyak kavaklari deb nomlanadi va burun ichiga kirgan havoning shilliq qavatiga tuknashish yuzasini oshiradi. Yordam chi suyak kavaklari o‘rnashgan joyiga qarab 3 guruxga bo‘linadi:

a) yuqori jag‘ ichida joylashgan kavak gaymor bo‘shlig‘i deyiladi va o‘rta burun yo‘liga ochiladi.

b) peshona suyak bo‘shlig‘i - bu ham o‘rta burun teshigiga ochiladi.

v) ponasimon suyak bo‘shlig‘i yuqori burun bo‘shlig‘iga ochiladi.

Tashqi burun teshiklari va ichki teshiklar - xoanalar farqlanadi. Xoanalar halqum bo‘shlig‘ini o‘rta quloq bo‘shlig‘i bilan tutashib turuvchi joyiga kelib ochiladi. Havo burun halqumdan halqumning ogiz qismiga kiradi, so‘ng esa kekirdakka o‘tadi.

Burunning yuqorigi, o‘rta va pastki chig‘anoqlari farqlanadi. Uchta burun chig‘anog‘i burun bo‘shlig‘ining umumiy yuzasini oshiradi. Chig‘anoqlarning medial yuzalari bilan burun to‘sig‘i orasida umumiy burun yo‘li o‘tadi. Chig‘anoqlar ostida esa pastki, o‘rta va yuqorigi burun yo‘llari joylashgan. Yuqorigi chig‘anoqlarda xidlash sohasi joylashgan. Bu yerda xidlash analizatorinining periferik qismi joylashgan bo‘lib, maxsus xid sezuvchi neyrosensor hujayralaridan tashkil topgan. Rasm №

Burun bo‘shlig‘ining butun ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Shilliq bezlar kadaxsimon hujayralardan tarkib topib, shilliq moddalar ishlab chiqaradi. Epiteliy kipriklari havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq osti qavatida joylashgan qon kapillyarlari orqali havo iliydi va iligan holda havo o‘pkaga o‘tadi. Nihoyat shilliq bezlarning sekreti yordamida havo namlanadi.

Hiqildoq havo o‘tkazuvchi yo‘llarning bir qismi bo‘lishi bilan tovush chiqarishda ham ishtirok etadi.

Hiqildoq bo‘yinning oldingi qismida IY-YI bo‘yin umurtqalari sohasida joylashgan. Til osti - qalqonsimon membrana orqali Hiqildoq til osti suyagiga osilib turadi. Hiqildoq old tomonidan teri, bo‘yin muskullari va fastsiyalar joylashgan. Orqa tomondan esa bo‘yindan o‘tuvchi qon tomirlar va nervlar o‘tadi. Hiqildoq pastki qismi bilan traxeyaga tutashgan.

Hiqildoq skeleti juft va toq tog‘aylardan iborat. Toq tog‘aylarga qalqonsimon tog‘ay va Hiqildoq usti tog‘ay va o‘zuksimon tog‘ay kiradi. Juft tog‘aylarga cho‘michsimon tog‘aylar, shoxsimon tog‘aylar va ponasimon tog‘aylar kiradi. Rasm №



Qalqonsimon tog‘ay - eng katta gialinli tog‘aydir. Ikkita to‘rtburchak plastinkani birlashishidan burchak hosil bo‘ladi. Erkak va ayollarda qalqonsimon tog‘ay plastinkalarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan burchak farqlanadi va ikkilamchi jinsiy belgilar qatoriga kiradi. Erkaklarda tog‘ayning ikkita plastinkasi kushlib to‘g‘ri burchakni hosil qiladi va bo‘yinning o‘rta chizig‘iga birikadi. Teri ostida bo‘rtib chiqib turadi va uning shakllanishi ugil bolalarni jinsiy yetilishi haqida dalolat beradi. Aayollarda esa plastinkalar qo‘shilishida o‘tmas burchak hosil bo‘lib , uncha ifodalanmaydi.

Qalqonsimon tog‘ayda ustki va pastki shoxchalari farqlanadi. Ustki shoxchalari bog‘lamlar orqali til osti suyagi bilan birikadi, pastki shoxchalari ega bo‘g‘imlar yordamida o‘zuksimon tog‘ay bilan birikadi . Qalqonsimon tog‘ayning ustki cheti S- harifi shaklida bo‘lib, o‘rta qismida yuqorigi o‘yiq bor. Plastinkalarning tashqi yuzasida egri-bugri kiya chiziq farqlanadi. Bu joyi ma’lum bo‘yin muskullarining birikish yuzasi hisoblanadi. Qalqonsimon tog‘aydan halqumni kisuvchi muskul, tovush muskuli va o‘zuksimon tog‘ay va Hiqildoq ustki tog‘aylar bilan tutashtiradigan muskullar joylashgan.



O‘zuksimon tog‘ay - qalqonsimon tog‘ay va cho‘michsimon tog‘aylar bilan harakatchang birikib, maxsus bog‘lam orqali birinchi kekirdak halqasi bilan pastdan kekirdak bilan birikkan. O‘zuksimon tog‘ay tuzilishi jixatdan o‘zukka o‘xshash - old tomondan yoyi va orqada plastinka hosil qiladi.

Hiqildoq osti tog‘ayi - barg shaklida bo‘lib, elastik tog‘aydan tuzilgan va tilning orqa tomonida Hiqildoqka kirish teshigi ustida joylashgan.

Cho‘michsimon tog‘aylar - juft tog‘aylar bo‘lib, piramidasimon shaklga ega. Kengaygan pastki qismi asosi deyiladi va o‘zuksimon tog‘ay bilan tutashadi. Asos qismida ikkita o‘siq joylashgan - tovush o‘sig‘i va muskul o‘sig‘i. Old tomoni yo‘nalgan tovush o‘sig‘iga ovoz boylamlari kelib birikadi. Asosning lateral tomonida joylashgan muskul o‘sig‘iga esa tovush chiqarishda ishtirok etuvchi muskullar birikadi.

SHoxsimon tog‘ay - kichik, juft tog‘aylar bo‘lib cho‘michsimon tog‘aylarning ustki uchida joylashgan.

Ponasimon tog‘ay - uncha katta bo‘lmagan juft tog‘aylar bo‘lib, cho‘michsimon- Hiqildoq ustki burmasining shilliq pardasi ichida uchraydi. Bu tog‘ay ba’zan uchramasligi ham mumkin.

Ovoz chiqarishda ovoz bog‘lamlari bilan tovush yorig‘i katta ahamiyatga ega. Ovoz bog‘lami biriktiruvchi to‘qimali tutamlardan tashkil topgan bo‘lib, chumichismon tog‘aylardan boshlanib, qalqonsimon tog‘ayning qirrasiga birikadi.

Ovoz boylamlaridan yuqoriroqda ularga paralel holda yolgon boylamlar joylashgan. Yolgon va ovoz boylamlari o‘rtasida ularning har ikki tomondan Hiqildoq qorinchasi deb nomlanadigan chuqurcha bor. Hiqildoqning shilliq pardasi qorincha va ovoz boylamlarini o‘rab turgan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil bo‘ladi. CHap va o‘ng tomondagi tovush burmalar orasida tovush yorig‘i joylashgan.

Ovozning past yoki baland chiqish ovoz boylamlarining taranglanish va titrash darajasiga bog‘liq. Taranglashish darajasi ovoz muskullarning qisqarish kuchiga bog‘liq. Ovoz boylamlarining cho‘zilishi o‘zuksimon tog‘ayga nisbatan qalqonsimon tog‘ayi siljishiga bog‘liq. Tovush kuchini esa tovush yorig‘ining torayishi va kengayishini ifodalaydi. Demak Hiqildoq holatini, tovush boylamlarining tarangligini, tovush yorig‘ini kengligini o‘zgarishi Hiqildoq muskullarining faoliyatiga bog‘liqdir. Hamma muskullar ko‘ndalang-targil muskul to‘qimasidan tuzilgan bo‘lib, 3 guruxga bo‘linadi:

siquvchilar, 2) kengaytiruvchilar, 3) ovoz boylamlari tarangligini o‘zgartiruvchi muskullar.


Download 23,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish