O’zbekiston Respyblikasi Oliy vaO’rta Ta’lim Vazirligi Namangan
Davlat Universiteti
MUSTAQIL
ISHI
Mavzu:
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi
Bajardi:
M.Mo’minxonov
Tekshirdi: Sh.Mamadaliyev
Namangan 2020
Mavzu: : Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi
Reja:
1.Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm- fan rivoji yo’lida qilingan
islohotlar.
2.O’zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi haqida.
3.O’zbuyuk allomalari haqida
4.Xulosa.
O„rta Osiyo, xususan, O„zbekiston hududida qadimdan boshlab
ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika,
tibbiyot, kimyo, me‟morchilik, ma‟danshunoslik, falsafa, musiqa,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda
O„zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni
chuqurroq o„rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o„z milliy asarlari
va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib
hissa
qo„shmoqdalar.
Respublikamizda
O„zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi
Akademiyasi,
Bank-moliya
Akademiyasi
,
Nukus
va
Samarqandda O„zbekiston Respublikasi FAning bo„limlari
ochilgan. Ilmiy
tadqiqot ishlari xalq xo„jaligining turli tarmoqlarida
faoliyat ko„rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab
chiqarish
birlashmalari,
ilmiy
markazlari,
shuningdek,
universitetlar va boshqa oliy o„quv yurtlarida ham olib boriladi.
Ilmiy kadrlar F
anlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o„quv yurtlari,
xalq ta‟lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o„rta maxsus
ta‟lim tizimidagi o„quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va
deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o„qituvchilik va ilmiy
faoliyat
bilan shug„ullanadilar.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng mamlakatda ilm-
fanga alohida e‟tibor berildi. Xalq xo„jaligi va madaniy hayotning
tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy
tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi
institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-
aprelidagi qarori bilan O„zbekiston Respublikasi FAning yangi
Nizomi tasdiqlandi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi
farmoni hamda uni amalga oshiri
sh yuzasidan O„zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya
faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta
ahamiyatga
ega
bo„ldi.
Respublika
olimlarini
xorijiy
mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e‟tibor
berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ„ib etish va
tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya -
tijorat markazi tashkil etildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan
Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya
komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqeyi
ortdi.
O„zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat
O„zbekiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi
va ko„pchilik olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor
bo„ldilar va xorijiy davlatlar akademiyalariga ham haqiqiy ham
faxriy a‟zolikka saylandilar. O„zbekiston Respublikasining Fanlar
Akademiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad
Bobur nomidagi oltin medallarni ta‟sis etdi. 1993-yilda
O„zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F. Fozilov tabiiy
va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al-
Xorazmiy nomidagi oltin medalning birinchi
sohibi bo„ldi.
Zahiriddin
Muhammad Bobur nomidagi oltin medal birinchi bo„lib
shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga
erishgani
uchun
filologiya
fanlari
doktori
,
O„zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining a‟zosi U.I. Karimovga
nasib etdi.
1992-yil oktabr oyida esa geologiya-minerologiya fanlari doktori,
O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi
I.H. Hamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan
muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi oltin
medalning birinchi sohibi bo„ldi. U AQSh da chiqadigan “Global
tektonika va metallogeniya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a‟zo
etib saylandi.
“Fan va texnikada kim haqiqatan kim?” deb nomlangan jahon
fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo„shgan eng
buyuk olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati to„g„risidagi asosiy
ma‟lumotlarni
o„z
ichiga
olgan
qomusga
O„zbekiston
Respublikasi FAning akademigi P.Q. Habibullayev kiritilgan.
O„zbek olimi bu sharafga o„zining qattiq va yumshoq jismlar,
issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizikaviy-
texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar
bo„lgan.
Mustaqillik yillarida (1996) FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va
tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilmoqdalar.
O„zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlatlar
olimlari
bilan
hamkorlikda
ilmiy
aloqalarni
kengaytirib
bormoqdalar. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari
doktori G„.G„. Umarov K.E. Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika
Xalqaro akademiyasining a‟zosi bo„ldi. U mazkur Xalqaro
Akademiyaning a‟zosi bo„lgan birinchi o„zbek olimidir.
Shuningdek, o„zbekistonlik M.S. Bulatov, S.M. Sutyagin, I.I.
Notkinlar, 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar Akademiyasi
a‟zoligiga, M.S.
Salohiddinov
, YUNESKO Informatsiya Xalqaro
akademiyasining haqiqiy a‟zoligiga, 1994-yil oktabr oyida
Xudoyor Olloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev
Nyu-
York FAning faxriy a‟zoligiga, ekologiya va hayot faoliyati
xavfsizligi
xalqaro
akademiyasining
haqiqiy
a‟zoligiga
Z.S.Salimov, A.A. A‟zamxo„jayev, 1997-yil oktabrida U.
Tojixonov va Z.Zaripovlar tabiat va jamiyat fanlari Xalqaro
akademi
yasining a‟zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya
fanlar akademiyasining haqiqiy a‟zoligiga saylandilar. Amerika
biografiya instituti O„zbekistonning yetakchi olimlaridan biri
Omonulla Fayzullayevga uning jahon fani va madaniyati
taraqqiyotiga qo„shgan hissasiga asoslanib “2001 yil insoni”
unvonini berdi hamda mazkur institutning maslahatchilar
Kengashi a‟zoligiga saylandi. Bular O„zbekiston fanining xalqaro
miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshimiz
aytganlaridek, XXI asrda quroli, qo„shini bo„lgan davlatgina
emas, balki turli sohalar bo„yicha kuchli mutaxassislari bo„lgan
davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan
sohasida katta yutuqlarni qo„lga kiritgan mashhur farzandlari
bilan buyukdir.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar
qatorida madaniyat sohasida ham tub o„zgarishlar ro„y berdi. Bu
avvalo teatr san‟ati, milliy musiqa, me‟morchilik, adabiyot
sohalarida
yaqqol
ko„zga
tashlanadi.
Madaniyat
mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy
uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta‟minlanishi davlat rahbari
Islom Karimovning bevosita g„amxo„rligida bo„ldi. 2001-yilning
davlat byudjetidan madaniyat va san‟at muassasalarini
rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so„m (bu ko„rsatkich
2000-
yili 9 mlrd. 463 mln. so„mni tashkil qilgan edi) ajratilishi
fikrimizning
guvohidir.
Mustaqillikning
dastlabki
yillarida
Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994
yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga
tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan
“Turkiston” saroyi nafaqat me‟morchilikning
yorqin namunasi
,
balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo„ladigan
d
argohga aylandi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
“Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so„zlab, “Ushbu
saroyda xalqimizning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy
Osiyo xalqlarining an‟anaviy anjumanlarini, san‟at bayramlarini
o„tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoolo, millatlar, el-
elatlarning do„stlik, birdamlik qal‟asiga aylanadi”,-degan edi.
1998-yil
26-
martda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.Karimovning
“O„zbekiston
teatr
san‟atini
rivojlantirish
to„g„risida”gi farmoni e‟lon qilindi. Bu farmonga muvofiq
O„zbekiston tomosha san‟atining ko„p asrlik an‟analarini
o„rganish, boyitish va targ„ib qilish, teatr san‟atini
har tomonlama
rivojlantirish
,
uning
moddiy-texnika
bazasini
yanada
mustahkamlash, mamlakatimizda ma‟naviy-ma‟rifiy islohotlarni
amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini
ta‟minlash maqsadida “O„zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish
birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi
yarmidagi repertuarlarida tarixiy pyessalar keng o„rin oldi. 1996
yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta
yangi spektakllar saxnalashtirildi. “Navro„z-97” teatr festevali
munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl
namoyish
etildi.
1998-yili
al-
Farg„oniy,
al-Buxoriylarni
yubileylariga
bag„ishlangan
pyessalar
yaratildi.
Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar
Toshkentni yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning
teatr
sahnalarida qo„yildi. 1995-1997-yillari Respublika teatrlari
tomonidan 313 yangi spektakllar qo„yildi.
O„zbekistonda musiqa va raqs san‟atini rivojlantirish maqsadida
“O„zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda
musiqa-
raqs san‟atini rivojlantirishni davlat yo„li bilan qo„llab-
quvvatlash masalalari ko„zda tutildi. San‟atni barcha sohalari,
madaniy-
ma‟rifiy muassasalari uchun malakali mutaxassis
kadrlar
tayyorlash Respublika Prezidentining doimo e‟tibor
markazida bo„lib keldi. Sovetlar davridagi madaniyat o„quv ishlari
qayta tuzilib ko„plab yangi o„quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar
oxirida mamlakatda 27 ta maxsus o„quv yurti faoliyat ko„rsatdi.
Shundan bittasi oliy o„quv yurtlari, 20 ta o„rta maxsus bilim
yurtlari, 2 maktab-internat.
M
ustaqillik yillarida o„zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani
taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o„zlari
millatchi deb nohaq baholangan Cho„lpon,
Otajon Hoshim
,
Vadud Mahmud, Munavvar qori singari millatparvar yozuvchi,
ma‟rifatparvarlar ijodi xolisona o„rganilib, ularning asarlari chop
etildi, teatr saxnalarida o„z o„rnini egalladilar.
Ma‟rifatparvarlar faoliyatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy,
siyosiy
hayo
tdagi o„rnini ro„yi-rost ko„rsatish boshlandi.
O„tmishda diniy va saroy adabiyoti vakili deb tamg„a bosilgan
buyuk shoir va mutafakkirlar hayoti va ijodi o„rganilib, asarlari
xalqqa qaytarildi.
Mustaqillik sharofati bois mo`tabar Qur‟oni Karim va hadislar
chop etildi. Bunday asarlarning xalqimiz qo„liga yetib borishi
butunlay yangi, sog„lom, sof milliy g„oyalarimiznng, maqsad va
intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi
va ko„plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy istiqlol g„oyasi va
mafkurasining buyuk xayotbaxsh kuchini ko„rsatadi.
Mustaqillik
davri
adabiyotining
bayroqlari
O„zbekiston
qahramonlari Sayid Ahmad, Abdulla Oripov,
Erkin Vohidov
,
O„zekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa‟dullayevlar
ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Milliy istiqlol davridagi o„zbek adabiyotshunosligi oldida turgan
muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali
Qosimov, Nayim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev,
Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o„rin egallaydi.
T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov,
A.Suyun, Y.Eshbek, H.Do„stmuhammad, Sh.Salimova singari
shoir
va adiblarning badiiy barkamol
, g„oyaviy yetuk asarlari
o„zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo„lib qo„shildi.
Mustaqillik yillarida madaniy-
ma‟rifiy muassasalar ishlarida ham
keskin o„zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997-yili
9442 ta bo„lsa, bulardan 60 tasi muzeylar, 2657 tasi klublar,
6725 tasi kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi
o„rtasida madaniy-ma‟rifiy tarbiyaning o„chog„iga aylandi.
Aholi o„rtasida madaniy-ma‟rifiy ishlarni tashkil qiluvchi
muassas
alardan biri kutubxonalar bo„lib, ularning soni 1996-yili
6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6 mln. 211 kishini
tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq rayonlarida edi.
Kutubxona xodimlaridan 65 foizi oliy va o„rta ma‟lumotli
mutaxassislardir.
Millatimizning o„zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlarmizni
tiklashda muzeylar alohida o„rin tutadi. Shu jihatdan Prezident
I.A.Karimovning 1998-yil 12-
yanvardagi “Muzeylar faoliyatini
tubdan yaxshilash va takomillashtirish to„g„risida”gi farmoni
muzeylar ishlarini rivojlantirishda dastur rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo„lgan e‟tibor
oshib bormoqda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ni qurilishi,
”O„zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq amaliy san‟ati muzeyi”
ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat
qaramog„idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi
tarix muzeylari, 23-
o„lkashunoslik, 10-badiiy san‟at koshonasi,
20-memorial
muassasa
, 8-adabiyot, 4-tibbiyot muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510
muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish
etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni
ma‟naviy-ma‟rifiy
tarbiyalashga o„zlarining hissalarini qo„shmoqda.
O„zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi
jami muzeylarda 2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponantlar
saqlanmoqda va bularni o„tgan davrda 1.655.400 kishi tomosha
qilgan.
Sharq va G„arb me‟morchiligi uyg„unlashgan binolar yurtimiz
poytaxti va viloyat markazlarida qad ko„tarib, shaharlarimiz
husniga husn qo„shmoqda. Milliy bank, mehmonxona binolari
hamda madaniyat va istirohat bog„larining bunyod etilishi buning
yor
qin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san‟ati, tasviriy
san‟at, raqs, kino san‟atlarida ham an‟anaviy va zamonaviy
usullar uyg„unlashib yetuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.
О„zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat
rivojlanib
kelayotgan
davlatdir.
Xususan,
astronomiya,
matematika,
tibbiyot,
kimyo,
tarix,
falsafa,
tilshunoslik,
adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik,
tо„qimachilik,
kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan.
Hozir О„zbekiston olimlari uzoq о„tmish mutafakkirlari qoldirgan
ilmiy merosni faol о„rganib, о„zlarining yangi kashfiyotlari bilan
fanni
boyitgan
holda
jahon
fani rivojiga
munosib
hissa
qо„shmoqdalar.
IX-X
asrlarda О„rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy
akademiyalarga о„xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil
etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan
biriga aylandi.
XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga
ega shahar bо„lgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Ma‟mun
madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bо„lgani uchun olimlar,
shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har
tomonlama qо„llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar
saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar
vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik
Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar
va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat
qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya
– “Baytul
Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini о„lchashda
qatnashgan
mashhur
matematik
al-Xorazmiy
(783-850)
boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish
haqidagi asar, “Kitob
aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri
hamda qator ilmiy risolalar
– “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh
soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy
ishlar uning qalamiga mansub. Al-
Xorazmiy birinchi bо„lib qator
algebraik tenglamala
rni yechdi, birinchi bо„lib sonlar qatoriga
yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi
va
manfiy sonlarga о„tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari
uchun matematikaning yangi bо„limi al-Xorazmiy sharafiga
“algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr
van-
muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо„yish haqidagi
kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida
qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning
zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-
Xorazmiyning ismi bilan bog„liq. Urganchda о„ziga xos
akademiya
– “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda
astronomiya,
falsafa,
matematika,
tibbiyot
bо„yicha
tadqiqotlar
о„tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda
Mahmud G„aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday qilib Sharqda, xususan, О„rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni
akademiya shaklida tashkil qilish an‟anaga aylandi va
Urganchdagi akademiyaga о„xshash muassasalar keyingi
asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya
Mirzo Muhammad Tarag„ay Ulug„bek tomonidan XV asrda
tashkil etilgan. Akademiya qoshida observatoriya, о„sha davrning
boy
kutubxonasi
va
oliy
о„quv
yurti
–
madrasa
bо„lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika,
geometriya,
astronomiya,
tibbiyot,
geografiya
va boshqa
dunyoviy ilmlar о„qitilgan. Ulug„bekning akademiyasida mashhur
olimlar
– Qozizoda Rumiy,G„iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali
Qushchi dars bergan,
о„tkaziladigan tadqiqot sohalari ham
ularning yо„nalishlariga mos bо„lgan. Samarqanddagi Ulug„bek
akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining
yuksalishiga salmoqli hissa qо„shdi.
IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya,
geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez
sur‟atlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen,
Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyuk mutafakkirlarning
asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy,
Ahmad al-
Farg„oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ma
hmud Koshg„ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda
Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug„bek, Ali Qushchi va
Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba‟zi
sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin
о„tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon
Beruniy
tarix,
xronologiya,
farmakologiya,
mineralogiya,
astronomiya, matematika bо„yicha asarlar yozdi, Yerda yangi
qit‟a borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon
tan olgan kо„plab masalalarni yechdi. Kо„plab tadqiqotchilar
Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu
Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan
bog„lashadi.
Xuddi shu paytda bu yerda О„rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali
ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim
–
tabiatshunos,
tibbiyot
xodimi,
astronom,
matematik,
musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan
mashhur bо„lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi
Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо„nalishni
bildiruvchi “Meditsina” sifatida о„zlashtirilgan. XVIII asrning
mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning
botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir
о„simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq
asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib
kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida
olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan
sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji
hisoblanmish besh jildl
ik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”)
ham bor. Bu asar
о„z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori
kо„tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о„tgach G„arbiy Yevropa
mamlakatlarida keng tan olindi. XII
asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin
tiliga tarjima
qilindi va qо„lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar
1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil
mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha
mashhur о„quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida
о„qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о„z ilmiy
ahamiyatini yо„qotmagan.
Matematik va astronom Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso
ibn Muhammad ibn Mahmud, taxminan 1360-1437) Mirzo
Ulug„bekning ustozi edi. Ulug„bek maktabi shakllanishiga uning
qо„shgan salmoqli hissasini inkor etish mumkin emas. Ilmdagi
muvaffaqiyatlari uchun uni “Aflotuni zamon (о„z davrining
Platoni) deb atashgan. Mashhur matematik va astronom al-
Koshiy
(G„iyosiddin
Jamshid
Koshiy)
birinchi
bо„lib
matematikaga pozitsion asosda о„nli kasrlarni kiritdi va buni
nazariy jihatdan isbotladi, Sin ni 1 gradus aniqlikkacha, P ni
17
raqamgacha hisoblab chiqdi. U о„zining qator mashhur
asarlarini astronomiyaga bag„ishlagan. Al-Koshiy Qozizoda
Rumiy bilan birgalikda Ulug„bek observatoriyasi qurilishini
boshqargan.
Muhammad Tarag„ay Ulug„bek (1394-1439) о„zidan ulkan ilmiy
va madaniy meros
qoldirdi, “Ziji jadidi Kо„ragoniy” (“Yangi
Kо„ragon astronomik jadvallari”) – “Ulug„bek ziji” buyuk olimning
dunyoga mashhur asari. Ulug„bek Samarqandda observatoriya
va madrasa qurdi, о„z akademiyasini tashkil qildi. О„z shogirdlari
bilan mingdan ortiq yulduzni о„rganib, rо„yxati – “yulduzli osmon
xaritasi”ni
tuzdi.
Ulug„bek
akademiyasida
olimlar faqat
astronomiya bо„yicha emas, balki matematika, falsafa, tarix va
bos
hqa fanlarga oid tadqiqotlar ham olib borishgan. Ulug„bek
akademiyasida ishlagan atoqli astronom Ali Qushchi (Mavlono
Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-
1474) о„zidan
matematika va
astronomiyaga bag„ishlagan dunyoga mashhur
ilmiy ishlarini qoldirdi.
U yil fasllarining о„zgarishini Yerning
Quyoshga yaqinlashishi natijasida Quyosh nurlarining Yer
sathiga ta‟siri bilan bog„liq deb hisoblagan, Quyoshning tutilishi
jarayonini ilmiy nuqtai nazardan aniqlagan. Ali Qushchining
asarlari XVI-XVII
О„rta va Yaqin Sharqda astronomiya va
matematika rivojiga salmoqli ta‟sir qilgan.
Mirzo Ulug„bek, al-Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasi
ravnaqiga salmoqli hissa qо„shishdi va astronomik kuzatuv
bilimlarini yanada yuqori darajada kо„tarishdi. 1428-1429-yillarda
Ulug„bek radiusi 40 metr kvadrant bosh uskunasi bо„lgan,
о„lchamlari tengsiz, noyob astronomik rasadxona qurgan.
Samarqandda 30 yillik kuzatishlar asosida tuzilgan 1018 yulduz
katalogi uzoq yillar dunyoda tengsiz bo„lib qoldi. Ulug„bek
astronomiya maktabi yutuql
ari Sharq va G„arb fani yuksalishiga
katta
ta‟sir kо„rsatdi. Uning ilmiy asarlari dunyoning kо„p tillariga
tarjima qilindi, Yevropa va Amerikada keng tarqaldi. Mirzo
Ulug„bek jahon fani tarixida Tixo Brage, Iogann Kepper, Nikolay
Kopernik va Galileo Galiley bilan bir qatorda turadi. M.V.
Lomonosov nomidagi MDU katta zalida barcha davrlar olimlariga
bag„ishlangan tarixiy xotira galereyasida о„rta asrlarning
mashhur olimi Mirzo Ulug„bekning portreti haqli ravishda о„ziga
mos
joyni egallagan. О„zbekistonning bir qator shaharlari
va
Belgiyada Mirzo Ulug„bekka haykal о„rnatilgan, qadimiy
Samarqand observatoriyasiga, qator universitetlarga, jumladan
О„zbekiston Milliy universitetiga, maktablarga, shaharga qarashli
tumanlarga va О„zbekistondagi fizik-yadroshunoslar qо„rg„oniga
uning nomi berilgan.
XIX asrda О„zbekistonda birinchi ilmiy muassasa – Toshkent
fizik
– astronomik observatoriyasi (О„zR FA Astronomiya instituti)
1873-yilda
tashkil
qilingan. Boshida
observatoriya
ekspeditsiyalar uyushtirish bilan shug„ullangan va natijada
mintaqadagi mingdan ortiq joyning koordinatalari aniqlangan, XX
asrning
30-
yillaridan
observatoriya astronomiyaning
fundamental masalalarini tadqiq qila boshladi.
1918-yilda Turkistonda iqtisod va madaniyatning turli sohalariga
kadr tayyorlovchi maxsus muassasalar ochilgan. Ulardan biri
1918-yil 21-aprelda ochilgan Turkiston xalq universitetidir. Sal
keyinroq Andijon, Qо„qon, Samarqand, Farg„ona, Jizzax va
boshqa shaharlarda uning iliallari ochildi. 1919-yilda Toshkentda
fizioterapiya ilmiy-tekshirish instituti tuzildi. 20-yillarda tarix,
tibbiyot, tabiiy fanlar sohasida qator ilmiy-tekshirish institutlari
ochildi. 1920-yilda Turkiston Davlat universiteti (1923-yildan
О„rta Osiyo davlat universiteti, 1960-yildan Toshkent davlat
universiteti, hozir-
О„zbekiston Milliy universiteti) tashkil qilindi.
Keyinchalik mintaqadagi tabiiy
boyliklarni о„rganish maqsadida
universitet negizida mustaqil oliy о„quv yurtlari va fanning turli
yо„nalishlari bо„yicha qator ilmiy muassasalar ochildi. 1940-
yilda Toshkentda 1932-yilda tuzilgan ilmiy komitet asosida
О„zbekistondagi SSSR FA filiali tashkil etildi va shu vaqtdan
boshlab filial О„zbekistondagi bosh ilmiy-tadqiqot markazi bо„lib
kelayapti. О„sha paytda uning tarkibiga geologiya, botanika,
kimyo,
suv
xо„jaligi muammolari (1941-yildan energetika
instituti), tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik,
zoologiya, fizika va matematika (geliotexnika laboratoriyasi bilan)
bо„limlari;
Toshkent
astronomik
observatoriyasi
(Kitob
kenglik stansiyasi bilan); kartografiya va iqtisodiy tadqiqotlar
byurosi kirgan. 1940-
yilda О„zbekistonning ilmiy-tekshirish
institutlarida va oliy
о„quv yurtlarida 3 mingdan ortiq ilmiy va
ilmiy-pedagogik xodimlar ishlashgan. II jahon urushi (1941-1945)
davrida respublikada 40 dan ortiq ilmiy-tekshirish institutlari va
oliy о„quv yurtlari ish olib borgan.
1943-
yilda О„zbekistondagi SSSR FA filiali О„zbekiston SSR
Fanlar akademiyasi sifati qayta tashkil qilindi. Bu vaqtda uning
tarkibida 10 ta ilmiy-tekshirish institutlari, shu jumladan 1943
yilda tuzilgan fizika-texnika, tarix, sharqshunoslik, iqtisodiyot
institutlari bor edi. 11 ta akademik-
ta‟sischi, 18 ta muxbir a‟zo, 3
ta faxriy a‟zo akademiya a‟zolari bо„lishdi. Akademiya
muassasalarida 210 nafar ilmiy xodim ishlardi, ulardan 28 nafari
fan doktori va 80 tasi fan nomzodi edi. 40- yillarning ikkinchi
yarmida respublika olimlarining kuchlari asosan urushdan
keyingi iqtisod, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalarni
yuksaltirishga yо„naltirilgandi.
1958-yili Toshkent shahri yaqinida yadro reaktori qurildi, u yadro
fizikasi taraqqiyotiga asos bо„ldi. 60-70-yillarda О„zbekiston
tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalarida ish olib borayotgan ilmiy
muassasalarning faoliyati butunlay respublika oldida turgan
muhim
iqtisodiy
va
madaniy
masalalarni
yechishga
yо„naltirilgandi. Paxtachilik,
irrigatsiya,
energetika,
rangli
metallurgiya va boshqa tarmoqlar yuksalishining kompleks
tadqiqiga alohida e‟tibor qaratildi. 1987-yili Toshkent viloyatining
Parkent tumanida
nodir “Katta quyosh pegi” bizerkal optik-gelio-
energetik tizim qurilishi tugallandi va ishlatishga topshirildi.
Mamlakatda
fanning
yanada
rivojlanishiga
О„zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 8-iyuldagi
Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Davlat tomonidan fanning
rivojlanis
hi va innovatsion faoliyatni qо„llab-quvvatlash chora-
tadbirlari tо„g„risida”gi yuqoridagi Farmonni bajarish yuzasidan
chiqargan Qarori ancha ta‟sir qildi.
О„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 9-
noyabrda 532-
sonli “Xorazm Ma‟mun Akademiyasining 1000
yilligini nishonlash tо„g„risida” va 2005-yil 1-noyabrdagi 240-sonli
“Xorazm Ma‟mun Akademiyasi faoliyatini takomillashtirish
va
1000 yillik yubileyini nishonlashning qо„shimcha chora-
tadbirlari tо„g„risida” qarorlar qabul qildi. Shunday qilib, Xorazm
Ma‟mun
Akademiyasi
О„zbekiston
Respublikasi
Fanlar
akademiyasining mintaqaviy bо„limi sifatida tiklandi.
О„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar
vazirligi va YUNESKO ishlari bо„yicha О„zbekiston Respublikasi
Milliy komissiyasi bilan hamkorlikda 2006-yil 20-sentabrdan
–
12-oktabrgacha YUNESKOning shtab-kvartirasida (Parij sh.)
kо„rgazma tashkil qilishdi va Xorazm Ma‟mun Akademiyasining
1000 yilligiga bag„ishlangan ilmiy anjuman о„tkazishdi.
О„zbekistondagi
xorij
davlatlarning
qator
elchixonalari
О„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari ishtirokida
Xorazm Ma‟mun Akademiyasi faoliyatiga bag„ishlangan tadbirlar
о„tkazishdi, shunday konferensiyani yana Saudiya Arabistoni
Ilmiy-tadqiqot markazi Koreyaning Kyongxi universiteti bilan
birgalikda о„tkazishdi.
Fanlar akademiyasi faoliyatini kuchaytirishda О„zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2006-yil 7-avgustdagi
“Fan
va
texnologiyalar
rivojlanishini
boshqarish
va muvofiqlashtirishni
takomillashtirish
chora-
tadbirlari
tо„g„risida”gi Qarori va О„zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshida
Fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish komitetini tashkil
qilinganligi alohida
ahamiyatga ega bо„ldi.
О„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bozor iqtisodiga
о„tish davrida ilmiy-tekshirish muassasalari olib borayotgan
asosiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga katta e‟tibor qaratadi.
Bugungi kunda yuqori bilimni talab qiluvchi mahsulotlar va ilmiy-
tekshirish muassasalari xizmatlarini keng targ„ib qilish, muhim
amaliy ilmiy nati
jalardan foydalanishning yangi yо„llari aniqlanib,
hayotga tatbiq qilinmoqda, О„zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi ilmiy bо„limlari faoliyati takomillashtirilmoqda.
Xulosa:
O„zbekiston o„zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari
davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutuqlari bilan bir qatorda;
mafkuraviy-
ma‟naviy, madaniy ishlarga ham e‟tiborni kuchaytirib,
jahonning rivojlangan davlatlari orasida o„z nufuzi va obro„sini
yuqori ko„tarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |