Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar



Download 499,5 Kb.
bet12/29
Sana31.05.2022
Hajmi499,5 Kb.
#622565
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Mavzu Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga o

IV ADABIYOTLAR

MAVZU: O‘rta osiyo allomalari ilmiy me’rosining yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni.


I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.

1 Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi – 16.05.2014


2 O’rta asrlar madaniyati-Sharq renesansi
3 O’rta Osiyo allomalarining Islom madaniyatiga qo’shgan hissalari.
4 Badiiy adabiyot
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

I.KIRISH
O’rta Osiyo allomalarining fan taraqqiyotidagi o‘rni


Ma’lumki, 8 asrda Yaqin Sharqda Arab xalifaligi shakllandi va rivoj topdi. 8 asr oxiri – 9 asrning o‘rtalariga kelib Arab xalifaligi Sharqda yirik imperiyaga aylandi. Bu davrda Bog‘dodda birinchi akademiya – “Donolik uyi” tashkil topdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar uyushtirilib, turli millatlarga xos olimlar bilan birgalikda, ilmiy muhokamalar avj oldi. Yaqin va O‘rta Sharqda yangi-yangi ilm maskanlari vujudga keldi, asarlar yozish, kitob ko‘chirish, arab tiliga tarjima qilish uchun maxsus tarjimonlar maktabi tuzildi. Akademiya faoliyatida O‘rta Osiyodan kelgan ko‘pgina olimlar ham muhim o‘rin egalladilar. 9-10 asrlarda tabiatshunoslik fanlarning rivojlanishida aniq va fundamental fanlar sohasida ijod etgan musulmon olami vakillarining alohida hissalari bor.
Bu o‘rinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (780-880), Abu Kasr Al-Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1050), Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Xusayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) va boshqalarni aytib o‘tish joizdir. O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini ko‘rib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik bilimlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy san’antning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo‘lgan yangi matematika Sharqda paydo bo‘ldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik al-Xorazmiy “Arifmetika“” va “Algebra bo‘yicha traktat” asarning muallifi edi. Yevropaliklar “Arifmetika” asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan o‘tkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al-Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yo‘nalishi – algebra (“Al Jabr”) nomini berdi. Al-Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan.
Xorazmiyning mashhur asari “Kitob suratil arz” (“Yer yuzining haritasi”) musulmon Sharqida geografiya ilmini boshlab bergan. Asarda, o‘sha vaqtda insonlarga ma’lum bo‘lgan geografik ob’ektlar tasvirlanadi. Osiyoni sxematik haritasi beriladi.
Ahmad al-Farg‘oniy (797-865 yillar) astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan qomusiy olim. Sharqda al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus tahalluslari bilan mashhur bo‘lgan. Uning astronomiya, geografiya va matematika sohasidagi asarlari bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissa bo‘lgan va keyingi davrlarda o‘tgan olimlar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Arab xalifaligi davrida Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida ikki rasadxona: biri Bog‘dodda Shammosiya degan joyda, ikkinchisi Damashqda yaqin Kasiyun nomli tog‘da qurildi. Al-Farg‘oniy Bog‘dod rasadxonasida ko‘pgina kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bilgan va bu haqda ilmiy kuzatish olib borgan. Al-Farg‘oniy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan isbotlaydiki, ular o‘z ilmiy qiymatini hali ham yo‘qotgani emas. U Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan yangi o‘lchov asbobi “Miqyos jadidni” yaratdi. Al-Farg‘oniy asarlari 11- asrdan boshlab Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilina boshladi.
Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitobi”dir. Olimning bu asarida astronomik asboblar va Quyosh soatlari bayon qilinadi. Bu asar “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomi bilan ma’lum bo‘lib, 1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan va bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Asarning geografiyaga oid bo‘limi “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb ataladi. Asarda Yerning sharsimonligi, bir xil osmon yoritkichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joyda turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishini o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Hozirgi kungacha Ahmad al-Farg‘oniyning yetti asari saqlanib qolingan, ular Berlin, London, Parij, Tehron, Toshkent, Dushanbe, Mashhad, Panta, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda.
Abu Nosir Farobiy (873-950 yillar) jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan qomusiy olim. O‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, Yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanitganligi uchun ulug‘lanib “Al-Muallim as-Soniy”, “Sharq Arastusi” deb atalgan. Farobiy boshlang‘ich ma’lumotini ona yurtida oldi, Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qidi. Eronning Isfaxon, Hamodon, Ray shaharlarida bo‘ldi. So‘ng, Bog‘dodda uzoq yashab zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Umrining oxirini Damashqda o‘tkazgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u yetmishdan ortiq tilni bilgan va ilmni turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan.
Farobiy Antik davr olimlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalar asarlariga sharhlar yozgan. Uning sharhlari O‘rta va Yaqin Sharq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Abu Ali ibn Sino Farobiy sharhlarini o‘qib, Aristotel asarlarini tushunganligini ta’kidlaydi.
Farobiy falsafaning umumiy masalalariga, insonning bilish tomonlarining falsafiy bilish tomonlariga, materiyaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o‘rganishga, materiya xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlari, tilshunoslik, she’riyat, ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish va boshqa masalalarga oid asarlar yozdi.
Farobiyning tabiatshunoslikka oid “Hajm va miqdor haqida so‘z”, “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob”, “Astronomiya qoidalari haqida mulohazalarni to‘g‘irlash usuli haqida maqola”, “Fizika asoslari haqida kitob”, “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon a’zolari to‘g‘risida so‘z” va boshqalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotganalri yo‘q.
Farobiy asarlari 12-asrdan boshlaboq, lotin qadimiy yaxudiy, fors tillariga tarjima qilinib, Yevropada keng tarqaldi. Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Farobiyning 16 risolasi saqlanmoqda.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) mashhur qomusiy olim Yevropada “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan olim.
Abu Ali ibn Sino o‘z zamonasining nafaqat buyuk tabibi va faylasufi bo‘lgan, balki atoqli tabiatshunos olim sanalgan. U matematika, kimyo, botanika, zoologiya va boshqa qator fanlar bilan ham shug‘ullangan. U fizikaviy hodisalar, xususan mexanika, issiqlik, tovush va yorug‘lik hodisalarini ham o‘rgangan. Ibn Sino ijodida mexanik mashinalarni yasash g‘oyasi ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, mexanika qonunlarini o‘rganishda Ibn Sinoning “Donishnoma” kitobini keltirish mumkin. Ibn Sino bu asarida: “Agar kuch yo‘qolsa shu sabab vujudga keltirgan oqibat ham tura olmaydi, bir xil sharoitda nima kichik bo‘lsa, tezroq harakat qilishi nima katta bo‘lsa, sekinroq harakat qilishi kerak” – deb ta’kidlab, massa inersiya o‘lchovi degan fikrni bildiradi. Keyinchalik ingliz olimi I.Nyuton massaga shunday ta’rif bergan. Shu bilan birgalikda Ibn Sino Nyutonning inersiya qonuni, hamda ikkinchi qonuniga mos keladigan mulohazalarni ham bergan.
O‘rta asr Sharqining buyuk olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy metallar va boshqa moddalarning solishtirma og‘irliklarini tajribada katta aniqlik bilan o‘lchagan. Hozirgi zamonaviy usullarda aniqlangan metallarning solishtirma og‘irliklarni taqqoslaganda Beruniy tomonidan aniqlangan qiymatlarining aniqlik darajasiga ancha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Beruniy Yer radiusini o‘lchashning usulini ishlab chiqdi. Uning o‘lchashlari bo‘yicha Yerning radiusi 1081,66 farsaxga, ya’ni 6490 km ga teng. Beruniy Quyosh tutilishi vaqtida Quyosh tojini kuzatdi va uni tushuntirib berdi. U Yerning Quyosh atrofida aylanish to‘g‘risida fikrni aytgan va geliotsentrik nazariyasini olg‘a surdi. Globusni ixtiro qildi.
Sharqning buyuk allomasi – astronom olim, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek buyuk Amir Temurning nevarasi bo‘lgan. U Samarqandda o‘z davrida jahonda yagona hisoblangan observatoriyani qurgan. Mirzo Ulug‘bekning butun jahonda unga shuhrat keltirgan asosiy asari “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji Ko‘ragoniy” va “Ziji jadida Ko‘ragoniy” nomlari bilan ma’lum. Samarqand ilmiy maktabining shoh asari bo‘lgan “Zij” o‘rta asr astronomiyasi va matematikasini o‘z ichiga olgan. 16-arsdan boshlab hozirgi kungacha, Yevropada lotin va boshqa tillarga tarjima qilingan. “Ziji”da keltirilgan jadvallarning aniqligi va qo‘llanilgan matematik usullariga ko‘ra u o‘rta asrlarda yozilgan astronomik asarlarning eng mukammali bo‘lgan.
Shunday qilib, Sharqning buyuk alomalari, tabiatshunos olimlari o‘zlarining ilmiy ishlari bilan Yevropa, qolaversa jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar.

1 Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi – 16.05.2014

Siz, konferensiya ishtirokchilarini, avvalo, muhtaram mehmonlarimizni – nufuzli xalqaro tashkilot va tuzilmalar, ilmiy tadqiqot markazlari, universitet va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va vakillarini, taniqli olim va mutaxassislarni qutlab, mazkur Forumda qatnashish haqidagi taklifimizni qabul qilganingiz uchun yuksak hurmat-ehtiromim va minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat yetkazadi.


Bugungi konferensiyamiz o‘zining salkam uch ming yillik tarixi mobaynida dunyo sivilizatsiyasi va turli xalqlar madaniyati chorrahasi bo‘lib kelgan va kelayotgan Samarqand zaminida o‘tkazilayotgani bu anjumanga alohida ma’no-mazmun bag‘ishlab, uning ahamiyatini yanada oshiradi.
Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta.
Mana shu shaharda tug‘ilib-o‘sgan, voyaga yetgan inson sifatida menga bu shaharda yashayotgan barcha-barcha insonlar nomidan sizlarga o‘z samimiy mehmondo‘stligimizni izhor etish va “Azim Samarqandga xush kelibsiz!” deb qutlash katta mamnuniyat yetkazadi.
Qadrli do‘stlar!
Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat.
Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman.
2 O‘rta asrlar Sharq madaniy tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Men bu fikrga alohida urg‘u berib aytmoqchiman. Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ishonchim komilki, bugun bu mavzuda gapirishning o‘zi ortiqcha.
Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit’asining katta qismini qamrab olgan.
Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq, O‘rtayer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ulkan, beqiyos rolini baholashning o‘zi qiyin.
Mazkur yo‘l nafaqat yuqorida zikr etilgan hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi.
Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir-birini boyitib borishi alohida rol o‘ynadi. Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi.
Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va «Baytulhikma», ya’ni «Donishmandlik uyi» degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar.

Download 499,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish