1 Sog’liqni saqlash sohasi. Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 2009-2012-yillarda mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, 33 ming 500 dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. 2013-yilning o’zida esa 10 mingta ana shu tipdagi uylar qurildi.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy yordam ko’rsatmoqda.
1994-yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003-yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 2013-yilning o’zida Respublikamizda 146 ta yangi zamonaviy tibbiyot muassasalari ishga tushirildi.
2012-yilda Toshkentda o’tkazilgan Ona va bola salomatligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada qayd etilgan ma’lumotlarga ko’ra mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaygan.Onalar o’limi 2 baravar, bolalar o’limi esa 3 baravarga kamaygan.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan xarajatlar yuqori darajada saqlanib qoldi va 2014-yilda umumiy xarajatlarning 60 foizini tashkil etdi.
2014-yilga kelib mamlakatimizdagi har uch oilaning bittasiga shaxsiy yengil avtomobil, har 100 oilaga o’rtacha 80 ta muzlatkich, 146 ta televizor (ba’zi oilalarda 2-3 tadan) to’g’ri kelmoqda. Har bir oila 3-4 tadan uyali telefonlarga ega.
O’zbekiston dunyoda o’z xalqining sog’ligi haqida eng ko’p qayg’uradigan davlatdir. 1997-yil yurtimizda “Inson manfaatlari yili”, 1998-yil “Oila yili”, 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil “Sog’lom avlod yili”, 2001-yil “Onalar va bolalar yili”, 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003-yil “Obod mahalla yili”, 2004-yil “Mehr va muruvvat yili”, 2005-yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006-yil “Xomiylar va shifokorlar yili”, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008-yil “Yoshlar yili”, 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yil “Barkamol avlod yili”, 2011-yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014-yil “Sog’lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinib maxsus davlat dasturlari asosida xalqimizga munosib turmush sharoitlari yaratib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |