birinchidan, boshqarish shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvini tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi;
ikkinchidan, davlat tuzilishi, ya’ni davlatlarning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning o‘zaro munosabati;
uchinchidan, siyosiy rejim (davlat) idora usuli yaxlitligidir.
Shunday qilib, davlat shakli deganda uch tarkibiy qismi - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli, siyosiy rejim: ya’ni davlat idora usuli birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladiBoshqaruv shakli – davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining tashkil etilishi va uyushtirilishining muayyan tartibidir.Davlatning tuzilishi shakli – davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi, markaziy, mintakaviy va maxalliy hokimiyatlar o‘zaro munosabatlarining muayyan tartibidir.Siyosiy rejim (davlat idora usuli) – siyosiy (davlat) hokimiyatini amalga oshirishning usul va metodlaridir.
Davlatning boshqaruv shakli umumiy tushunchasi va uning mohiyati
Avvalambor, davlatni nazariy jihatdan tushunib yetishda boshqaruv shakli alohida urin tutishini ta’kidlashni istardik. Qonuniyat shuni takozo etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishishini aynan shu shakl belgilab beradi. Bu masala insoniyatni juda kadimdan tulkinlantirib keladi. Arastuning o‘zi, undan keyin Aflotun xam qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarshining xilma-xil shakllarini o‘rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya’ni boshqaruv shakli mezoni bo‘yicha davlatlar tasnifini ishlab chikishga urinishgan.Aynan shuning uchun, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy siyesiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yeki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniklashga urinib, asosan boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo‘lidan borgan bulsalar, XX asrda esa, siyosiy-xuquqiy tafakkur marksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini davlat tipi bilan, jamiyatning sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazasi kabilar bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi.
Boshqaruv shaklini aniklashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u yeki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko‘rsatardi. U boshqaruv shaklini mazkur davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyanining, siyosiy mazmunining sinfiy kuchlar amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta’riflardir.
Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning tuknashuvi, sinfiy kuchlar nisbatini xech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bulib, davlat tuzilishiga, eng avvalo, hokimiyat tizimi kanday shakllarda tashkil topgani va amal kilishiga, davlatni kim boshqarishga ta’sir etadi. Shuni aloxida aytish kerakki, ayni paytda davlat sinfiy belgisi ahamiyatini oshirib yuborigishga o‘rin yo‘q.
Xozirda, davlat va huquq nazariyasi fani xam jamiyat rivojishng marksistik ta’limoti umumiy inqirozi bilan bog‘liq uslubiy inqirozdan asta-sekin xalos bo‘lib kelmoqda.
Boshqaruv shakli – konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo‘lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, ularning tarkibi, vakolatlarini, shu organlarning tashkil etilish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko‘zda tutishini aytishimiz kerak buladi.
Boshqaruv shakli – muayyan davlatda hokimiyatni uyushtirish usullarining majmuidir.
Davlat boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |