3. Darslik bilan ishlash.
O’quvchilar topishmoqni ifodali o’qiydilar. Javobini topadilar.
Bir narsa bor ko’p asl,
Seni etar mustaqil.
U ilmingni boyitar,
Kamroq bo’lsa koyitar,
O’zingda border bil,
Boshingdagi bu ________ (aql)
— Topishmoq nima haqida ekan? (Aql haqida.)
—Topishmoq qanday yo’lda yozilgan? (She’riy yo’lda yozilgan.)
— Aql so’zida qanday unli va undosh tovushlar bor? (2 ta undosh q, l va bitta unli a tovushi bor .)
— She’rda jami qanday unli tovushlar bor? ( a, o, i, u, o’, e unlilari bor.)
— O’zbek tilida nechta unli tovush mavjud? (6 ta unli tovush mavjud.)
— Undoshlar-chi? (24 ta.)
— Unli va undoshlarning farqini ayting. (Unli tovushlar talaffuzda to’siqqa uchramaydi va unlilarda ovoz ishtirok etadi. Undoshlarni talaffuz qilganimizda ular to’siqqa uchraydi va bu tovushlarda shovqin, qisman ovoz ishtirok etadi.)
— She’riy topishmoqning muallifi kim? (P. Mo’min.)
— Siz P. Mo’minning qanday she’rlarini yod olgansiz?
O’quvchilar topishmoqni daftarga yozadilar. Unli harflarning tagiga chizgach, matnni darslikka qarab tekshiradilar.
92- mashq. O’qing. Ko’chiring. So’z ma’nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So’zlarning ma’nosini tushuntiring.
1. Mard — mart, yod — yot, sop — sof.
2. Shoh — shox, xush — hush, uxladi — uhladi.
3. Asr — asir, asl — asil.
So’zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O’ylab ko’ring.
IV.Mustahkamlash.
93- mashq. O’qing. So’zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang.
1. Havo, baho, Kamol, Shavkat, bahor, shavla, davlat.
2. Kitob, oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod.
3. Chumchuq, supurgi, tutun, tuxum, kumush, qulupnay.
Ko’chiring. Tekshiring. So’zlarning yozilishini esda tuting.
Bu so’zlarni qanday talaffuz qilish kerak?
V.Uyga vazifa:
94- mashq. So’zlarni o’qing. Ularda nechta tovush va harf borligini ayting.
Oila, radio, teatr, manfaat, kakao, mutolaa, sharbat, harf, tong, shisha, chavandoz, manfaat.
Ko’chiring. So’zlarning yozilishini yodingizda tuting. So’zlarning aytilishi va yozilishida farq bormi? Manfaat so’ziga ma’nodosh so’zlar toping.
O’quvchilar qatorlarda yashiringan so’zlarni topadilar: karvon, xazina, nay, nota, bor, mashina.
4. Darsni yakunlash.
— O’zbek tilida nechta tovush bor?
— Ular nechta harf bilan yoziladi?
— Unlilarni sanab bering.
— Jarangli undoshlarning jarangsiz undoshlardan farqi nimada?
— Bugungi darsda qanday insonlar haqida bilib oldingiz?
— Ular Vatanlariga qanday xizmat ko’rsatishgan?
VI.O’quvchilarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |