Xulosa
Keyingi yillarda respublikamizda barcha sohalar yanada jadal suratlar
bilan rivojlanmoqda. Shunday o’zarishlarni tasviriy san’atning barcha tur va janrlarida ham ko’rishimiz mumkin. Vatanimizning qaysi hududiga bormaylik
tasviriy san’at bilan bog’liq ishlarga duch kelmasdan ilojimiz yo’q. Chunki bugungi chiroyli ko’rkam farovan hayotimizni tasviriy san’atsiz tasavvur qilishimiz qiyin.
O’tmishda ota-bobolarimiz tasviriy san’at, amaliy san'at va hunarmandchilikda yuksak darajaga еtishganligining sabablaridan biri ajdodlarimiz usta-shogird an’analari asosida yoshlarga hunar о’rgatganlar va ular nihoyatda boy tajribaga ega bо’lganlar.
Odatda, rasm chizishga o’rganish tahlil qilish mashg’ulotlari natyurmort ishlashdan boshlanadi. Chunki natyurmort qalam va buyoqlar bilan rasm ishlashning asosiy qonunlarini o’rganishda uni badiiy tahlil qishda zarur ko’nikmalar hosil qilish uchun juda qulaydir. Natyurmortda ishlangan rang tasvir asarlari kishilarga estetik kayfiyat bag’shida etadi. Buni mustaqillik yillarida ishlangan asarlarda ham ko’rish mumkin. Masalan O. Qozoqovning ”Sharqona natyurmort” asarlari bunga yaqqol dalildir.
Tasviriy san’at tur va janrlarida ishlangan rasmlar tamoshabinga juda katta badiiy estetik ta’sir etib u nafosat olamiga etaklaydi. Unda faqatgina narsa va voqyealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi.
Shuningdek jozibali va qiziqarliligi bilan nafaqat o’zlashtirishda, hatto uni idrok qila bilishda ham muayan tayyorgarlikni talab qiladi.
Rassom biror bir adabiy asar uchun masalan grafikada illyustrasiya ishlashga kirishishdan avval, mazkur asarni yaxshilab o’rganib chiqishi bilan bir qotorda, asardagi voqea sodir bo’layotgan davrga doyir materiallarni ham to’plashi, o’sha davr odamlarining madaniyati va turmushini, mamlakat tabiatini bilib olishi kerak 85 bo’ladi. Grafikaning uziga xos xususiyatlaridan biri bu — uning katta ulchamda bo’lmasligi va bo’yoqlar sonining chegaralanganligi xisoblanadi. Shuning uchun ham grafika asarlarida faqat chiziq yoki to’q rangli tasvir ishtirok etadi. Ba’zan grafik tasvirlar ham rangli bo’ladi.
Bo’lajak o’qituvchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bо’lgan ishlar turibdiki, ular yetishib kelayotgan yosh yigit qizlarga milliy ruhda ta’lim tarbiya berishi, ertangi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mana shunday muammolarni bartaraf etishda tasviriy san’at tarixini puhta bilish, mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarni mukammal bilish, o’zlashtrish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |