Mavzu: Mustaqillik davrida O’zbekiston dizayn


Tasviriy sana’t janrlarining rivojlanishi



Download 1,91 Mb.
bet3/11
Sana21.04.2022
Hajmi1,91 Mb.
#568547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Mustaqillik davrida O’zbekiston dizayn san\'ati. Mundarija

Tasviriy sana’t janrlarining rivojlanishi


Portret - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo’lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Portret janrida ishlangan tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini xamda tasvirdagi kishining ruxiyatini asarda talqin etadi. Inson qiyofasini ichki psixologik olami bilan bog'langan hokla aniq, bir obrazda yaratilishi portret san'ati deb yuritiladi. Portretda insonning to'la gavdasi, yarmi yoki yuz qiyofasining faqat o‘zi ham bo‘lishi mumkin. Portret yaratish o'ziga xos murakkab jarayon bo’lib, insonning anatomik tuzilishidan tortib ichki ruhiy, ma’naviy, shuningdek, tashqi ko'rinishidagi barcha jihatlarini aks ettirishi bilan san’at darajasidagi asar bo‘lishi mumkin. Darhaqiqat, har bir insonning ichki dunyosi, go‘zalligi, tabiat ato etgan andazasi mavjud. Portretchi rassom odamlarga xos turli harakatlarni his qila bilmog'i, avniqsa, odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvirlay bilish qobiliyatlariga ega bolishi kerak.


Tasviriy san’atning portret janri insonning ma’naviy qiyofasini o'zida ifodalashi bilan san’atning boshqa sohalaridan birmuncha farq qiladi. Portret san’atini yaratishda bebaho yutuqlarni qo‘lga kiritgan buyuk rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi. Rembrandt, shuningdek, o‘zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, (Shingiz Ahmarov va boshqa bir qancha rassomlarni misol qilib keltirish mumkin.
Avtoportryet - portryet janrining ko’rinishlaridan biri bo’lib, musavvir o’zining tashqi qiyofasini o’zi tasvirlaydi.
Abdulhaq Abdullaev - O‘zbekiston xalq rassomi.1918 yilda Turkistonda
tavallud topgan. Portret san’ati ustasi. Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom sifatida tanilgan bo'Iib, lining asarlari chuqur ruhiy kayfiyatni aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Alisher Navoiy obrazi ustida bu rassomchalik ko‘p mehnat qilgan san’at ustasini tasviriy san’at vakillari ichida topish amri mahol bo‘lsa kerak. “Bir necha
nusxada chizilgan Alisher Navoiy portreti o'zining mo'tadilligi, sofligi va ruhiy dunyosining boyligi bilan ajralib turadi. Bunda rassomga xos romantik tuyg'u bilan tasvirlanmish shaxsning ruhiy dunyosini chuqur tushunish qobiliyati bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi”,- deb ta’riflaydi Tilab Mahmudov. Rassom o‘z ustida tinimsiz ishlar ekan shogirdlariga ham haqiqiy ijodning natijasi tinimsiz mehnat, astoydil izlanishlar evaziga chiqishini amalda isbotlab kelmoqda.
Yil sayin tasviriy san'at sohasiga bir qator yangi-yangi asarlar kirib kela boshladi. Bu borada mahaliiy rassomlardan Rashid Temurov, Sapog' Muhammedov, Zokir Inog‘omov, Rahim Ahmedov, Mannon Saidov kabi ijodkorlarning faoliyati kengroq ko‘zga tashlana boshlaganini ko'ramiz. Manzarada R. Temurov, Z.Inog'omovlar ijodiv muvaffaqiyatlar qozondi. R. Ahmedovning tematik kompozitsiyalari, natyurmort va bir qancha portretiari tomoshabinlar qalbiga yoqimli kayfiyat ulashdi. Rahim Ahmedovning ijodidagi o'ziga xoslik izlanish - o‘zbek tasviriy san’atida alohida bir maktab bo‘!ib shakllanganligi ma'lumdir.
Malik Nabiev O‘zbekiston xalq rassomi, professor. “Hayotda o‘z qo‘shig‘ini topa olgan, uni betakror ohangda ko'pchilikka manzur qilib kuylay olgan san'atkorni baxtli desa bo'ladi”,- deb ta’kidlagan edi taniqli rassom O‘rol Tansiqboyev.
Yoshligidan tarixiy mavzularga bo'lgan qiziqish va harakatlari zoe ketmadi. Vaqtlar o'tishi bilan rassomning tarixdan hikoya qiluvchi ranglavha, chizma-tasvir va kichik kompozitsiyalari katta-katta polotnolarga aylandi. Ayniqsa mustaqillik yillarida Malik Nabiyev o'z asarlarini tarixiy voqealar mazmunini aniq ifodalashga harakat qiladi. Biz bu haqda kurs ishimizning ketingi bobida kengroq ma’lumot berishga harakat qilamiz..
Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko’rinishlar xaqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqyealar emas, balki musavvirning ichki kechinmalari xam ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog’u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo’lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda moxirdirlar. Manzara janri-tabiatning turli ko'rinishlarini tasviriy san’atda aks
ettirilishidir. Tog’, o'rmon, dengiz, shahar va qishloq manzalarining ko‘rinishlari aniq bir mazmunni anglatsa bunday asarlar manzara janriga tegishlidir. Gap manzara janri haqida ketar ekan, manzaraning mohir ustalari Klod loren, Shishkin, Levitan, N.Karaxan, Isfandiyor Haydarov va boshqa mashhur rasso’mlaruj ijodini bu borada misol keltirish mumkin. Manzara janrida musavvirlardan
O’.Tansiqboyevning “O’zbekistonda mart”, “Jonajon o’lka”, “Mening qo’shig’m”,
N.Kashinaning “Tog’da baxor”, Z.InoІomovaning “Arpa o’rimi”, “Choyga”,
R.Temurovning “Bibixonimda baxor”, “Ulug’byek madrasasi” asarlari mualliflarga shuxrat keltirdi.
Natyurmort - frantsuzcha so’z bo’lib, “jonsiz tabiat” degan ma’noni
anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o’rab turgan atrof muxitdagi narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat maxsulotlari, gullar, meva va boshqalarni tasvirlaydi. U o’z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xaraktyerli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda g’oya berayotganligini ham ko’rsata oladi. Odamlar hayotida ishlatiladigan buyum-narsalar, sabzavot va mevalar, asbob- uskuna kabilarga o'xshash namunalarning tasviri muayyan shakl- da chizilishi mazkur janrga xos. Ma’lumki, har bir rassom tasviriy san'at sir'iarini o'rganishni natyurmort ishlashdan boshlaydi. Buyumlar va narsalar shaklini. formasini, xarakterli o‘zlashtirish san’atning boshqa jihatlarini va turlarini o'rganishdagi dastlabki boqlardir. Lekin bu natyurmort san'at sifatida faqatgina boshlang‘ich vazifa bo'lib qoladi, degan ma'noni bermaydi. Vaholanki, natyurmоrtning san'at darajasida у a rati1ishi o'ziga xos murakkab va katta maktabni talab qiladi. Tasviriy san'at tarixida Vil’yam Klass Xedajan Batist Simon Marden,
Frans Snayders, Yanvatf Geysum, Rahim Ahmedov, Akmal
Ikro’ljonovlarning o‘z o‘rni bor.
Taniqli ijodkor musavvirlardan L.Salimjonova, G’.Abduraxmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o’tmishda bo’lib o’tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz.
Tarixiy janrning ko’rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr - “botal” frantsuzcha so’z bo’lib, “jang”, “urush” ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini o’zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar manzarasi asosiy o’rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qaxramonligi, mardligi, jasorati hamda o’z ona Vataniga bo’lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Gryekov, G.K.Savitskiy, A.A.Dyeynyeka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiyevning “Spitamyen qo’zg’oloni”, musavvir R.Rizamuxammyedovning “Muqanna qo’zg’oloni”, musavvir
T.Sodiqovning “Tumarisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bo’la

oladi.
Animalistik - janr o’zgacha tasviry san’at turidir. U lotincha “anima”, “hayvonot olami” degan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot

dunyosiga zo’r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.
Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan. o’sha davrda ular g’orlarining devorlariga kiyik, qutos, mamontlarning
suratlarini chizganlar.
Qadimgi Yaponiya va Xitoyda xayvonlarning tasvirlari dyekorativ naqshlar tuzishda hamda monumyental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Lyeonardo da Vinchi va A.Dyuryerlar ishladilar.
Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A.Vatagin o’zining asarlarida to’rt oyoqli dustlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Maishiy janr: tasviriy san’atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli voqyealarni o’zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Pityer dye Xox, Ostadye, Styen, Tyerborx, Vermyer kabilar ijodida namoyon bo’ladi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish