Mavzu: Мустақиллик даври дастгоµли рангтасвир санъатининг ривожланиши



Download 11,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana31.12.2021
Hajmi11,94 Mb.
#205471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xx asr ikkinchi yarmi ozbekiston tasviriy sanati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

P.Ben`kov. “Sharq ko`chasi”. 1929 

 

 

 

 

 

 


10 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

B. Hamdamiy. “Avtoportret”. 1939 

 

 

 


11 

 

1.2. Rassomlar ijodiga  ikkinchi jahon urushining ta’siri  



  

Insoniyat  juda  ko`plab  urushlarni  boshidan  kechirgan  bo`lib,  bular  ichida 

eng  dahshatlisi,  50  milliondan  ortiq  kishining  yostig’ini  quritgan,  XX  asr  fojeasi 

bo`lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr – 1945 yil sentyabr) 

davom  etgan  bu  urush  yer    sharining  80  foiz  aholisi  joylashgan  hududni,  61  ta 

mamlakatni o`z ichiga qamrab olgan

4

.  


 

Urushning  asosiy  aybdorlari  jahonga  hukmronlik  qilish  da`vosi  bilan 

maydonga chiqqan Adol’f Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo`ldi. 

1939  yil  23  avgustda  Sovet-german  bitimi  10  yilga  o`zaro  hujum  qilmaslik 

to`g’risida  tuziladi.  G’arbda  Pol’shagacha  bo`lgan  xudud  Germaniyaga,  SHarqda 

ham Pol’shagacha bo`lgan xudud esa Rossiyaga tegishli deb kelishib olishgan edi. 

1939 yil 1 sentyabrda Germaniya, 17 sentyabrda Rossiya Pol’shaga bostirib kiradi. 

G’arbiy yevropada fashistlar Germaniyasi Pol’sha, Norvegiya, Frantsiya, Bel’giya, 

Gollandiya, Daniya,  Lyuksemburg kabi davlatlarni bosib oladi, sovetlar hukumati 

esa  bu  g’alabalar  bilan  nemis  qo`mondonligini  tabriklaydi.  Rossiya  esa  SHarqiy 

yevropani  haloskori  sifatida  Belorussiya  yerlarini  bosib  oladi.  Finlandiya 

Leningrad  va  Murmansk  oralig’idagi  yerlarini  SSSRga  berishga  majbur  bo`ladi. 

1940  yil  iyun  oyida  Estoniya,  Latviya  va  Litva  kabi  davlatlar  bosib  olinadi  va 

SSSR (sobiq ittifoq) tarkibiga rasmiy ravishda qo`shib olinadi.    

 

Urushning  dastlabki  kunlaridayoq  O`zbekitonning  barcha  moddiy  va 



ma`naviy  kuchlari,  resurslari  front  uchun  safarbar  qilinadi.  O`zbekistondan  1941 

yil 13 noyabridan 1942 yil martigacha 14 ta milliy  harbiy qo`shilma, jumladan, 9 

ta o`qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo`natiladi. Umuman 

urush  boshlarida    6,5  million  kishidan  iborat  bo`lgan  O`zbekiston  aholisining  

1.433.230 tasi  urushga safarbar etiladi.   

 

Harbiy  vaziyat  front  orqasini  mustahkamlash  yuzasidan  shoshilinch  chora-



tadbirlar  ko`rishni  talab  qiladi.  O`zbekiston  iqtisodiyoti  ham  harbiy  vaziyatdan 

kelib  chiqib,  zudlik  bilan  front  manfaatlariga  bo`ysundiriladi.  Katta  yoshdagilar 

                                                 

4

 Масъул мухаррир Р. Ҳ. Муртазаева. Ўзбекитон тарихи. –Т.;2003. 472-б. 




12 

 

uchun  ish  kuni  olti  kunlik  ish  haftasida  11  soatgacha  uzaytiriladi.  Aslida  esa  ish 



kuni 12-14 soatgacha cho`zilar edi.  

 

Urushning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  butun  mamlakatda  bo`lgani  kabi 



O`zbekistonda ham oziq-ovqat va sanoat mollari kamayib ketadi, aholining ahvoli 

keskin yomonlashadi. Front ortidagi hayotning og’irligidan  ocharchilik yuz berdi 

va  uni  oqibatida    qanchadan  qancha  yosh  bolalar,  qariyalar  tinchlik  kunlarini 

ko`rmay  bevaxt  olamdan  o`tib  ketishadi.  Bu  mudxish  voqea  va  hodisalar  barcha 

sohalarda  bo`lgani  singari  O`zbekiston  xalqiga,  uni  tasviriy  san`ati  taraqqiyotiga 

ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi.   

 

O`zbekiston  ishchi  va  mehnatkashlari  bilan  bir  qatorda  ilm-fan,  maorif, 



san`at  va  madaniyat  xodimlari  ham  “Hamma  narsa  front  uchun,  hamma  narsa 

g’alaba  uchun!”  shioriga  “labbay!”,  deb  javob  bergan  ko`pchilik  olimlar, 

san`atkorlar frontga ketishgan.   

 

1941-1945  yillardagi  urush  davrida  O`zbekistonda  ta`sirchan  vosita 



hisoblangan teatr va tasviriy san`at ancha rivojlandi. Bu davrda O`zbekistonda 35 

ta  mahalliy  va  16  ta  ko`chirib  keltirilgan  teatr  jamoasi  faoliyat  ko`rsatgan.  Butun 

urush davomida 203 ta yangi postanovka tayyorladilar va 6.667.303 tamoshabinga 

spektakl va kontsertlar ko`rsatishgan. 

 

Tamaraxonim,  Halima  Nosirova,  Mukarrama  Turg’unboyeva,  Sora 



Eshonto`rayeva,  Abror  Xidoyatov,  SHukr  Burhonov  kabi  san`atkorlar  Turkiston 

harbiy okrugi va qismlarida 26 mingta kontsert va tamoshalar ko`rsatgan bo`lsalar, 

Abdulhaq  Abdullayev,  CHingiz  Axmarov,  O`rol  Tansiqboyev  kabi  rassomlar 

jangohlarda  bo`lib,  urush  lavhalari  va  front  ortidagi  o`zbek  halqining  fidokorona 

mehnatini mahorat bilan tasvirlaganlar. 

 

Urushning  dastlabki  kunlaridanoq  respublika  ko`chalarida  fashizmni  o`tkir 



va  qattiq  fosh  etuvchi  sovet  armiyasi  va  mehnat  frontidagi  muvaffaqiyatlarni 

sharoflovchi  “O`zTAG  oynalari”  paydo  bo`ldi.  “O`zTAG  oynalari  uchun  plakat 

ishlashda, barcha janr musavvirlari, grafiklar V. ROjdestvenskiy, V. Kaydalov, V. 



13 

 

Kedrin, B. Jukov, M. Reyx, S. Mal’t, rangtasvirchilar L. Abdullayev, V. Ufimtsev, 



N. Kashina, B. Hamdamiy va boshqalar ishtirok etishdi.

5

 



 

Rassomlardan  maxsus  brigadalar  tuzilgan  va  ular  xalq  orasiga  targ’ibot-

tashviqot  ishlariga  safarbar  qilingan  edi.  Jumladan,  kolxoz,  sovxoz,  zavod  va 

fabrikalarda plakatlar chizib, xalq ommasini safarbarlikka, fidoyilikka undar edilar, 

qishloq xo`jalik ko`rgazmalarini bezash ishlarini o`tkazishgan. 

 

Hatto urushgacha ijodlari tor intim xarakter va lirik yo`nalishga ega bo`lgan 



O`zbekistonlik  rangtasvirchi  rassomlar  ham  muhim  zamonaviy  mavzularda  

mo`yqalam  tebratishga  kirishdilar.  Xalq  turmushi  mavzusida  asar  yaratish  esa 

zaruriy  burchga  aylandi.  Front  safaridan  qaytgan  O`rol  Tansiqboyev  ijodiga 

mansub  “Urush  izidan”  rangtasvir  asarlari  turkumi    jangu  jadal  voqealariga  to`la 

og’ir  yillar  haqidagi  xotira  bo`lib  qoldi.  Lutfulla  Abdullayevning  “Agitator 

Toshkent kanalida” asari,  Abdulhaq Abdullayevning mehnat va urush kishilariga 

bag’ishlab  yaratgan  ko`plab  portretlari,  CHingiz  Axmarovning  “Sovg’a  yig’ish” 

polotnosi,  Vladimir  Ufimtsevning  jangnoma  polotnolari  va  harbiy  mavzudagi 

natyurmortlari,  Zinaida  Kovalevskaya,  Pavel  Ben’kov,  Nadejda  Kashina,  Ovanes 

Tetovosyan  va  shu  kabi  boshqa  ko`plab  rassomlarning  mavzuli  kartinalari  ham 

xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi.  

 

“O`zbekiston rassomlari Ulug’ Vatan urushida” estalik al’bomi urush yillari 



dastohli  grafika  janrida  yaratilgan  barcha  muhim  asarlarni  birlashtirgan.  Mazkur 

al’bom sahifalari O`zbekiston kishilarining front orqasidagi fidokorona mehnatini, 

Vatan urushi frontlaridagi jangchilarning jasoratlarini aks ettirgan.  

 

O`zbekiston  o`sha  yillarda  Rossiyaning  Moskva,  Leningrad  (hozirgi  Sankt-



Peterburg) shaharlari, Ukraina va Belorussiyaning barcha yirik rassomlari, nafaqat 

rassomlari, balki  jangohlardan evakuvatsiya qilingan qariyalar, bolalar  boshpana 

va  madad  topgan  o`lka  bo`lgan.  Ayni  damda  barcha  rassomlarning  ijod  qilishlari 

uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan edi.  

 

Sobiq  ittifoq  xalqlarining  ikkinchi  jahon  urushida  qozongan  g’alabasi 



mamlakatdagi  siyosiy  va  iqtisodiy  muvaffaqiyatlar,  urushdan  keyingi  davr 

                                                 

5

 Ўзбекистон тасвирий санъати. Живопись, графика, декоратив-амалий санъат. –Т.; 1976.7-6 




14 

 

madaniyati,  O`zbekiston  san`at  ustalarining  internatsional  ruxi  va  siysiy-g’oyaviy 



qarashlari  oldindan  belgilab  berildi.  Xalqqa  xizmat  qilish  (aslida  esa  partiyaga 

xizmat  qilish),  uning  jasoratini  madh  etish,  kelajak  avlodga  ushbu  davrning 

maqtab,  ko`klarga  ko`tarib  tasvirlab  qoldirish  bosh  maqsadga  aylandi.  To`g’ri, 

urush  albatta  fojeali  oqibatlarga  olib  kelgan.  Ammo,  uni  partiya  bo`lmasa,  uni 

siyosati bo`lmasa yengishning sira ham iloji yo`q edi qabilida siyosat yurgizish bu 

davrning bosh maqsadiga aylandi. 

 

O`zbekiston  tasviriy  san`atida  miqdor  o`zgarishi,  ya`ni  rassomlar  jamoasi 



qarayib  ikki  barobarga  oshganligini  sifat  o`zgarishlariga  ham  olib  kelganligini  

ko`rishimiz mumkin. Bunga misol qilib, Leningrad (Sankt-Peterburg) rassomchilik 

Akademiyasini  R. Ahmedov, M. Saidov,  T. Oganesov, N. Qo`ziev, R. CHoriyev, 

V.  Zelikov,  Moskva  san`at  oliy  o`quv  yurtlarini  esa  YU.  Elizarov,  V.  Jmakin,  V. 

Sosedov, J. Umarbekov, e. Kalantarov, N. Rahimboyev va shu kabi boshqa ko`plab 

rassomlar tamomlab ijod yo`liga kirganligini keltirishimiz mumkin.  

 

Tasviriy  san`atda  barcha  tur  va  janrlarning  mavzu  doirasi  kengaydi, 



voqeaband  tematik  kartinalar  urushdan  keyingi  hayot  mazmuni  bilan  boyidi. 

Rassomlar mehnat mavzusi ko`lamini kengaytiruvchi, ijodkor-yaratuvchi  insonnni 

ulug’laydigan  kompozitsion  yorqin  syujet  yechimlarini  izlay  boshladilar. 

Musavvirlar  mazmun  poetikasini  bo`rttirish  uchun  rangtasvirning  triptix 

formalariga  murojaat  etishdi  va  bir  mavzuda  qator  asarlar  chizib,  rangtasvir 

syuitalarini yaratdilar.  

 

Paxtadan  yuqori  hosil  olish  partiya  tomonidan  qat`iy  nazorat  ostiga  olindi. 



Rassomlarga  esa  bu  ishda  bosh  targ’ibotchi,  tashviqotchi  vazifasi  yuklandi. 

Rassomlar majburiy ravishda paxta dalalariga yuborilar va u yerda og’ir mehnatda 

yozilgan,  quyosh  taftidan  qoraygan  dehqon  obrazini  maqtashlari  talab  qilinar  edi. 

SHuning uchun ham mazmun va badiiy ifoda jihatidan turli tuman asarlar yaratildi. 

Jumladan, B. Boboevning “Farg’ona syuitasi”, V. Burmakinning “Paxta terimi”, V. 

Kovinning  “Yer  yetildi”,  R.  Ahmedovning  “Hosilot”, “Mehnatda ham  soldat”,  L. 

Abdullayevning 

“Cho`lni  o`zlashtiruvchilar”,  N.  Kashinaning  “Zveno 




15 

 

muvaffaqiyati”,  M.  Saidovning  “Normani  bajara  olmadi”  kabi  asarlarini  bunga 



misol qilib keltirish mumkin.  

 

Rassomlar  o`z  ijodlarida  ushbu  davrni  rang  barang  ko`rinishda  ifodalashga 



intildilar.  Ishchi  va  dehqonlar  sinf  sifatida  tabaqalashtirildi,  ularning  vakillari  

badiiy  asarlarga  ko`chdi.  Ba`zi  bir  rassomlar  kolxozchilar,  qishloq  kishilarining 

faoliyatini madh etishdi. Bunday asarlar sirasiga M. Saidovning “Uzum terish”, R. 

Ahmedovning  “Dala  xirmoni”,  T.  Ogonesovning  “CHo`ponlar”,  N.  Kashinaning 

“Oltin  mahsul”  kabi  asarlarini  olishimiz  mumkin.  V.  Pravdyukning  “Tsementchi 

ayol”,  G.  Ul’koning  “Mashaqqatli  safar”  kabi  asarlari  orqali  esa  ba`zi  rassomlar 

ishchilar  sinfi  mavzusida  mo`yqalam  tebratganligining  guvohi  bo`lishimiz 

mumkin. 


 

Musavvirlar  xalq  hayoti,  uning  turmushiga  ko`proq  e`tibor  bilan  qaray 

boshlaganliklari  sababli  ham  bu  yillarda  maishiy  janrning    mavzu  chegaralari 

kengayib, badiiy jihatdan boyidi. Rassomlar odamlarning fikri, ichki xis-tuyg’ulari, 

kechinmalarini,  turmush  tarzini  ochib  berishga  intilganliklarini  ko`rishimiz 

mumkin.  R.  Ahmedovning  “Tong.  Ona”,  M.  Saidovning  “Oila”,  N.  Kashinaning 

“Qo`riq  erda”,  J.  Umarbekovning  “Do`stim”,  Z.  Kovalevskayaning  “Xalq  san`ati 

ustalari”,  G’.  Abduraxmonovning  “To`y”,  YU.  Taldikinning  “Gilam  bozori”,  R. 

CHorievning  “Alla”,  Z.  Inog’omovning  “Kolxoz  oshpazi”,  A.  Perovning  

“Mehmondorchilik”  va  shu  kabi  ko`plab  kartinalari  shunday  asarlar 

jumalasidandir.  

 

Eng  asosiysi  esa  bu  davrda  Sobiq  Ittifoq  “dahosi”  hisoblangan  Lenin 



obrazini  va  uni  o`ylab  topilgan  “dohiyona  xislatlari”ni  ko`klarga  ko`tarib  she`rlar 

yozildi,  bolalar  uchun  hikoyalar  to`qildi.  Boshlang’ich  sinf  o`quvchilari 

“oktyabryatlar”,  yuqori  sinf  o`quvchilari  esa  “pionerlar”  deb  ataldi  va  ularga 

inqilobdan oldingi O`rta Osiyo xalqlari hayoti qanchalik ayanchli bo`lgani-yu va u 

Lenin tufayligina o`zgarganligi bolalar ongiga singdirildi.  O`zbekiston rangtasvir 

san`ati  ham  bundan  chetda  qolmadi,  qola  olmas  ham  edi.  Boshqacha  qilib 

aytadigan bo`lsak, rassomlar bunga ixtiyoriy tarzda majbur edilar, aks holda ularni 

ijodi  qattiq  tanqid  ostiga  olinardi.  V.  Burmakinning  “Tashvishli  yillar”,  V. 




16 

 

Ufimtsevning  “Lenin  Sibir’  surgunida”  va  shu  kabi  boshqa  asarlarni  bunga  misol 



qilib keltirishimiz mumkin. 

 

Bundan  tashqari  rassomlar  inqilobchilar  va  grajdanlar  urushi  mavzularida 



ham  ijod  qilishga  yuqoridan  ko`rsatma  olar  edilar.  V.  Ufimtsevning 

“Bol’shevikning  tug’ilishi”,  “Hamza”,  R.  CHorievning  “Amirlikning  emirilishi”, 

V.  Jmakinning  “Paranji  kuydirish”,  “Hamza  frontda”,  G’.  Abduraxmonovning 

“YAngi  xo`jayin”,  M.  Saidovning  “Nur  sari”,  “Likbez”,  A.  Perovning  “20  nchi 

yillar”,  N.  Kashinaning  “Bolalar  yangi  hayotga  qadam  bosyaptilar”,  B. 

Boboevning  “Temir  yo`l  bekatida”  kabi  asarlar  shunday  asarlar  jumalasidan 

hisoblanadi.  

 

Ikkinchi jahon urushi mavzusi eng asosiy mavzulardan biri bo`ldi. CHunki. 



bu  urush  davrida  O`zbekistonlik  yozuvchilar,  shoirlar,  rassomlar  va  san`atkorlar 

frontda  bo`lib,  janchilar  bilan  uchrashganlar.

6

  O`z  san`atlarini  namoyish  qilib, 



askarlar  va  zobitlarni,  jangchilarni  yangi  -  yangi  zafarlarga  ruhlantirishgan. 

Jumladan,  shu  delegatsiya  tarkibida  bo`lgan  O`rol  Tansiqboyev  ko`plab  etyudlar 

ishlaydi va  asrlarining xomaki nusxalarini  chizadi.  SHu  xomaki nusxalari  asosida 

esa  “Urush  ortidan”  turkumidagi  “Jang  yillarida”,  “Yo`lni  kuzatish”,  “Ozod 

qilingan  yerda”,  “Havo  jangi”,  “Yakkama-yakka”,  “Parizan  ayol”  kabi  asarlarini 

yaratadi.  

Rassomning  urushga  bag’ishlab  yaratilgan  asarlarining  har  biri  o`ziga  xos 

badiiy qiymatga ega asarlar hisoblanadi. Rassomning “Ozod etilgan yerda” asarini 

taxlil qiladigan  bo`lsak,  unda  har bir  qarich  yerning naqadar  mo``tabar  ekanligini 

ko`z oldimizga keltirishimiz mumkin bo`ladi. Fashistlardan ozod qilingan qishloq. 

Havodan poroxning achchiq tutuni hali batamom ko`tarilgani yo`q. Har yerda, har 

erda  zambarak  o`qlarining  gil’zasi,  qurol  -  aslahalarning  pachoqlangan  qoldiqlari 

sochilib yotibdi. Urushdan charchagan er esa to`yib - to`yib yengil nafas olmoqda, 

dehqon omoch bilan yer haydab, unga rizq - nasiba sochish taraddudini ko`rmoqda. 

Ozod  etilgan  yerda  erkin  mehnat  zavqiga  berilgan  keksa  dehqon  har  ehtimolga 

                                                 

6

 Ж. Мажидов. Тасирий санъатдан синфдан ташқари ишлар. –Т.; 1983. 31-б. 




17 

 

qarshi  yelkasiga  miltiq  ham  osib  olgan.  ertangi  osuda  hayot  ishqida  mehnat 



qilayotganini kuzatamiz.  

Tabiat  kuychisi  bo`lgan  O`rol  Tansiqboyev  portret  janriga  ham  qo`l  uradi. 

Uning  to`ng’ich  asari  “O`zbek  portreti”  shu  janrga  taalluqli  ilk  asarlaridan 

hisoblanadi.  Oradan  15  yil  o`tgach  “Partizan  ayol”  portretini  yaratadi.  Ushbu 

portret mukamml tugallangan portretlar safidan munosib o`rin egallaydi.  

Bu  davr  nafaqat  urushga  bag’ishlangan  asarlar  bilan,  balki  o`zining  buyuk 

o`zbek  rassomlari  va  ularning  bebaho  asarlari  bilan  ham  qadrli  hisoblanadi. 

Jumladan, portret janri  ushbu davrda psixologik va badiiy jihatidan boyiganligini 

ko`rishimiz  mumkin.  etyudlar  va  naturalistik  portretlar  o`rnini  inson  ruhiyatiga 

chuqur  kirib  borish  hamda  yorqin  o`ziga  xos  bo`lgan  siymolar  yaratish  egalladi. 

Bunday  asarlarga  A.  Abdullayevning  “A.  Hidoyatov  Otello  rolida”,  “Yozuvchi 

Oybek”,  “Akademik  T.  Qori  Niyoziy”,  R.  Axmedovning  “Ona  o`ylari”,  “Keksa 

kolxozchi  portreti”,  R.  Choriyevning  “Aktyor  Olim  Xo`jayev”,  “Rassom  Q. 

Basharov”,  V.  Fadeevning  “Duradgor”,  “Keksa  kolxozchi  Zulun  buva”,  T. 

Oganesovning “Yozuvchi S. P. Borodin portreti”, “Haykaltarosh A. Makarov”, Yu. 

Elizarovning  “Yozuvchi  S.  Ayniy”,  Ch.  Axmarovning  “Temurov  portreti”  larini 

misol qilib keltirish mumkin.  

 

Portretchi rassomlar ta`zyiq, qiyinchilik va to`siqlarga qaramasdan ijodlarida 



o`tmish tarixga murojaat qilishadi va buyuk ajdodlarimiz siymolarini yaratish ham 

asta  –  sekinlik  bilan  o`ziga  xos  jihat  sifatida  alohida  ahamiyat  kashf  qilganligi 

ko`zga  tashlanadi.  Bu  davrda  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Alisher 

Navoiy, Zahriddin Muxammad Bobur, Mirzo Ulug’bek va shu kabi boshqa buyuk 

ajdodlarimizning portretlari ham yaratildi.  V. Kaydalovning “Alisher Navoiy”, M. 

Nabiev va  R.  Choriyevlarning  “Abu  Rayhon  Beruniy”  portretlari,  birinchi  o`zbek 

ayol - rassomi Sh. Hasanova yaratgan o`zbek shoiralari obrazini bunga misol qilib 

keltirish mumkin.  

 

Manzara  janri  esa  o`zbek  rassomlarining  eng  kuchli  tomoni  hisoblangan. 



Rassomlar qadrdon  o`lkamizning go`zal jamolini tasvirlash orqali “tabiat – milliy 

boylik,  u  insonda  go`zallikka  muhabbat  uyg’otish  kerak”  –  degan  fikrni  talqin 




18 

 

etishdi.  Ushbu  ishlarni  amalga  oshirishda  manzara  kuychisi  O`.  Tansiqboyev, 



o`ziga  xos  amaliy  manzara  ustasi  N.  Karaxan,  lirik  hamda  nafis  tuyg’ular  

ifodachisi  R.  Temurovlarni  xizmati  katta  bo`ldi.  Keyinchalik  esa  mazkur  janr 

sohasiga B. Tokmin, Sh. Abdurashidov, P. Tohirov, Z. Inog’omov, K. Bogoduxov, 

M.Yo`ldoshev kabi ijodkorlar ham kirib kelishdi.  

 

Tabiat  kuychisi  O`.  Tansiqboyevning  “Tog’dagi  kolxoz”,  “Olma  otalik 



kishi”,  “O`zbekistonda  bahor”,  “Issiq  ko`l  oqshomi”,  “Ona  diyor”,  “Taxiyatosh”, 

“Tog’  kuzi”,  “Tog’da  sahar”,  “”Katta  qo`rg’on  suv  ombori”,  “Olmaliq  tog’i”, 

“Qayroqqum  GESi  tongi”,  “Bo`stonliqda”,  “O`zbekitonda  mart”,  Toshkent 

dengizi” va shu kabi ko`plab bebaho asarlari fikrimizning dalili bo`ladi.   

 

Natyurmort  –  rangtasvir  janrlari  ijida  eng  maroqlisi  hisoblanadi.  1973  yili 



Moskvadagi  ko`rgazmada  namoyish  etilgan  natyurmortlar  o`zbek  rassomlarining 

rangtasvir  madaniyati  qay  darajada  o`sganligini  ko`rsatibgina  qolmasdan,  uni 

chuqur mazmundorligi va zamonaviyligini ham yaqqol ko`z-ko`z qilgan edi.  Zaif 

talaffuzlardagina sharhlab kelingan o`zbek xalqining hayoti natyurmortda keng va 

shoirona tarzda o`z in`ikosini topadi. Ko`rgazmaga keksa va o`rta avlod rangtasvir 

ustalaridan N. Kashina, Z. Kovalevskaya, R. Ahmedov, M. Kurzin, A. Lunev, V. 

Ufimtsev, O. Tetovosyan, S. Kolibanov hamda yosh musavvirlar E. Mel’nikov, V. 

Burmakin, Yu. Taldikin, R. Choriyev va boshqalarning asarlari qo`yilgan.  

 

Grafika  san`atida  esa  keksa  avlod  ustalari  I.  Ikromov,  V.  Kaydalov,  K. 



Cheprakov,  V.  Kedrin,  G.  Shevyakov,  A.  Osheykolar  bilan  bir  qatorda  Q. 

Basharov, G. Chiganov, A. TSiglentsev, M. Kagarov, V. Parshin, Yu. Strel’nikov, 

I.  Tsiganov  kabi  grafikaning  dastgohli  formalariga  mansub  yoshlar  ham  samarali 

ijod qilishgan.  

 

Ularning  ijodi  ham  bevosita  davr  talabidan    kelib  chiqqan  holda 



kommunistik  partiya  siysatini  targ’ib  qilishdan  iborat  bo`lgan.  Q.  Basharovning 

“Xalq milliy o`yinlari”, Chirchiq - ulkan ximiya shahri”, “Lanin biz bilan” triptixi, 

G.  Chiganovning  “Navqiron  O`zbekiston”,  V.  Parshining  “Paxta  bayrami”,  Yu. 

Strel’nikovning “Olg’a boruvchilar”, A. Tsiglentsevning “Unitilmas yillar” asarlari 

shunday ishlar sirasiga kiradi. 



19 

 

 



Bu  davrda  dekorativ  va  mahobatli  haykaltaroshlikning  turlari  ham  tez 

sur`atlar  bilan  rivojlandi.  Biroq,  ularning  aksariyati  shahar  va  kolxozlarda  urush 

qahramonlari,  jamoat  arboblari,  yozuvchilar,  inqilobchilarga  atab  qo`yilgan 

yodgorliklar  hamda  mahobatli  komplekslardan  iborat  shakldagi  haykallar  bo`lib, 

ularning aksariyati deyarli bir qolipdan chiqqandek bir – biriga juda ham o`xshash 

bo`lgan. Ayniqsa, Lenin nomi berilmagan yoki haykali qo`yilmagan birorta shahar 

yoki  tuman  markazi  qolmagan.  Barcha  katta  ko`chalarga  uni  nomi  qo`yilgan  va 

shu  nomdagi  maydon  barpo  qilingan  edi.  Ularni  barsasida  esa  Lenin  chap  qo`li 

bilan kostyumini ushlagan tarzda, odinga uzatilgan chap qo`lida shapkasini tutgan 

holda odamlarga da`vat qilib turgani aks ettirilgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

P. Ben`kov. “Jangchiga sovg’a”. 1945 




20 

 

 



 

 

 



L. Abdullayev. “Qaxramonni kutib olish”. 1947 

 

 



 

 



21 

 


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish