Mavzu: Munis-tarixnavis tarjimon



Download 51 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2022
Hajmi51 Kb.
#678592
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjat

Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh.Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin.
Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.
Do'stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.
Do'st uldurkim, уотоп кип yuz evurmas do'stidan,
Munis ahvolin ko'rib, tarki muhabbat qilmangiz.
Shoir g'azalda do'st sadoqatini sinashning turli bosqichlarini tasvir etadi va shularning birontasida ham sadoqat unutilmasligi lozimligini ta'kidlaydi.Munis ma'shuqa go'zalligini jo'shqinlik bilan ta'riflaydi. Shunday she'rlaridan biri "oftob" radifli g'azaldir.
Bo'lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,
Ne uchun zarposhlig'lar aylar izhor oftob.
Senki shohi husnsen, har кип qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo'yar tufroqqa ruxsor oftob
Oftob yorning jamoliga xaridor, vasliga mushtoq-u zor bo'lmaganda edi, uning boshidan zarlar sochib — nur taratib tuyg'ularini izhor etmas edi. Oftobning chiqishi tushunarli edi — u mahbubani ko'rish uchun nur sochardi. Ma'lumbo'ldiki, uning botishi ham yor tufayli ekan. Ya'ni u husn shohi bo'lmish mahbubaga qulluq qilib tuproqqa yuzni qo'yganda, botar ekan.
Ishq tug'yonlari, oshiqning bu dard ila to'lg'onishlari bayon etilgan g'azallar Munis she'riyatida ko'plab uchraydi. Masalan, "Istading, ey dil, ko'zin joning kerakmasmu sanga?" misrasi bi­lan boshlanadigan g'azalida shoir oshiqning qiynoqlarini, yordan yetgan jafolar izhori uchun dilga murojaat shaklini tanlaydi. Chunki ko'ngil bu tug'yonlaming makonidir:
Istading, ey dil, ko'zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, iymoning kerakmasmu sanga?
Nima uchun lirik qahramon yor ko'zimng savdosi tushgan dil­ga qarata: "joning kerakmasmu sanga?"- deya xitob qilmoqda? Bilamizki, mumtoz adabiyotda ko'z jon olg'uvchi jallod sifatida ta'riflanadi. Kishi bu ko'zlar domiga ilindimi, unga omonlik yo'q. Ulardan dilga tushgan ishq savdosi oshiqni halokatga olib kelishi muqarrar. Yorning to'zg'igan, parishonligi bilan oshiqning ham xayolini parishon etuvchi zulfi esa uni esdan og'dirish darajasiga olib keladi. Shoir bu devonalik hatto Yaratganni ham unutishga olib kelishi mumkinligidan dilni ogohlantirmoqda.Munis she'riyatining boshqa janrlari uchun ham mana shunday inson tuyg'u va kechinmalarining turfa jihatlariga o'ziga xos yondashish xosdir."Base g'am boridin" g'azali tahlili
Mazkur g'azal Munisning hasbi holi — qismati, ahvolining ifodasi deb atash mumkin. Shoirning umr bayonida aytilganidek, bir yilda otasi, onasi va inisidan ayrilgan shoir ma'lum vaqt o'tgach, hayotdagi suyanchiqlari bo'lmish umr yo'ldoshi hamda o'g'lini ham tuproqqa topshiradi. Adoqsiz musibatlar girdobida, og'ir g'am yuki ostida qolgan Munis ko'nglidagi dardlarini g'azal shaklida qog'ozga to'kadi:
Base, g'am boridin chekmish og'irni,
Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni.
Shoirning mahorati shundaki, u shakldosh (omonim) so'zlar vositasida tajnis san'atini qo'llab, fikrning o'ziga xos ifodasini topa olgan. G'azalning matla'sidagi "yog'ir" so'zi "yag'ir", "yog'irn" esa "yag'rin" (elka) ma'nolarini anglatadi. Shoir ana shu holatdan ustalik bilan foydalanib, hayotda ko'plab g'amlarni ko'rdim, ana shu g'am yuklarini ko'tarib yurgan ko'nglim yelkalari bu og'irliklardan yag'ir bo'lib ketdi, deya shoirona tasvir yaratadi. Keyingi ikki misrada birinchi baytdagi fikr yanada aniqlashtiriladi:
Falak g'am yuklarin solg'onda elga,
Yog'irnimga mening qo'ymish og'irni.
Munis falak butun insoniyatga g'am yuklarini ulashganda ularning ko'pi menga tegdi, hammadan ko'p og'irliklari menga tushdi deb, hayotida ketma-ket yuz bergan fojealarga ishora qiladi.Uchinchi baytda shoir ma'shuqaga "g'am yuki" asoratlarini ko'rsatishga tutinadi:

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish