O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar turli millatlar manfaatlari uyg‘unligida
Milliy g‘oya shu aziz Vatanda yashayotgan har bir insonni uning dini, irqi, qaysi
to‘kilgan yer u kim bo‘lishidan qat'iy nazar uning uchun Vatandir. O‘zbekisonda
48
tug‘ilgan har bir inson o‘z ona vatanini sevmog‘i, ardoqlamog‘i, uning uchun
kerak bo‘lsa jonini fido qilmog‘i lozim. Barcha millatlarning, barcha ijtimoiy
guruhlarning manfaatini birdaniga ilgari sura oluvchi mafkurani yaratish faqat
umuminsoniylikdan foydalanish degani yoki sinfiylik va milliylikni inkor etish
degani emas, balki sinfiylik va milliylikni to‘la hisobga olish va uni
umuminsoniylik darajasiga ko‘tarish demakdir. Mafkurada milliylikni e'tirof
etish u aynan bir millatning manfaatini e'tirof etib, qolgan millatlarning
manfaatini inkor etish, degan ma'noni anglatmaydi. “Milliy mafkuramiz har
qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni
mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo holi bo‘lib,
qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi
darkor”
30
. Biz milliylik tarafdorimiz lekin millatchilikka qarshimiz. Milliylik va
umuminsoniylik munosabatlarini hisobga olmaslik millatchilikka olib keladi.
I.Karimov milliy masalaga jiddiy e'tibor bergan holda, shunday yozadi: “... bir
millat o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini boshqa millatning yoki boshqa xalqlar
vakillarining huddi shunday intilishlarini kamsitish hisobiga ruyobga
chiqarmasligi lozim. Ba'zi millat, etnoslar vakillarining boshqalarga takkaburlik
bilan, mensimay munosabatda bo‘lishi kabi holatlar yuzaga chiqishi mumkin
bo‘lgan har qanday sharoitga barham berish lozim»
31
.
Yagona O‘zbekistonda hyech qanday millatga birorta imtiyoz bo‘lmasligi
kerak. Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi ham shuni e'tirof etadi.
“O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va
ijtimoiy mavqyeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdir”
32
. Mustaqillik
mafkurasini ishlab chiqishda har qanday milliy imtiyozni himoya qilish, milliy
30
И.Каримов Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин
//
Таффакур
2
/
1998.-Б.8.
31
Каримов И. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида:хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. Т.: 1997.-Б.74.
32
Ўзбекистон Республикаси Коснтитуцияси. 18-модда. Т.: 1992.
49
adovatni keltirib chiqaradi. Umuminsoniylik prinsipi barcha millatlarning
tengligini e'tirof etish, demakdir.
«Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - yurtimizdagi turli millat ijtimoiy
toifa va kasbu-korga mansub bo‘lgan keng ommani ogohlikka chaqirish, mavjud
xavf va tahdidlarning mohiyatini anglab yetishi ular haqida jamoatchilik fikrini
uyg‘otish, eng muhimi milliy g‘oya, milliy mafkura asosida xalqimizni
birlashtirish, yanada jipslashtirishdan iborat»
33
.
Do'stlaringiz bilan baham: