III.Mulkchilikning turli shakllari.
Bozor iktisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo‘lishini talab qiladi. Turli mulk bo‘lgan tovarning egalari bozor munosabatiga kirishadi. Tovar muayyan mulk obekti bo‘lgandagina oldi-sotdi qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xam: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga karatilgan Uzbekiston iktisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “. -deb ta'kidlaydi (53-modda).
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mulkchilik shakllari ko‘payib, fuqarolar mulki, jamoa mulki va davlat mulki uning asosiy ko‘rinishlariga aylanadi.
“O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida» gi qonunida (1990 yil 31-oktyabr) turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: (quyidagi shakldagi mulk mavjud deb ko‘rsatiladi): davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk. (Qonun 4-modda)
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini va ishlab chiqarishning umumlashuvi dafajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning xolati, ijtimoiy mexnat taqsimoti va tashkiliy iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanadi (yil boshiga, umumiy soniga foiz xisobida).
2001-yil 2002-yil
Nodavlat mulk shakl. 89,6 87,7
Davlat mulk shakl. 10,4 12,3
Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo‘lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan xosil bo‘ladi:
Xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;
Davlat mablag‘lari xisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan.
O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma'muriy-xududiy (munitsipol) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.
yer, yer osti boyliklari, suv, xavo bo‘shligi, o‘simlik va xayvonot dunyosi xamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruv tuzilmalari mol-mulk, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxiralari, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki xisoblanadi.
Ma'muriy-xududiy (munitsipol) tuzilmalar mulkida davlat xokimiyati maxalliy organlari mol-mulki, maxalliy byudjet mablag‘lari, munitsipol uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalaria boshqa mulkiy majmualar, xalq ta'limi, madaniyat, sog‘likni saqlash muassalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.
Bozor iktisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda iktisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki monopoliyasini qisqartirishni takozo qiladi. Chunki sog‘lom bozor iqtisodiyoti davlat monopoliyasi bilan chiqishmaydi. Monopoliya raqobatga to‘skinlik qiladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib, u asosan jamoa mulkiga, ayrim xollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yalpi milliy maxsulot va milliy daromad yaratishdagi xissasi kamayib (qiskarib), ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar xissasi ortib boradi.
Jamoa mulki - muayyan maksad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma'naviy boyliklarni xamjixatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.
Bu mulk sharoitida o‘zlashtirish jamoadan tashqarida bo‘la olmaydi.O‘zlashtirish sharti jamoaga kirishidir. Jamoa mulki mexnatsiz o‘zlashtirishni inkor etadi va koorporativ- xususiy mulkdan farqliroq nafaqat mulkka, balki mexnatga xam xissa qo‘shishni talab qiladi.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ladi.
Jamoa mulkining muxim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mexnat maxsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma'lum gurux, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga - kooperativlarning, ijara va korxonalarning, aksionerlar jamiyatidagi, xo‘jalik jamiyatlar va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunida yuqorida ko‘rib o‘tilgan jamoa mulki turlaridan tashkari oila mulki va maxalla mulki qonun bilan qayd etilgan.
Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muxim o‘rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy extiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a'zolarining mexnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqarolarning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mexnat daromadlari xisobiga vujudga keladi va ko‘payadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, shaxsiy soxibkorlik daromadi kabi yangi mablag‘larga asoslanadi.
Shaxsiy mulk obektlari - bu turar joylar, bog‘-xovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zgor va shaxsiy iste'mol buyumlari, yakka tartibda va boshka xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda xosil qilingan maxsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat soxasidagi, xalq xo‘jaligi, faoliyatning boshqa tarmoklaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a'zolarining mulki bo‘lishi mumkin.
Shaxsiy mulk obektlari extiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi xam mumkin.
g) Xususiy mulk- ayrim soxibkorlarga qarashli, yollanma mexnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Uning ikki ko‘rinishi mavjud:
1.Individual- xususiy mulk.
2.Korporativ- guruxiy mulk.
Individual mulk bor joyda boylikni o‘zlashtirish aloxidalashgan xolda, ayrim mulkdor tomonidan amalga oshiriladi.
Korporativ- xususiy mulk deganda, ma'lum bir gurux tomonidan boylikni sherikchilik asosida individual tarzda o‘zlashtirishdan iboratdir.
Mulkning bunday shakli xissadorlikka tayanadi. Gurux a'zosi umumiy ishga o‘z xissasini pay (ulush) sifatida xususiy mulkini qo‘shadi va shu ulushning midoriga yarasha daromad oladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik to‘g‘risidagi konunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xuquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Xususiy bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta'kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari xam ko‘rsatiladi.
d) Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi.
Bu mulk aloxida oligan obektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
U xozirgi ochiq turdagi aralash aksioner kompaniyalarda aniq ifoda etiladi.
Bu yerda xususiy mulk, jamoa mulki va xatto xorijiy mulk xissadorlik asosida birlashadi. Mulk obekti birlashgan xolda ishlatilib, o‘z egalariga daromad keltiradi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muxit yaratishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |