“Shakl”ni taxrirlash kabi “caxifa”ni taxrirlash uchun ham Конструктор rejimida odatdagi, yuqorida shakl uchun tavsiflangan, usullar qo’llaniladi. Ularga qo’shimcha ravishda saxifalarni taxrirlashda turkumlash imkoniyatiga bogliq xolda bo’limlar sonining ko’pligi hamda “Elementlar paneli”da boshqaruv elementlarining tarkibi kengayganligigiga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, kuzatishimizcha, “shakllar”da ham, “saxifalar”da ham boshqaruv elementlari o’zlariga birikkan ustayozuvlar bilan birga boshqa joyga o’tkaziladi. “Shakl”da elementga birikkan ustayozuv boshqaruv elementisiz alohida joy almashmaydi, ya’ni ustayozuvni ko’chirmokchi bo’lsangiz uning elementi ham birga harakatlanadi. “Saxifa”da esa boshqaruv elementining ustayozuvi o’z elementidan ajralgan xolda boshqa joyga “tashib o’tilishi” mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |