MB jadvallari orasida relyatsion munosabatlarni o’rnatish MB tuzilmasi ishlanayotganda
ko’zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog’lanishni tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ishlar “Sxema
jadvallarning ikki maydonini boglab turuvchi yunalishli chizik kurinishida aks etadi. Bu
boglanishda uzining tayanch maydoni bilan ishtirok etayotgan jadval etakchi xisoblanadi. Bunda
tayanch maydon nomi kuzga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval ergashuvchi jadval xisoblanadi.
MBning mutasaddisi ma’lumotlar butunligini himoyalashga oid ikki yuldan birini tanlashi
mumkin: biri – etakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma’lumotlarni o’chirib yuborilishi
holatlariga to’siq qo’yish; ikkinchisi - bog’langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq
keluvchi tartibni o’rnatib, o’chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB etarlicha katta va
7
o’zaro bog’langan jadvallari ko’p bo’lsa, bu kabi o’chirish ishlarini “qo’lda“ bajarish anchagina
qiyinchilik tug’diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog’lanish kabi avtomatlash vositalari
kerak bo’ladi.
Demak, jadvallar o’rtasidagi avtomatik bog’lanish tufayli: etakchi jadvalning tayanch
maydonidagi ma’lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir jadvalning qandaydir maydonlari
Схема данных buyrug’i orqali bog’langan taqdirda, o’zgartirish yoki o’chirib tashlash
imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarni
o’chirib yuborishda yoki o’zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning
boshlang’ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma’lumotlarning ham o’chirib yuborilishi
muvofiq holda mutlaqo aynan o’zgartirishli avtomatik tarzda ro’y beradi.Bog’lanish
xossalarini sozlash uchun “Схема данных “ oynasida jadvallardagi maydonlarni bog’lovchi
chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash va shu turgan holatda sichqonchaning o’ng tugmasini
bosish bilan bog’lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan “Изменить связь” nomli
bandni tanlash kerak bo’ladi. Shunday qilinsa, ekranda “Изменение связей“ sarlovhali
muloqot oynasi paydo bo’ladi. Mazkur oynada bog’langan jadvallarning nomlari hamda
bog’lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari aks etadi, shuningdek ma’lumotlar
butunligini ta’minlovchi boshqaruv elemenlari keltiriladi. Bog’lanishlarni o’zgartirishni ham
shu oyna orqali amalga oshirish mumkin. Bu oynada faqat “Oбеспечениецелостности
данных“ kvadratchasi belgilangan bo’lsa, unda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi
ma’lumotlar o’chirib yuborishdan saqlangan bo’ladi. Oynada mavjud uchta kvadratchaning
hammasi faollashtirilsa, mos ravishda etakchi jadvalning tayanch maydonidagi ma’lumotlarga
o’zgartirishlar kiritishga va ma’lumotlarni o’chirib yuborishga ruxsat berilgan bo’ladi,
shuningdek, bu o’zgartirish va o’chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini
topadi.
Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o’rtasida relyatsion bog’lanishlarni hosil
qilishning ma’nosi ma’lumotlar muhofazasini ta’minlashdan va o’zaro bog’langan
jadvallarning biriga o’zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga
o’zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: