boshqaruv elementini tanlashimiz kerak. So’ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan
paneldan mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya’ni “Создание таблицы в режиме
конструктора”, “Создание таблицы с помощью мастера” va “Создание таблицы путем
4
Bu belgichalarning birinchisiga mos keluvchi oyna bilan –“jadvallar konstruktori” oynasi
bilan yaqindan tanishamiz. Mazkur oyna o’zi bilan jadval tuzilmasini yaratish va tahrir qilish
uchun mo’ljallangan muayyan qolipdagi vositani ifoda etadi. Uning ikkita gorizontal bo’lagi
bo’lib, yuqori bo’lagida “имя поля”, “тип данных”, “oписание” nomli uchta ustun va ularga
ko’ndalang pastki bo’lakda alohida tanlangan, ya’ni chap tomondan qora uchburchak marker,
o’ng tomondan esa o’chib-yonib turuvchi kursor joylashgan satrda nomi keltirilgan maydonning
xossalari ro’yxati aks ettiriladi.
Har bir maydon uchun belgilanajak “maydon turi” maydon nomi yozilgan joyga qo’shni
katakchadagi atayin yashiringan boshqaruv elementi orqali yoyiluvchi ro’yhatdan tanlanadi.
Aytish joizki, Microsoft Accessda bunday yashiringan boshqaruv elementlari ko’p bo’lib, ular
ma’lumotlar kiritilishi boshlangunga qadar ko’rinmay turaveradi.
Maydon uchun ayrim xossalarni tayyorlash majburiy emas. Ba’zi xossalar esa avvaldan
o’rnatilgan bo’ladi. Ularni ehtiyojga ko’ra o’zgartirish mumkin.
Jadval tuzayotganda uning tayanch maydonini belgilab olish maqsadga muvofiq. Bu
keyinchalik jadvallararo aloqani tashkil etishda asqotadi. Tayanch maydonini belgilash uchun
sichqoncha kursori maydon nomi ustida turgan holda sichqonchaning o’ng tugmasini bosish
hamda paydo bo’lgan kontekstli menyudan Ключевое поле bandini tanlash kifoya. Tayanch
maydonini jadval tuzayotgan paytda tayinlash, umuman olganda, shart emas.
Jadvalda birorta ham maydon ma’lumotlarning takrorlanmasligi xususiyatiga ega bo’lmasa va,
ayni paytda, mazkur jadval MBning boshqa jadvallari bilan bog’lanishi kerak bo’lib qolsa, u
holda tayanch maydon o’rniga boshlang’ich tayanch sifatida ikki va undan ortiq maydon
tanlanishi mumkin. Bu amal ham, xuddi avvalgidek, kontekstli menyu orqali bajariladi. Bunda
bir necha maydonni tanlash Shift klavishini bosib turgan holda tanlanilayotgan maydon
nomlaridan chapda joylashgan kvadrat markerlarni sichqoncha ko’rsatkichi va chap tugmasi
yordamida bir marotabadan belgilab chiqish orqali amalga oshiradi.
Har safar jadval tuzilmasi ustidagi ishlarni yakunlab, Konstruktor oynasini yopmoqchi
bo’lganimizda MBBT jadvalini saqlab qo’yish xususidagi so’roqni ekranga chiqaradi. MB
jadvali shu tarzda birinchi bor saqlanayotgan bo’lsa, dastlabki so’roq oynasida tasdiqlovchi
tugma bosilgach, tarkibida “Имя таблицы” nomli maydonchaga ega bo’lgan “Сохранение”
5
sarlavhali yana bir so’roq oynasi paydo bo’ladi. Undagi maydonchaga jadvalga berilajak nom
kiritiladi, keyin Enter klavishi bosiladi.
rasm 3.
Hosil bo’lgan jadval odatdagi usulda, ya’ni uning belgichasi ustiga sichqoncha kursorini olib
kelib, shu holatda sichqonchaning chap tugmasi ketma-ket ikki marotaba deyarli uzluksiz tarzda
bosilishi bilanoq ochiladi. Tuzilgan jadvallarning belgichalari (piktogrammalari) “База данных”
oynasining “Taблицы” nomli elementiga mos panellarga ko’chirishning iloji yo’q (masalan,
“Формы” nomli boshqaruv elementiga mos panelga). Яngi hosil bo’lgan jadval qaydlarga ega
bo’lmaydi. Dastavval unda faqat jadval tuzilmasini tavsiflovchi ustunlarning nomlarigina
bo’ladi. Jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldirish odatdagi tartibda amalga oshiriladi. Bundan matn
kursori kerakli katakchaga sichqoncha kursori orqali yoki kursorni boshqarish klavishlari orqali
o’rnatiladi. Navbatdagi qaydni jadvalga kiritish undan avval turgan qaydning eng oxiriga
katakchasi to’ldirilgandan so’ng bajariladi. Bunda, albatta MB jadvali maydoniga
“объязательное поле” xossasi yuklatilgan bo’lishi kerak.
“O’tish tugmalari paneli”dagi boshqaruv elementlari ko’p sonli qaydlardan iborat jadvallar
bo’ylab xarakterlanishda qo’l keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog’ida
joylashgan.
Jadval qaydlar bilan to’ldirila boshlanganda kuzatish mumkinki, kiritilayotgan
ma’lumotlar katakchalarga har doim ham “sig’avermaydi”. Bunday holda mazkur katakchani o’z
ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash vositasida kengaytirilishi mumkin.
6
Bunda sichqoncha kursori ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o’zgargach ikki xil yul
tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va u qo’yib
yuborilmasdan o’ng yoki chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu harakatga
mos ravishda o’zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha kursorining ustun chegarasi ustida shakli
o’zgarishi bilanoq “ikki marotaba chiqillatish “ qo’llaniladi. Oxirgi aytganimiz
Windowsga xos usul bo’lib, u ko’pgina dasturlarda birday amal qiladi. MB jadvalining o’ziga
xosliklaridan biri, bu unga kiritilayotgan ma’lumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi
xususiyatidir. Shunga qaramay, mabodo jadval maketi o’zgartirilgan bo’lsa, MBBT maskur
o’zgartirishni saqlash borasida Sizning tasdig’ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi
maydonlar sonini, ularning xossalarini, bir so’z bilan aytganda, jadval tuzilmasini o’zgartirish
lozim bo’lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor rejimida ochmoq kerak. Buning uchun “База
данных” oynasining “Taблицы” elementiga mos “ro’yxat”dan mazkur jadvalning belgichasi
(piktogrammasi) tanlangan holda Konструктор tugmasi “bosiladi”. Konструктор yordamida
jadval yaratish tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida jadval
tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog’liq, albatta. Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi
yulga qo’yilgan bo’lsa, ya’ni loyiha puxta o’ylangan bo’lsa, Konструктор loyihaning miqyosi,
kattaligidan qat’iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun etarli hamda qulay bo’lgan jadval
tuzilmasi va maketini yarata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: