Mavzu: Motoo‘qchi (tank) batalonnining tuzilishi, qurol-aslaha va jangovar texnikalari.
Óquv savollari:
1. Motoo‘qchi batalonnining tarkibi va qo‘llanilishi.
2. MO‘B qurol-aslahalarining taktik-texnik tavsifi.
3. MO‘Bnining jangovar texnikalari aslahalarining.
1.Motoo’qchi batalonining tuzilishi.
Qurolli Kuchlaring quruqlik qo‘shinlari eng ko‘p sonli turi bo‘lib, dushman (NKT) zarbalarin qaytarish, umumqo‘shin (mudofaa va hujum) jang turlarida dushman (NKT) guruhlarini yakson qilish, egallangan rayon, ob’ekt va marralarni saqlab qolish kabi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Motoo‘qchi va tank qo‘shinlari quruqlikdagi qo‘shinlarning asosini tashkil etib kuydagi vazifalarni bajaradi:
- muddofaada tayanch punktini saqlab qolish, hujum kilayotgan dushmanga o‘t ochib sezilarli talofatlar etkazish va qarshi hujumga o‘tishga sharoit yaratish.
- hujumda dushman mudofaasini yorib kirish uni tor-mor etib muxim rayon, ob’ekt va marralarni egallash.
Motoo‘qchi bo‘linmalari yuqori jangovar mustaqillik va universallikka ega bo‘lganligi sababli jangovar vazifalarni turli xududiy sharoitlarda, istalgan ob-xavo sharoitida birinchi yoki ikkinchi eshelonda, asosiy yoki ikkinchi darajali yo‘nalishlarda, jangovar razvedka dazorida, zaxirada, ishgol guruhida, o‘t ochish pistirmasida, zirxli guruh tarkibida harakatlanishi mumkin.Motoo‘qchi bo‘linmalari asosiy umumqo‘shin taktik bo‘linma hisoblanadi. Ularga jangovar harakatlarda jangovar vazifani o‘z vaqtida bajarilishi uchun artileriya, aviasiya, tankchi va o‘q otishni qo‘llab-quvvatlash guruhlari hamda muxandis-sapyor, kimyo bo‘linmalari bilan kuchatiriladi. Motoo‘qchi guruhi-motoo‘qchi vzvod tarkibiga kiradi.
Motoo‘qchi guruhining tuzilishi va qurollanishi:
Motoo‘qchi guruhida 2 ta motoo‘qchi seksiyasidan iborat bo‘lib, ularning har birida:
O‘qchi
Granatamyotchi
Granatamyotchiyordamchisi
Pulemyotchi
Mexanikxaydovchi
Nishonga oluvchi operator
Motoo‘qchi seksiya komandiri
Jami bo‘lib motoo‘qchi guruhida 17 kishi mavjud. Motoo‘qchi guruhi taktik bo‘linma bo‘lib jangovar vazifani motoo‘qchi vzvod tarkibida bajaradi.
Jangovar guruxshaxsiy tarkibining taqsimlanishi:
Harbiy xizmatchilarning soni jami 14.
Serjantlar 7ta
Askarlar 7ta.
Motoo‘qchi guruhining qurol-aslaxa va jangovar texnikalari
- BMP-1 (BTR-80) - 1 ta 73 mm pushka, 1 ta 7,62 mm PKT
- 1 ta 14,5mm KPVT, 1 ta 7,62 mm PKT
- 1 ta 7,62 SVD
- 1 ta 40 mm RPG-7
- 1 ta 5,45 mm RPK
- 11 ta 5,45 mm AK-74
2.Motoo’qchi batalonining qurol-aslaxa va jangovar texnikalari.
JANGOVAR GURUX(SEKSIYA) MUDOFAADA
Seksiya pozitsiya, deb ataladigan okopni yoki hududning bir kismini (uchastkani, transheyani) mudofaa kiladi. Pozitsiya front bo‘ylab 80 metrgacha bo‘lgan va egri chizikli yoki uzuk-uzuk ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bunday xolatda seksiya uchun okopning umumiy uzunligi 100—110 metrni tashkil etadi. Okopning to‘gri chizikli kismi fas, deb ataladi. Uning uzunligi 15—20 metrgacha bo‘lishi mumkin kerakki, mudofaadagilarning o‘ti, hujumdagilarnikidan ancha samarali bo‘ladi, buni quyidagicha isbotlash mumkin.Harakatdagi to‘lik komat nishonga 300 m masofada talofat berish uchun 4 ta patron, okopdagi piyodani yo‘k kilish uchun harakatlanib ketayotganda 25 patron otish kerak bo‘ladi. Buvdan ko‘rinib turibdiki, mudofaada turib o‘t ochishning samaradorligi hujumdagidan 4—5 marta ortik.Urushlar va harbiy mojarolar tajribasidan ma’lumki, hujum kilayotgan dushman piyodalarini qaytarish uchun mudofaadagilar front oddi va kanotlarda 1 metrga bir dakikada 3—5 o‘kni otishi kerak, ya’ni o‘t zichligini 3—4 taga etkazishi kerak. Ko‘rsatilgan o‘t zichligi hujumdagi dushman piyodalariga 50% talofat etkazishni ta’minlaydi. Xal kiluvchi yo‘nalishlarda guruh o‘t zichligini 6—8 ta o‘kka chikarilsa, hujumga o‘tgan dushmanni 80—90% talofat ko‘rishi ta’minlanadi. SHunday kilib, mudofaadagi guruh o‘zining biriktirilgan qurollari va PJM (BTR) qurollaridan foydalanib, dushmanning motoo‘qchi rotasi (otryadi, 100—110 kishi) hujumini muvaffakiyatli kaytara oladi.Guruhning mudofaadagi manyovr kilish imkoniyati cheklangan bo‘ladi, chunki asosiy vazifa egallab turgan pozitsiyani ko‘ldan chikarmaslikdan iborat bo‘ladi. Guruhning manyovr kilish ko‘rsatkichlarining ba’zilari 7-jadvalda berilgan.Motoo‘qchi guruhning tayanch punkti — shu guruh kuchlari va kuchaytirish vositalari jangovar tartibda joylashgan erlari, rayoniga aytiladi. Tayanch punktida guruhning o‘t ochish tizimi tuziladi, muxandislik jixatdan jixozlanadi va hujumga o‘tgan dushmanni qaytarishga tayyor bo‘lib turiladi. Guruhning tayanch punkti seksiyalar pozitsiyasidan, piyodalar jangovar mashinasi (BTR)ning o‘t ochish pozitsiyasidan va berilgan o‘t ochish vositalari pozitsiyalaridan tashkil topadi.Motoo‘qchi guruhning butun fronti bo‘ylab yoppa transheya kaziladi, transheyadagi yakka okoplar (juft), piyodalar jangovar mashinasi (BTR), tanklar, o‘t ochish vositalarining okoplari va shaxsiy tarkibni panalaydigan okoplar bir-biri bilan bog‘lanadi.Tayanch punktdan mudofaani ichkarisi tomonga xandak yo‘laklar kovlanadi va yo‘laklar o‘t ochishga mo‘ljallab jixozlanadi.Transheyalar, okoplar va xandak yo‘laklar dushman hujum kilganda to‘gridan, kanotlardan o‘t ochadigan bo‘lishi, o‘t ochish vositalariga va manyovr kilganda ko‘rinmaydigan, yashirin harakatni ta’minlaydigan xamda guruhning mu-dofaasi tuzilishi dushmanlar yanglish xodda tasavvur kiladigan etib jixozlanishi kerak.
Motoo‘qchi guruhni ma’lum bir frontda dushmanga talofat berish va tayanch punktni o‘zida saqlab qolish imkoniyatlardan kelib chikkan xolda guruhning tayanch punkti chukurligi va frontining eni belgilanadi.Xar bir seksiya pozitsiyasining fronti kattaligi mudofaa kilayotgan shaxsiy tarkib soniga, joylar xolatiga va vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Bitta o‘rta kalibrli snaryad (mina) bilan seksiyalarga butunlay talofat etmasligi uchun pozitsiyalar fronti 50 m dan kam bo‘lmasligi kerak, bo‘ysunuvchilarni ovoz bilan boshkarish zarurligidan askarlarni pozitsiyalari oraligi 100 m dan ortmasligi kerak. Guruhda 2 ta seksiya bor, har bir seksiya 80 m dan pozitsiyani mudofaa kiladi, pozitsiyalar o‘rtasidagi oralik masofa 50 m ligini hisobga olsak, guruhning tayanch punkti fronti jami 200 m ni tashkil etadi.Guruh tayanch punktidaga oraliklar 20 m gacha, seksiyalar pozitsiyalar oralik masofasi 50 m gacha bo‘lishi mumkin. Ular doimo kuzatilib, o‘t bilan panalanishi va to‘siklar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. Piyodalar jangovar mashinasi va tanklar, guruhni tayanch punkti fronti va ichkarisi bo‘ylab oralik masofasi 150 m gacha kilib joylashtiriladi. PJM va tanklar joylashgan o‘rnidan tevarak-atrof ko‘rinib turishi, TKBR, to‘p va pulemyotlardan barcha yo‘nalishlarga, eng uzoq masofaga otadigan bo‘lishi kerak. PJM uchun o‘t ochish pozitsiyasi tayinlangavda shuni yodda tutish kerakki, ko‘shni PJMlar oraligi har ikkala mashinaning asosiy o‘t ochish sektorlari doirasida o‘t bilan koplanishi kerak, bir chizikda joylashtirishga yo‘l ko‘yilmaydi. Piyodalar jangovar mashinasi (BTR) seksiya pozitsiyasini markaziga, kanotlariga yoki pozitsiyalardan 50 m ortga joylashtirilishi mumkin. Bronetransportyor pulemyotlaridan kanotlarga va oraliklarga o‘t ochishi qulay bo‘lishi uchun o‘t ochish pozitsiyasini tayanch punktining ichkarisidan egallaydi.Guruh komandirining ko‘mondonlik kuzatuv punktini (KKP) tayanch punktida shunday o‘rnashtirish kerakki, u erdan dushmanlarni kuzatib turish, o‘z bo‘ysunuvchilari va ko‘shnilar harakatlarini kuzatish, tevarak-atrof ko‘rinadigan va guruhni uzluksiz boshkarib turish amalga oshiriladigan bo‘lishi kerak.Guruh tayanch punktining chukurligi (ichkarisi) — PJM (BTR), tanklar, TKBR va boshka o‘t ochish vositalari joylashuvi xamda seksiyani, jangovar texnikalarni zaxira pozitsiyalari joylashuvi hisobidan kelib chikadi. Tayanch punkgaing maqsadga muvofik chukurliga 200 m gacha bo‘ladi.Tayanch sunktni aylana bo‘ilab mudofaa kilish maqsadida piyodalar jangovar mashinasi (BTR), tanklari, TKBR, granatomyotlar uchun kanotlarga va orkaga o‘t ochadigan zaxira o‘t ochish pozitsiyalari tayyorlanadi.Motoo‘qchi guruhga pulemyot, granatomyot va ognemyot seksiyasi yoki raschyoti berilishi mumkin. Guruhga berilgan pulemyot va ognemyot seksiyalari, motoo‘qchi seksiya pozitsiyasiga joylashishi, granatomyot seksiyasi esa pozitsiyalar oraligida yoki guruh tayanch puneti kanotlariga joylashishi mumkin. Motoo‘qchi guruhni radio orkali, signallar bilan, tovush chikarib komandalar berib boshkarish amalga oshiriladi.Boshqaruvni olib borish uchun, Jangovar guruxkomandirining komandirlik-kuzatuv punkti jixozlanadi, KKP guruh jangovar tartibidan ajralib, bilinib turadigan bo‘lmasligi kerak. Guruhda aloka PJM (BTR)-lardagi radiostansiyalar (vzvod komandiri radio tarmogiga kiruvchi) va guruh komandiri bilan seksiya komandirlari alokasini ta’minlaydigan ko‘chma radiostansiyalardan foydalanib tashkil etiladi.Mudofaada signalli aloka vositalari (ko‘rinadigan va eshitiladigan) keng ko‘llaniladi. Eshitiladigan signal vositalariga xushtak, gilzaga temir bilan urish, ko‘rinadigan signal vositalariga — yorituvchi reaktiv patronlar, tutunli ko‘l granatalari, bayrokchalar, fonar va boshkalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |