MAVZU: Morfemika, morfema va uning turlari.
1.Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot
2.Morfema va uning turlari.
3. Morfemik tahlil
REJA:
Tayanch atama va iboralar: morfemika, morfema, o`zak morfema, affiks morfema, so`z yasovchi affiks morfema, unumli affiks morfema, omonim affiks, sinonim affiks, antonim affiks.
Morfemika grammatikaning alohida bir bo`limi bo`lib, so`zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o`zaro munosabatini, turlarini o`rganadi. - Morfemika grammatikaning alohida bir bo`limi bo`lib, so`zlarning morfemik tarkibini, undagi morfemalarning o`zaro munosabatini, turlarini o`rganadi.
- Morfema – so`zning ifoda qilinishi jihatidan tovushdan keyin turadigan semantik–morfologik birlik bo`lib, so`zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema so`zning qayta bo`linmaydigan eng kichik ma’noli qismi sifatida leksik ma’noni ham, grammatik ma’noni ham anglatadi. Masalan, Mehnatkashlarimizning so`zi mehnat-, -kash, -lar, -imiz, -ning qismlaridan tarkib topgan. Bu qismlarning har biri shu tarkibda o`ziga hos ma’lum ma’nosida qatnashgan.
Leksik ma’no anglatish yoki anglatmasligiga ko`ra morfemalar 2 turga bo`linadi: 1. O`zak morfema. 2. Affiksal morfema.
Masalan, uzumzor, mevali, bog`bon, ishchi, ishla, ishdan, borgan, bordi, bolalar so`zlarining uzum, meva, bog`, ish, bor, bola qismlari o`zak morfemalar, -zor, -li, -bon, -chi, -la, -dan, -gan, -di, -lar qismlari affiksal morfema hisoblanadi.
So`z morfemalarini aniqlash uchun ularning hozirgi tilimizda xoh leksik, xoh grammatik ma’no anglata olishi hisobga olinadi. Ajratilmoqchi bo`lgan qism hozirgi tilda ma’no anglatmasa, boshqa so`zlar tarkibida ham kela olmasa, uni morfema deb bo`lmaydi. Shunga ko`ra, ma’noli qismlarning chegarasini turli so`z tarkiblarini qiyoslash asosida aniqlanadi. Masalan, ishchilar so`zining ish+chi+lar kabi morfemalarga ajratishga asos shuki, o`zak deb olingan ish so`zi o`z ma’nosida qatnashgan, keyingi so`zning yasalishi uchun asos bo`lib turibdi, turli so`zlar tarkibida kela oladi: ishga, ishchan, ishli, ishsiz, ishla kabi; -chi, affiksal morfema bo`lib boshqa so`zlar tarkibida ham gulchi, xizmatchi, traktorchi kabi shaxs oti yasab kela oladi; -lar, ham morfema sifatida turli so`zlar tarkibida ko`plik ma’nosini ifodalab kela oladi: kitoblar, bolalar, binolar kabi.
O`zbek tilida morfemalar o`zakka ketma-ket, biri orqasidan ikkinchisi qo`shiladi. So`zni morfemik tarkibga ajratish oxirgi morfemani belgilab olishdan boshlanadi va ketma-ket tarzda o`zak morfemani belgilash bilan tugallanadi.
ko`kko`k+arko`kar+tir
ko`kartir+ishko`kartirish+di
oqoq+laoqla+voqlov+
chi;
tomtom+chitomchi+la
tomchila+t.
O`zak morfema so`zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’noni beruvchi qismdir. O`zak morfema yangi so`z yasalishi uchun ham shakl yasalishi uchun ham asos bo`la oladi. Masalan, mevali, mevasiz, sermeva kabi tarkibli so`zlarda meva so`z yasalishi uchun asos bo`lsa; mevani, mevamiz, mevalar tarkibli so`zlarda meva shakl yasalishi uchun asos bo`ladi.
O`zak morfema so`zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo`lganligi uchun asosiy morfema, affikslar shu o`zak bilan birgalikda, shu orqali qo`llanganligi uchun ergash morfema yoki yordamchi morfema atamalari bilan ham ataladi.
O`zak morfema ifoda etilishiga ko`ra so`zga o`xshaydi, ular ma’no jihatidan o`zaro bog`langan bo`ladi. Lekin o`zakni so`zning tarkibiga kiruvchi morfema sifatida so`z bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Masalan, boshliq, mevazor, ishchi, ishla so`zlaridagi bosh-, meva-, ish o`zak marfemalar alohida olingan bosh, meva, ish so`zlariga aynan teng emas. Garchi ular fonetik jihatdan teng kelsa ham. Buni biz o`zaklarning ma’no doirasi bilan so`zlarning ma’no doiralari teng kelmaganligidan ko`rishimiz mumkin. O`zakning ma’nosi shu so`z tarkibi uchun aniq, cheklangan bo`ladi. Uning ma’nosi shu so`z tarkibi (yasalish tarkibi) doirasida belgilanadi. So`zning ma’nosi esa nutq, gap doirasida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |