Mavzu: Monopolistik raqobat va oligopoliyaning tahlili. Reja: Kirish. Asosiy qism


Raqobat va monopolistik raqobat haqidagi tushunchalar



Download 92,2 Kb.
bet2/6
Sana12.05.2023
Hajmi92,2 Kb.
#937308
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Monopolistik raqobat va oligopoliyaning tahlili. Reja Ki

1. Raqobat va monopolistik raqobat haqidagi tushunchalar.
Raqobat umum ijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar katnashchilari o`rtasidagi yaxshirok yashash sharoiti uchun buladigan kurashni anglatadi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati xayotida iqtisodiy soxadagi raqobat muxim rol o’ynaydi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurashni ifodalovchi iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Bundan tashqari raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni ham anglatadi. Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Raqobatda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovar-pul munosabatlarining maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy joyi bozor hisoblanadi.1
Roqobatga nisbatan O`zbekiston Respublikasida ham qator qonunlar qabul qilingan. Bu haqda Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida bir necha bor “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur” – deb, - “Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi” – degan g`oyani olg`a surgan edilar.2
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15-martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992 yil 3 avg.) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26-aprel) qonuniga asosan, gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27-dekabr) qonunida ham sogʻlom raqobat muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.3

Raqobat turlari




1. Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko`pchilikdan iborat sotuvchilar va haridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonunqoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boriladigan raqobat.

2. Nomukammal raqobat – bu monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma-xil usullar bilan yuz beradigan raqobat.





Erkin raqobatda xaridorlar ham sotuvchilar ham ko'pchilik bo'lib, erkin faoliyat yuritadilar. Sotuvchilar ham, xaridorlar ham bir turdagi tovarlar uchun kurashadilar. 

1. Monopolistik raqobatda ko`p sonli, lekin uncha yirik bo'lmagan, aynan bir xil bo'lsada o'xshash tovarlarni taklif qiladigan firmalar raqobatlashadilar.

2. Oligopolistik raqobatida ozchilik lekin yirik firmalar qatnashadilar va ular muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'z qullarida ushlab turadilar. 

3. Sof monopolistik raqobatida ishlab chiqarish va tovar taklifini yagona, ya'ni hech bir raqibi yo'q kompaniya qo'lida bo'lishini bildiradi.

Monopoliya – bu bir yoki bir nechta turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishni nazorat qiluvchi yirik kapitalistik korxona; bu bozorda raqobat bo'lmagan va bitta firma faoliyat yuritadigan shunday tuzilma.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda «Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz», — deb ta’kidladilar. Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi. Prezident O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. «Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bo‘la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan o‘zlari olib ketishadi», — dedi prezidentimiz o`z ma’ruzalarida.4
Yig‘ilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, monopol tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi» tasdiqlash vazifasi belgilandi. «Dunyo tajribasini o‘rganib, o‘z yo‘limizni topishimiz zarur. Monopoliyadan chiqarish, raqobatni ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yakdil yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat ishtirokidagi korxonalarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplayens bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korxonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etib, o‘quv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yo‘nalish bo‘yicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yo‘nalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘tgan yilda iste’molchilardan tushgan 11 mingdan ortiq shikoyatlarning 50 foizi kommunal va transport, 25 foizi savdo, qolgan 25 foizi aloqa, moliyaviy xizmatlar va boshqa sohalarga oid bo‘lgan. Bunga asosiy sabab — monopol korxonalar o‘z manfaatiga moslab hujjatlar ishlab chiqqan bo‘lib, ularda iste’molchilar manfaati to‘liq inobatga olinmagan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.5
Yig‘ilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Qo‘mitani iste’molchilarning manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri himoya qiladigan xalq vakillik organi — Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.
Monopol hokimiyati bor firmalar foydani maksimumlashtirish maqsadida, narx va ishlab chiqarish hajmini qanday qilib belgilaydi. Shuningdek, Monopol hokimiyat sohibi bo`lish uchun firmalar sof Monopolistlar bo`lishi shart emasligini ham ko`rib chiqdik. Ko`pchilik sanoat tarmoqlarida bir necha firmalar raqo batlashadilar, ulardan har biri hech bo`lmaganda bir oz Monopol hokimiyatga ega bo`ladi, ya’ni narx darajasini nazorat qiladi va chegarali harajatlardan yuqori bo`lgan narxni o`rnatadi.
Bir qarashda, kitob bozori mukammal raqobatlashgan ko`rinadi. Kitob do`konidagi javonlarga qarasangiz, ko`plab mualliflar va ko`plab nashriyotlarning sizning e’tiboringizni tortish uchun raqobatlashayotganini korasiz. Xaridor minglab raqobatlashayotgan adabiyotlardan tanlab olisi mumkin. Bu tarmoqga har kim kirib kela olishi mumkinligi tufayli, kitobni yozgan va chop ettira olgan individ kitob biznesi bilan shug`ullanishi mumkin, ammo bu uncha foydali emas. Har bir yuqori daromad oladigan yozuvchi uchun yuzlab raqobatchilar to`gri keladi.
Boshqa bir tomondan, kitob bozori aniq monopollashgan. Har bir kitob ajoyib bo`lib, chop etuvchilar narx qo`yishga erkinlikka egadirlar. Sotuvchilar bu bozorda uni qabul qilmasdan turib tezroq narx belgilaydilar. Haqiqatdan ham kitoblar narxi chekli harajatlardan sezilarli darajada baland. Qalin, oddiy asar narxi, masalan, 30000 so`m atrofiga, shu vaqtning o`zida qo`shimcha kitobni nusxasini chop etish qiymati 10000 so`m atrofida.
Asarlar uchun bozor na raqobatbardosh, na Monopoliya modeliga to`g`ri keladi. Aksincha, u monopolistik raqobat modeli orqali tasvirlanib, bu bo`limning mavzusidir. Biroq keyinchalik biz ko`ramizki, u Monopolistik raqobatdoshdir. Korxonalar ba’zi hollarda Monopolistik, boshqa horllarda esa raqobatdosh bo`ladi. Model nafaqat nashriyot korhonalari munosabatini, balki boshqa tovar va xismatlar bozorini ham tasvirlaydi. Monopolistik raqobat uchun misollar ko`p. Tish pastasi, kir yuvish poroshogi, alkogolsiz ichimliklar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol qilib ko`rsatsa bo`ladi.
Sof (mutlaq) monopoliya
Sof monopol bozor – bozorda yagona mahsulot sotuvchisi borligi bilan tavsiflanadi.
Mutlaq yoki sof monopoliya – bu mukammal raqobatning mutlaqo teskarisidir. Monopoliya – bu bitta sotuvchi uchun raqobat yo'q bozordir. Monopolist barcha narsalarga ega bozor kuchi: narxlarni belgilaydi va nazorat qiladi, bozorga qancha taklif qilishni hal qiladi. Monopoliya sharoitida sanoat asosan bitta firma tomonidan namoyish etiladi. Bozorga kirish uchun to'siqlar (sun'iy va tabiiy) deyarli bartaraf etilmaydi.
Sof monopoliya, ayniqsa milliy miqyosda, juda kam uchraydigan hodisa. Bunga kichik aholi punktlari (qishloqlar, shaharchalar, kichik shaharlar), bu erda bitta do'kon, bitta jamoat transporti egasi, bitta temir yo'l, bitta aeroport. Yoki tabiiy monopoliya.
Monopoliyaning maxsus navlari yoki turlari:
• Tabiiy monopoliya – sanoatdagi mahsulot bir firma tomonidan ishlab chiqarishda ko'plab firmalar shug'ullanganiga qaraganda arzonroq narxda ishlab chiqarilishi mumkin (masalan: kommunal xizmatlar);
• Monopsoniya – bozordagi yagona xaridor (talab tomonidagi monopoliya);
• Ikki tomonlama monopoliya – bitta sotuvchi, bitta xaridor;
• Ikkilamchi monopoliya – sohada ikkita mustaqil sotuvchi mavjud.
Monopoliyalar paydo bo'lishining sabablari:
1. Qabul qilish istagi monopolistik foyda – iste'molchining alternativadan mahrum bo'lishi natijasida mumkin bo'lgan o'rtacha qiymatdan yuqori foyda;
2. Yuqori nisbat doimiy xarajatlarbiznesni yaratish uchun bir martalik katta sarmoyalarni talab qiladigan va raqobat sharoitida o'z samarasini bermaydigan;
3. Biznesni yuritishdagi huquqiy to’siqlar (litsenziyalash, sertifikatlash);
4. Tashqi iqtisodiy siyosat. Mahalliy sub'ektlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida bozorni chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan. Bunga quyidagilar kiradi: (chet el tovarlariga soliq solish, importni cheklash yoki taqiqlash).
5. Firmalarning sotib olinishi va birlashishi (kattaroq firma bozordagi raqobatni yo'q qilib, kichikroq firma sotib olganda)6.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxona yoki firmadan iborat bo‘lganligi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifhing umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliya - monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar) ning birlashmalari.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarish- ning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqa- rish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ish- lab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalaming o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining ken- gayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallaming ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisob- lanadi.


Download 92,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish