Foiz stavkasi - qarz oluvchining undan ma'lum bir muddat (oy, chorak, yil) davomida foydalanganligi uchun to'laydigan kredit miqdoridan foiz sifatida ko'rsatilgan miqdor.
Pul nazariyasi nuqtai nazaridan foiz stavkasi bu qiymat ombori sifatida pul narxidir.
Foiz daromadi - turli shakllarda (ssudalar, kreditlar) qarzdorlik kapitalini taqdim etishdan olinadigan daromad yoki bu qimmatli qog'ozlarga investitsiyalardan tushadigan daromad.
Bank foiz stavkasi - bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori; qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kredit turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bogʻliq. Tijorat va davlat banklari Markaziy (milliy) bank boshchiligida kreditlar uchun belgilaydigan Bank foiz stavkasi miqdori foiz stavkalarning butun bir tizimini tashkil etadi. Davlat shu tizimga investitsiyalar darajasi va pul muomalasini tartibga soladigan yoʻnalishda taʼsir koʻrsatadi, yaʼni qulay iqtisodiy konʼyunkturani yaratadi. Bank foiz stavkasi qarzning qaysi tarzda va qanday berilishiga ham bogʻliq. Uzoq muddatli qarzning Bank foiz stavkasi past, qisqa muddatlisiniki yuqori boʻladi. Qarz yordam tarzida berilganda ham Bank foiz stavkasi imtiyozli boʻladi. Agar korxona va tashkilotlarni oʻz qoʻlidagi mablagʻni yaxshi ishlatishga undash zarur boʻlsa, Bank foiz stavkasi oshiriladi. Bank foiz stavkasi ning minimal va maksimal darajasi bor. Minimal darajadagi Bank foiz stavkasi bankning harajatlarini qoplab, zarar koʻrmasligini taʼminlashi kerak, maksimali esa bankka el qatori foyda koʻrishni taʼminlashi lozim. Bank omonat (depozit)lar uchun toʻlaydigan foiz stavkalari ssudadan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalaridan past boʻladi, bu esa banklarning foyda olib ishlashini taʼminlaydi
So'nggi ikki asr davomida asosiy foiz stavkalari milliy hukumatlar yoki markaziy banklar tomonidan belgilanadi. Masalan, 1954-2008 yillarda AQSh Federal zaxira jamg'armasi stavkasi 0,25% dan 19% gacha bo'lgan, Angliya bankining bazaviy stavkalari esa 1989-2009 yillarda 0,5% dan 15% gacha bo'lgan va Germaniyada asosiy stavkalarning tarqalishi 1920-yillarda 90% dan 2000-yillarda taxminan 2% gacha bo'lgan .2007 yilda giperinflyatsion spiralni qaytarish maqsadida Zimbabve zaxira banki qarz olish stavkalarini 800% ga oshirdi
-Foiz stavkalarining bir necha turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |