O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ro’yxatga olindi:
№ BD-5140400-3.05
2008 yil «23» avgust
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
2018 yil «23» avgustdagi «263»-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
|
fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 140000 – O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani
Ta’lim yo’nalishi: 5140400 – Biologiya
Toshkent – 2018
Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning
2018 yil «20» avgustdagi «4»-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Fanning o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqilgan.
To`zuvchilar:
Dadayev Saydulla - Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi
professori, biologiya fanlari doktori.
Mavlonov Ochil – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi
professori, biologiya fanlari doktori.
Toshmanov Nizom – Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasi katta o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
Qodirov E. Q. - O’zbekiston milliy universitetining
zoologiya kafedrasi mudiri, professor,
biologiya fanlari doktori.
Sharipova D. J. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika
universiteti professori, pedagogika fanlari
doktori.
Fanning o’quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy-metodik birlashmasida tavsiya qilingan (2018 yil «4» avgustdagi 2-sonli majlis bayonnomasi).
Kirish
Ushbu dastur ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida hayvonlarning to`zilishi, ko’payishi, rivojlanishi va hayot kechirishi, Yer yo`zida tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati kabi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dasturning ikkinchi qismi gistologiya – hayvonlarning embrional taraqqiyoti, to’qima va organlarini o’rganishga bag’ishlangan.
Zoologiya va gistologiya fanlarini o’qitishdan maqsad hayvonlarning to`zilishi, ko’payishi kelib chiqishi va amaliy ahamiyatini tuchuntirish orqali talabalarning tirik mavjudolarga nisbatan ilmiy dunyoharashini shakllantirish, ularning tabiatga va hayvonot olamiga mehr-muhabbat his – tuyg’usini rivojlantirishdan iborat.
Zoologiya va gistologiya fanlarining vazifasi talabalarga hayvonlar hujayrasi, to’qimalari, organlari va organizmi to`zilishi hamda funksiyasi, hayvonlarning ko’payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish; ularning tabiatda hayvonlarni ko`zatish, asosiy sistematik guruhlar va turlarni aniqlay bilish malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |