Referat
Mavzu: Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi
Bajardi: Oqbo’tayev J
Tekshirdi: Sultonov Sh
1.Kirish
2.Asosiy qism:
a) Risk
b) Risklarning tasniflanishi
d) Moliyaviy risklar
3. Xulosa.
Insoniyat paydo bo’lganidan buyon turli zaruriy mahsulotlarga ehtiyoj sezib keladi. Bu ehtiyojlarni hammasini bir o’zi qondirishning iloji bo’lmaganligi sabali o’zida yo’q mahsulotni shu mahsulotga egalik qiluvchi bilan kelishgan holda qo’lga kiritib keladi. Bu dastlab mahsulot ayriboshlash tarzida amalga oshirilgan bo’lsa keyinchalik esa pul ixtiro qilinib hamma vositalar uchun ayriboshlash vositasi sifatida amal qilib kelmoqda. Bu jamiyatda moliyaning rivojlanishiga olib keldi. Avval faqatmahsulotlar ayriboshlangan bo’lsa keyinchalik rivojlanish natijasida moliya sohasi o’ta keng sohaga aylanib bordi. Bugungi kunga lekib moliya sohasi dunyo iqtisodiyotining ajralmas va o’ta katta ta’sirga ega sohasi ekanligini hech kim inkor qilmaydi. Ko’pchilik sohalarda bo’lgani kabi bu sohada ham turli xil xavflar mavjud va bu xavflar moliya sohasiga ta’sir qilishi boshqa ko’plab sohalarga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shu sabadan risklarni o’rganish ularning ta’sirini iloji boricha kamytirish juda muhim.
Risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun 7 hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qaramaqarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi.
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin:
1) Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar;
2) muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar;
3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng bo`lgan zarar yoki foyda ko`rish mumkin;
4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi: - tizimli risklar; - tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra ko`pchilik emitent va qimmatli qog`ozlar egalari zarar ko`rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning qimmatli qog`ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog`ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:
1) loyiha ishtirokchilari riski;
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski;
3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski;
4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski;
5) konstruktsion va texnik risklar;
6) ishlab chiqarish riski;
7) boshqaruv riski;
8) sotish riski;
9) moliyaviy risk;
10) mamlakat riski;
11) ma`muriy risk;
12) huquqiy risk;
13) fors-major riski.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b)valyuta riski; c)foiz stavkasini o`zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi.
Foiz stavkasining o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada qo`llanilganda ro`y beradi.
Xulosa qiladigan bo’lsak moliya sohasida risklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bu juda muhim masala. Chunki agar bu o’rganilmasa va e’tibor berilmasa hozirgi raqobatdosh bozorda yashab qolishning imkoni yo’q. iqtisodiyotning rivojlanishi uchun moliya tizimi zarur bo’lsa moliya tizimi rivojlanishi uchun risk menejerlari juda ham zarur. Bugungi kunda yurtimizda bu sohaga talab juda kuchliligini ko’rishimiz mumkin. Mening fikrimcha yurtimizda bu sohani biladiga kadrlar juda kam. Kuchli mutaxasislarning kamligi sohada katta loyihalarni amalga oshirishga eng katta to’siq bo’luvchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |