Mavzu: moliyaviy nazorat jalilov shaxzod


Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari



Download 6,26 Mb.
bet3/4
Sana10.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#651966
1   2   3   4
Bog'liq
Moliyaviy nazorat

Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari. Jamiyatdagi iqtisodiy hayotning turli xil sohalarida va xo‘jalik boshqaruvidagi ko‘p qirrali murakkab vazifalarni hal qilishda moliyaviy nazorat faol ishtirok etadi, shunga binoan uni tashkil etish uchun ma’lum bir talablarni aniqlashni taqozo etadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlar o‘z mavqeidan kelib chiqib quyidagicha farqlanada:
  • davlat moliya nazorati
  • korxona ichidagi moliya nazorati
  • jamoat moliya nazorati
  • mustaqil (auditorlik) moliya nazorati.


Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik subyektlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidaga maxsus nazorat-taftish organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan iborat bo‘ladi. Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo‘limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa, alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial, shaxobcha, bo‘lim)lar hisoblanadi. Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi oldida turgan muayyan vazifalar nazarda tutiladi.
MOLIYAVIY NAZORAT USULLARI
Moliyaviy nazorat uslubiy usullarining quyidagi tasnifini tavsiya etamiz:
  • umumuslubiy usullar: taftish, audit, tahlil, mavzuli tekshirish, tadqiq qilish, pirovard natijani dasturiy baholash;
  • hujjatlar asosidagi nazorat usullari: rasmiy va arifmetik tekshirish, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil tekshirish, teskari hisob usuli, balans-uyg‘unligini tekshirish, qiyoslash, hisobotlarning sanoq bahosi;
  • faktlar bo‘yicha nazorat usullari: ro‘yxatga olish, ekspertiza, ko‘z bilan kuzatish, nazorat o‘lchovi, nazorat tariqasida ishga tushirish, vaqtni aniq o‘lchash, ish kuni taqsimlanishini o‘rganish, laboratoriya tahlili.

Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar singari xilma-xil usullarni qo‘shib foydalanish orqali erishiladi. Tekshirish jarayonida jalb qilinadigan axborot manbalarining to‘g‘riligini aniqlash, xo‘jalik subyektining murakkab vaziyatlardagi yoki noaniqlik sharoitidagi xatti-harakatlarining izchilligini oydinlashtirish, faktik materialni tahlil qilish va umumlashtirish bularning bari nazoratning turli-tuman usullaridan foydalanishni taqozo etadi.
Hujjatlar, faktlar asosidagi yoki kompyuter yordamidagi uslubiy usullarni tahlil qilinayotgan ma’lumotlar manbalariga ko‘ra aniqlash mumkin. Hujjatlar asosidagi nazorat uchun, xususan, dastlabki hujjatlar; buxgalteriya hisobi registrlari; buxgalteriya, statistika va operativ-texnik hisobotlar; rejali, me’yoriy, texnologik, loyixa-konstruktorlik ko‘rinishidagi boshqa hujjatlar axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Faktik nazorat tekshirilayotgan obyektlarning haqiqiy holatini natura holida ko‘zdan kechirish (qayta hisoblash, vaznini o‘lchash, o‘lchash, ekspertiza qilish, laboratoriya tahlili va boshqalar) ma’lumotlari bo‘yicha o‘rganishdan iborat.
Hujjatlarning mukammalligi va dastlabki hujjatlar va hisob qaydlarining shubxasiz asosliligi zarurat tug‘ilganda maxsus faktik nazorat uslublari yordamida aniqlanadi. Faqat hujjatlar orqali nazorat qilish uslublariga asoslangan taftish obyektning butun moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘rganmay, buxgalteriya hujjatlari va hisob registrlarini tekshirishdangina iborat bo‘lib qolardi.
Hujjatlar asosidagi va faktik nazorat bir-birini to‘ldiradi, ularning alohida qo‘llanilishi amalda g‘oyat kam uchraydi. Hujjatlar asosidagi va faktik nazorat uslublarga bo‘linishining shartli ekanligini faktik ma’lumotlarni hisob ma’lumotlariga qiyoslash bilan yakunlanuvchi ro‘yxatga olish uslubida kuzatish mumkin.

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish