Nazorat savollari
1. Asosiy faoliyat foydasi qanday aniqlanadi?
2. Buxgalteriya foydasi bilan soliq foydasining farqi nimada?
3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat?
4. M a’muriy-boshqaruv sarflarini hisobga olish qanday amalga
oshiriladi?
5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflami hisobga olish qanday amalga
oshiriladi?
6. Daromadlami tan olish va ulaming tarkibi nimalardan iborat?
7. Moliyaviy natija deganda nimani tushunasiz?
8. Moliyaviy natijalaming shakllanishi va taqsimlanishi tartibi haqida
nimalami bilasiz?
9. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi qanday
tashkil qilinadi?
10. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining
xususiyatlari nimalarda o ‘z ifodasini topadi?
11. Davr xarajatlari hisobini tashkil qilishning dolzarbligi nimada?
12. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar tarkibiga nimalar
kiradi?
13. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobining xususiyatlari
nimalarda aks etadi?
14. Favqulodda foyda va zararlar tarkibi nimalardan tashkil topgan?
15. Yakuniy moliyaviy natija hisobini yuritish qanday tashkil qilinadi?
Misollar:
№1
-misol.
Aksiyadorlik jamiyati (AJ) 2019 yil 1 iyulda ta’sis hujjatlaridasummasi 4 000
000
000
so‘m
bo‘lgan
ustav
kapitali
qiymati
ro‘yxatga
olingan.Aksiyadorlikjamiyatiningta’sischilarisifatidato‘rttaaksiyadore’tirof
e
tildi. Kompaniya ta’sischilari o‘zaro yozma bitim tuzdilar, unda jamiyatni tashkil etish
bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi,ta’sischilar o‘rtasida joylashtirilishi
lozim bo‘lgan aksiyalar toifalari va turlari, ularni hajmi va to‘lash tartibi, ta’sischilarning
jamiyatni tuzish bo‘yicha huquq va majburiyatlari belgilandi. Har bir aksiyadorulushi
jamiyatning ustav kapitalida to‘rtdan bir qismini tashkil etdi.
Jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan ustav kapitali uchun 40 000 dona nominal qiymati 5 000 so‘m
bo‘lgan imtiyozli aksiya va 760 000 dona qiymati 5 000 so‘mlik oddiy aksiyalar chiqardi.
2019 yil 15 iyulda ta’sischilarning aksiyadorlik jamiyatiga bo‘lgan qarzining bir qismi
to‘landi. Aksiyadorlar tomonidan quyidagi aktivlar kiritildi:
-
1 200 000 000 so‘m summada asosiy vositalar;
-
1 000 000 000 so‘m summada tovar moddiy zahiralar;
-
kassaga 6 000 000 so‘m miqdorida naqd pul;
-
hisob-kitob hisobvarag‘iga 1 194 000 000 so‘m miqdorida pul mablag‘lari qabul qilindi.
Shunday qilib, ta’sischilar tomonidan mavjud qarzlarini qoplash uchun aktivlarni
shakllantirish bo‘yicha umumiy qiymati 3 400 000 000 so‘mlik moddiyboyliklar qabul
qilindi.
Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:
№
Xo‘jalik operatsiyalari mazmuni
Summa, so‘m
Hisobvaraqlar
bog‘lamasi
Debet Kredit
1
Jamiyatning ustav kapitali (UK) e’lon qilindi
4 000 000 000 4610 8310
2
Ta’sischilar tomonidan ulush sifatida berilgan
asosiy vositalar muassislar tomonidan kelishilgan
qiymat bo‘yicha boshlang‘ich qiymat bilan
hisobga qabul qilindii
1 200 000 000
0100
4610
3
Ta’sischilar
tomonidan
berilgan
moddiy
zahiralarning haqiqiy tannarx bo‘yicha hisobga
qabul qilindi
1 000 000 000
1000
4610
4
Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga berilgan
naqd pullar kassaga qabul qilindi
6 000000
5010
4610
5
Ta’sischilar tomonidan ulush hisobiga o‘tkazilgan
pul
mablag‘larihisob-kitob
hisobvarag‘iga
qabul qilindi
1 194 000 000
5110
4610
2019 yilning III choragi bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari asosida aksiyadorlik
jamiyati 440 000 000 so‘mlik sof foyda qayd etdi. Dividendlarni to‘lash uchun sof foydaning
50% ini, ya’ni 220 000 000 so‘mni, ajratishga qaror qilindi.
Birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Har bir imtiyozli
aksiyaga belgilangan 1 000 so‘mlik dividend to‘lash ko‘zda tutilgan.
Shunday qilib, aksiyadorlik jamiyat imtiyozli aksiyalariga 40 000 000
so‘m (40 000 dona imtiyozli aksiyalar * 1 000 so‘m) ajratadi va 180 000 000
so‘m (220 000 000 so‘m – 40 000 000 so‘m) oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash
uchun ajratadi.
Lekin shu bilan birga dividendlar barcha oddiy aksiyalargaemas, balki faqat uning to‘langan
qismi bo‘yicha to‘lanadi. Bizning misolimizda ta’sischilar o‘z qarzini to‘la to‘lamaganini
ko‘ramiz: ustav kapitali 4 000 000 000 so‘m miqdorida e’lon qilingan edi va faqat 3 400
000 000 so‘m miqdorida to‘langan.
Shunday qilib, shakllangan ustav kapitali miqdori 3 400 000 000 so‘m, 600 000 000 so‘m
to‘lanmagan kapital miqdoriga teng va shuning uchun ularning miqdori bo‘yicha dividendlar
to‘lanmaydi.
To‘lanmagan ustav kapitali summasini bilib, to‘lanmagan aksiyalar sonini aniqlaymiz: 120
000 ta oddiy aksiyalar (600 000 000 so‘m /5 000 so‘m). Binobarin, to‘langanaksiyalar soni
640 000 ta oddiy (to‘langan) aksiya (760 000 ta oddiy aksiya – 120 000 ta oddiy
(to‘lanmagan) aksiya) teng bo‘ladi.
Bitta oddiy aksiyaga dividendlar summasi281,25so‘mga (180 000 000 so‘m /640 000 oddiy
(to‘langan) aksiyalar) to‘g‘ri keladi.
Buxgalteriya hisobida bu operatsiyalar quyidagicha aks ettiriladi:
№
Xo‘jalik operatsiyalari mazmuni
Summa,
so‘m
Hisobvaraqlar
bog‘lamasi
Debet Kredit
1
Jamiyat ta’sischilariga ularni imtiyozli va oddiy
aksiyalariga mos ravishda
40 000 000 so‘m
va
180 000 000 so‘m dividendlar hisoblandi
220 000 000
8710
6610
2
Dividendlar bo‘yicha daromad solig‘i hisoblandi,
5% (2020 yil)
11 000 000 6610 6410
3
Ta’sischilarga
aksiyadorlik jamiyati
kassasidan dividendlar to‘landi
209 000 000 6610 5010
Do'stlaringiz bilan baham: |