Bog'liq Sardor okaMoliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanishni
Moliyaviy hisobotlarda koeffitsentlardan foydalanish samaradorligi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zaruriy axborotlar albatta moliyaviy menedjment uchun tegishli axborotlar manbalarining sifati, ko‘rsatkichlari va ehtimolliligiga bevosita bog‘liqdir. Bunda birinchi navbatda korxonalarning ichki moliyaviy holatini o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlar asosiy rol uynaydi. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy menedjment uchun boshqaruv, moliyaviy, investitsion qarorlar qabul qilishdagi eng muhim moliyaviy axborotlar manbai rolini uynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalardagi mavjud moliyaviy hisobotlar tizimi asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-balans;
-moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
-asosiy vositalarning harakati tug‘risidagi hisobot;
-budjetga tulanmalar to‘g‘risidagi hisobotlar,
-pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
-xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
-debitorlik va kreditorlik to‘g‘risidagi hisobotlar.
Turli mamlakatlarda hisobotlarni shakllantirishga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, birok hisobot tizimining asosiy shakllari sifatida balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotlar to‘ziladi. Hisobotning qolgan shakllarining balans va moliyaviy natijalar turisidagi hisobot shakllari xosilasi sifatida to‘ziladi. Umuman hisobot tizimi elementlarining detallashtirilishi subyektlar iqtisodiy faoliyatining natijalarini moliyaviy aks ettirilishini osonlashtiradi va undan foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar tugdirishi mumkin.
Moliyaviy menedjment axborotlarining asosiy manbai korxonalarning buxgalterlik balansi hisoblanadi.
Balans subyektlarning ma’lum muddatlarga moliyaviy holatini tavsiflab, bir tomondan yagona pulli baholanishlarda subyektlarning resurslarini tarkibini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini ikkinchi tomondanularni moliyalashtirish manbalarini aks ettiradi. Subyektlar balansi uning aktiv va passiv tomonlari muvozanatini ta’minlaydi. Balansdagi o‘zgarishlar aktivlar va passivlarning tarkibi yoki aktivlar va passivlarning o‘zaro to‘g‘ri mutonosib ravishdagi kamayishi yoki ko‘payishi muvozanatini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek balansdagi o‘zgarishlar aktiv bo‘limlari tarkibining o‘zgarishlari va passiv bo‘limlarining tarkibini o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi.
Subyekt aktivlari uning faoliyat davri mobaynida qabul qilingan investitsion qarorlarini o‘zida aks ettiradi. Aktivlar uzoq muddatli aktivlar va qisqa muddatli aktivlarga bo‘linadi.
Aksariyat xollarda uzoq muddatli aktivlarni asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanmadan tashkari aktivlar deb nomlanadi. Uzoq muddatli aktivlar-bu xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun jalb qilingan va yil mobaynida sotish uchun mulljallanmagan, bir hisobot davri mobaynidan ko‘p vaqt foydalaniladigan mablag‘lardir.
+isqa muddatli aktivlar esa aksariyat xollarda aylanma mablag‘lar deb nomlanib bunday mablag‘lar bir hisobot davri mobaynida foydalaniladigan, sotiladigan va iste’mol qilinadigan mablag‘lardir.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibi quyidagi guruhlarga ajratatiladi:
-pul mablag‘lari;
-qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar;
-debitorlik qarzlari;
-moddiy-ishlab chiqarish zahiralari.
Aylanma aktivlarning eng likvidli qismi-pul mablag‘lari hisoblanadi. Bularga kassadagi va bankdagi pul mablag‘lari, valyuta mablag‘lari kiradi.
Balansning debitorlik qarzlari bo‘limi subyekt ishlab chikargan mahsulotlarini yuklab junatgan ammo xali puli kelib tushmagan aktivlar hisoblanadi.
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari: odatdagi ishbilarmon sikli davomida sotish, subyektning ichidagi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, sotilgan mahsulotni keyinchalik qayta ishlab chiqarishga mulljallangan moddiy aktivlar hisoblanadi
Uzoq muddatli aktivlarning asosiy turlaridan biri asosiy vositalar bulib, ular material shakldagi uzoq muddat foydalanishdagi mablag‘lardir. Mablag‘larning bu kategoriyasiga binolar, inshootlar, mashina va jixozlar kiritiladi.
Keyingi asosiy turlaridan biri nomoddiy aktivlar hisoblanadi bunday mablag‘lar jismona ushlab bo‘lmaydigan ammo subyektga kelgusida daromad keltiradigan aktivlar hisoblanadi.bunday aktivlarga patentlar, tovar belgilari, savdo markalari, avtorlik huquqi va boshqalar kiritiladi.
Balansning passiv tomonida subyektni moliyalashtirish manbalarini tanlash bo‘yicha qarorlari o‘z aksini topgan. Moliyaviy menedjment maqsadlari uchun passivlarning quyidagi moddalarini guruhlarga ajratishimiz mumkin:
-qisqa muddatli majburiyatlar;
-o‘zoq muddatli majburiyatlar;
-xususiy kapital.
+isqa muddatli majburiyatlar aylanma aktivlar bilan koplanadigan yoki yangi qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga qaytariladigan subyektning majburiyatlari hisoblanadi.
Uzoq muddatli aktivlar-bir yildan uzoq muddatdan sung qaytarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlarning asosiy turlari sifatida uzoq muddatli qarzlar va kreditlar kiritiladi.
Passivlarning keyingi ko‘rsatkichi, xususiy kapital bo‘lib agar subyekt aksiyadorlik jamiyati hisoblansa, aksiyadorlik kapitali deb yuritiladi. Moliyaviy menedjment uchun mazkur guruh moddalarini quyilma qilingan kapital va jamgarilgan kapital turlariga ajratish muhimdir.
quyilma qilingan kapital- mulkdorlar tomonidan investitsiya qilingan kapitaldir.
Jamg‘arilgan kapital-subyekt faoliyati natijasida soliqlar va dividentlar tulangandan sung qoladigan moliyaviy resursdir. Bu moddaga taqsimlanmagan foyda, jamg‘arish fondi, hisobot davrining sof foydasi kiritiladi.
Hisobot davri mobaynidagi moliyaviy natijalar ma’lum darajada korxonaning «moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobot»da(2-shakl) o‘z aksini topadi. Moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotda mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum asosiy moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum mahsulotni sotishdan olingan tushumdan egri soliqlar va bojxona bojlari chiqarib tashlangandan sungi moliyaviy natijadir.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda-sof tushumdan tannax tarkibiga kiruvchi xarajatlarni chegirishdan qolgan moliyaviy natijadir. Bu ko‘rsatkich korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda (zararlar)- sotisholingan yalpi daromad summasidan davr xarajatlari chegiriladi va boshqa muomalaviyfaoliyatdan olingan daromadlar yig‘indisi hisoblanadi.
Soliqqa tortilguncha bo‘lgan foyda- asosiy faoliyatdan olingan foydadan moliyaviy faoliyat va favqulodda vujudga keluvchi holatlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning farqlari qushilishi va chegirilishi natijasida aniqlanadi.
Sof foyda-soliqqa tortilgancha bo‘lgan foydadan foydadan undiriladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni chegirib tashlangandan sung koladigan moliyaviy natija hisoblanadi. Bu moliyaviy natija sof ishlab chiqarishning moliyaviy natijasi hisoblanadi va undan divident tulanadi. Divident tulangandan sung qolgan foyda taqsimlanmagan foyda hisoblanadi va balansning 1 bo‘limida o‘z aksini topadi.
«Xarajatlarning tarkibi tug‘risidagi nizom»ning qabul qilinishi moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotda alohida o‘z aksini topdi. Moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobotning oxirgi moddasi taksimlanmagan foydani hisoblash uchun asos hisoblanuvchi sof foyda ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Moliyaviy menedjment uchun nafaqat moliyaviy natijalarni bilish zarur, balki hisobot dvri mobaynida pul mablag‘larining harakatlarini va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash zarur. Pul mablag‘larining harakatlari tug‘risidagi hisobot ma’lumotlari moliyaviy menedjer uchun muhim axborotlar manbai hisoblanadi. Chunki, subyektdagi investitsion, moliyaviy ishlab chiqarish, muomalaviy faoliyatlar jarayonlarida pul oqimlarining dinamikasini aniqlashdagi asosiy moliyaviy axborotlar aynan pul mablag‘larining harakati tug‘risidagi hisobotdan olinadi.
Moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari asosida moliyaviy qaror qabul qilish uchun zaruriy ma’lumotlar tahlil qilinadi va mazkur tahlil natijalariga asoslangan holda boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish deganda subyektlarning hisobotidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashtirish tushuniladi. Moliyaviy baholashning mazkur usuli natijalari bo‘yicha manfaatdor shaxslar va tashqilotlarning subyekt moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining joriy natijalarini baholash asosida qarorlar qabul qilinadi.
Tahlilning asosiy usullaridan biri balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi xisobotlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hisobotlarni o‘qish va absolyut miqdorlarni o‘rganish hisoblanadli. Hisobotlarni o‘kish subyektning jalb qilingan mablag‘larining asosiy manbalari tug‘risidagi xulosalar qilish, ularni quyilmalar qilish yo‘nalishlari tug‘risidagi axborotlar olish, pul mablag‘larini olish manbalari tug‘risida ma’lumotlar olish, subyektning tashkiliy strukturasi va uning faoliyat yo‘nalishlari, dividend siyosati va boshqalar to‘g‘risida axborotlarga ega bo‘linadi. Biroq, bu axborotlar, o‘zining ahamiyatliligiga karamasdan, boshqaruv qarorlari qabul qilishda, xususan, moliyaviy menejment qarorlarini uchun subyektning faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini baholash va uni boshqa turdosh subyektlar bilan solishtirish imkoniyatini tuligicha ta’minlamaydi. Shuning uchun ham solishtirma tahlil kursakichlaridan ham amaliyotda keng foydalaniladi. Gorizontal tahlil, hisobot ko‘rsatkichlarining oldingi yillarga nisbatan, turli moddalarini solishtirish natijasidagi absolyut va nisbiy tebranishlarini aniqlaydi.
Vertikal tahlil yillar bo‘yicha emas balki balans ko‘rsatkichlarining moddalarini bir biriga o‘zaro solishtirish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimidan iborat bo‘lib moliyaviy menedjment qarorlari uchun zaruriy bo‘lgan axborotlarni olishda muhim hisoblanadi. Trend tahlil bir necha yillar mobaynidagi ko‘rsatkichlarni bazis yildagi ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro solishtirish va yillar mobaynida ma’lum ko‘rsatkichlarning bazis yiliga nisbatan dinamik o‘zgarishlarini aniqlash bilan bog‘liqdir.
Hisobotlarni tahlil qilishning keng qo‘llanilgan usullari maxsus moliyaviy koeffitsentlarni o‘rganish hisoblanadi. Bu koeffitsentlar korxonalar moliyaviy holati tug‘risidagi axborotlar berishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularning afzalliklari korxona aktivlarini inflyatsiya jarayoni sharoitida to‘g‘ri baholashning muhim usuli hisoblanadi. Bu usulning mohiyati, birinchidan, ko‘rsatkichlarni hisoblashda; ikkinchidan, qandaydir asosga nisbatan solishtirish bilan belgilanadi. Bunday asoslarga quyidagilar kiritiladi:
-umumiy qabul qilingan standartlar;
-o‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichlari;
-o‘tgan yillarning uxshash ko‘rsatkichlari;
-raqobatlashuvchi subyektlarning moliyaviy ko‘rsakichlari;
Agar bu koeffitsiyentlar solishtiriladigan asosga nisbatan yomonrok bo‘lsa subyektning «nochorlik» faoliyatini kursatib beruvchi «Iqtisodiy indikator» rolini o‘ynaydi va aniqroq axborotlar olish uchun keyingi tahlil ishlari olib boriladi.
Subyektlar uchun moliyaviy koeffitsiyentlar ularning faoliyatini tashqi moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baholash uchun muhim moliyaviy axborotlar manbalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy menedjer muhim moliyaviy koeffitsiyentlarning ta’siri ostida qarorlar qabul qilishga harakat qiladi.
Koeffitsiyentlarning analitik qiymati tasdiqlaydiki aksariyat rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy koeffitsiyentlardan axborot manbai sifatida foydalanish uchun maxsus nashriyotlar faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, A+Shda «Robert Morris Assoshieyts», A+SH savdo vazirligining solik byurosi, «Mudis indastriel menyuel», Yaponiyada «Kaysya nenkan» va boshqalar.
Moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblashda yagona kursakichlar tizimiga rioya kilinmaydi. Masalan, A+Shda 10-15 ta ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ammo, jaxon amaliyotida subyektlarning moliyaviy holatini baholashda va investitsion jalb qiluvchanligini baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan keng foydalanilishi ko‘zatiladi:
-likvidlilik koeffitsiyenti;
-kapitallarning tarkibi;
-ishbilarmon faollik ko‘rsatkichlari
-rentabellik koeffitsiyenti;
-bozor faolligi ko‘rsatkichi.
Subyektning moliyaviy holati va barqarorligini tahlil qilishda ko‘pgina moliyaviy koeffitsiyetlarni hisoblash va ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Subyektning qarz mablag‘larini baholash va uning to‘lov qobiliyatini potensial aniqlab beruvchi koeffitsiyentlardan biri likvidlilik koeffitsiyenti hisoblanadi. Subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘lovlarining muddatlari haqida axborot bulmasa, u holda likvidlilik ko‘rsatkichlari ishlatiladi.
Likvidlilik koeffitsiyenti subyektning yil mobaynida qisqa muddatli maburiyatlarini qaytara olish imkoniyatini aniqlaydi. Likvidlilik koeffitsiyenti: joriy likvidlilik, muddatli likvidlilik, absolyut likvidlilik, sof aylanma mablag‘lari kabi elementlardan iborat. Joriy likvidlilik koeffitsiyenti subyektning kichik davr mobaynida majburiyatlarini qaytara olish uchun zaruriy mablag‘lar mavjudligini aniqlaydi. Umumiy qabul qilingan standartlar bo‘yicha mazkur koeffitsiyentning me’yoriy miqdori 1 dan 2 gacha bo‘lishi lozim. Koeffitsentning past chegarasi korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarini qaytarish uchun eng kam mablag‘larning miqdorini belgilaydi., aks holda kapitallarning noratsional strukturasi mavjudligini tasdiqlaydi. Koeffitsiyentni aniqlashda uning dinamikasiga alohida etibor berish lozim.
Joriy likvidlilik koeffitsiyentini hisoblashda hisobotlarning ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Chunonchi, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, sof debitorlik qarzlari, moddiy ishlab chiqarish zahiralarining yig‘indisini subyektning qisqa mudadatli qarzlariga nisbati ko‘rinishida aniqlanadi. Joriy likvidlilik koeffitsiyentining tarkibiy qismi sifatida muddatli likvidlilik koeffitsiyentni hisoblanadi. Muddatli likvidlilik koeffitsiyenti aylanma aktivlarning nisbatan yuqoriroq likvidlilikka ega qismini qisqa muddatli majburiyatlarga nisbatini aks ettiradi. Muddatli likvidlilikni aniqlashda korxonaning pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar, sof debitorlik qarzlarining qisqa muddatli qarzlarga nisbatini kursatib beradi. Subyektda muddatli likvidlilikning yo‘qligi ishbilarmonlik imkoniyatlarini qo‘llashga qobiliyatsiz ekanligidan dalolat beradi. Mazkur ko‘rsatkichning past darajasi ma’muriyatng harakatlarida erkinlik yo‘qligini bildiradi. Subyekt joriy qarzlarini va majburiyatlarini tulay olmasligi uta jiddiy salbiy natijalar mavjudligidan dalolat beradi. Bu esa, uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar va aktivlarni majburan sotishga, ayrim hollarda inqirozga uchrashga olib keladi. Absolyut likvidlilik koeffitsiyenti korxonaning real pul mablag‘larini qisqa muddatli majburiyatlargi nisbatini anilab beradi. Sof aylanma kapitallar aylanma aktivlardan qisqa muddatli aktivlarni chegirib tashlagandan so‘ng qolgan qismi hisoblanadi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimi vositasida biz subyektlarning turli xil xatarlardan himoyalanganlik darajasini aniqlash imkoniyatiga egaligini aniqlab olishimiz mumkin. Ammo bu ko‘rsatkichlar har doim ham subyektlarning faoliyatini tuligicha baholab bera olmaydi. Chunonchi, likvidlilik koeffitsiyentining me’yordan ortishi bevosita subyektlarda ishchan kapitallar me’yorining pasayishiga olib keladi. Masalan, absolyut likvidlilik koeffitsiyenti pul mablag‘larini qisqa muddatli qarz majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi. Ammo, naqd pul mablag‘larini ko‘payishi korxonada ishchanlik faoliyatining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimidagi ayrim ko‘rsatkichlarning miqdor koeffitsiyentlari bir biriga teskari nisbatda hisoblanadi.
Subyekt mulkdolari uchun likvidlilikning yo‘qligi yoki uning past darajasi daromadning pasayishi, nazoratning yo‘qolishi, kapital quyilmalarning qisman yoki butunlay yo‘qolishini bildiradi. Agar mulkdorning javobgarligi cheklanmagan bo‘lsa, u holda zararlar mol mulkning miqdoriga ham ta’sir etishi mumkin. Kreditorlar uchun bunday ahvol foiz to‘lovlarining va ular qarzlarining asosiy miqdorining kechiktirilishini hamda ularga tegishli miqdorning qisman yoki butunlay yo‘qolishini bildiradi.
Joriy to‘lovga qodirlilik tor tushuncha, negaki, u kelajakka karatilgan. Likvidlilikning ko‘rsatkichlari esa kelajakda to‘lovga qodirlilikni aniqlashga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning nobarqarorligi va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishi har bir korxonada yetarlicha likvidlilik koeffitsiyentini bashorat qilishga undaydi. Likvidlilik koeffitsiyenti darajasi bashorat qilingan hisobot yoki ekstrapolyatsiya usuli yordamida xal qilinadi. Hisob va balans ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
Kapitallarning tarkibining ko‘rsatkichi yoki aksariyat hollarda to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi subyektlarga uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar qilgan kreditorlar va investorlar manfaatlarining himoyalanganlik darajasini aniqlab beradi. Ular subyektlarning uzoq muddatli qarzlarni qaytara olish qobiliyatini kursatadi.
Korxonaning to‘lovga qobilligi deyilganda, uning muddatli majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish tushuniladi. Moliyaviy tahlil jarayonida joriy va kelguvsi to‘lovga qodirligi o‘rganib chiqiladi. Hisobot davri uchun joriy to‘lovga qodirlik balalari asosida uning to‘lov vositalarining muddatli majburiyatlar yig‘indisi bilan solishtirilishi orqali aniqlanadi. To‘lov vositalarining yig‘indisini aniqlash bo‘yicha turli karashlar mavjud. To‘lov vositalariga ayirboshlanadigan va pulga aylanadigan qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarni, debitorlik qarzlarining bir qismini kiritishimiz mumkin.
Muddatli majburiyatlarga joriy passivlar, ya’ni to‘lov muddati tugagan majburiyatlar va qarzlar(qisqa muddatli bank kreditlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, budjet va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga bo‘lgan kreditorlik qarzlari) kiritiladi. To‘lov vositalarining muddatli majburiyatlari ustidan qo‘yiladigan ustamasi subyektning to‘lovga qodirligidan dalolat beradi.
Xususiylik koeffitsiyenti subyektning xususiy kapitallari tarkibidagi ulushini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich imkoniyat darajasida yuqori bo‘lishi lozimligining mAqsadga muvofiqligi ta’kidlanadi. Umuman olganda, mazkur koeffitsiyentning nisbatan yuqori bo‘lishi kreditorlar va investorlarning manfaatlari uchun yuqori hisoblanadi. Ammo, foyda meyori bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari % me’yorlaridan yuqori bo‘lgan sharoitda bunday ko‘rsatkich okilona qarz olish konsepsiyasiga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, kredit mablag‘larining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi konseptual asoslari «nochor» subyektlar uchungina beriladigan moliyaviy yordam emas, balki kredit mablag‘lari kredit resurslaridan samarli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar tomonidan olinishi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatiga asoslanadi.
Moliyaviy bog‘liqlik koeffitsiyenti subyektlarning tashqi qarzdorlarga bog‘liqlik darajasini kursatadi. Bu ko‘rsatkichning miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa subyektlarni bankrotlikka olib keluvchi xatarli vaziyat va pul mablag‘laring potensial defitsitlari shunchalik darajada mavjud bo‘ladi.
Umuman, bu koeffitsiyentning miqdori bozor sharoitida 1 ko‘rsatkichidan oshib ketmasligi zarur. Tashqi qarzlarga yuqori darajadagi bog‘liqlik subyektnig sotish sur’atining pasayish sharoitida moliyaviy holatining pasayishiga olib keladi. Modomiki, qarz kapitallari bo‘yicha foizlar tulash xarajatlari doimiy xarajatlar hisoblanadiki bunday sharoitda subyekt sotish hajmini mutanosib ravishda kamaytira olmaydi.
Bundan tashkari, moliyaviy bog‘liqlikning yuqori darajasida subyekt o‘rtacha bozor stavkalarida yangi kreditlar olishda bir qancha kiyinchiliklarga duch keladi. Moliyaviy bog‘liqlik koeffitsiyenti subyekt tomonidan moliyalashtirish manbalarini tanlashda muhim rol uynaydi.
Ishbilarmon faollik va rentabellik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda axborotlarning manbalari sifatida balans va moliyaviy natijalar tug‘risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ishbilarmon faollik ko‘rsatkichi subyekt o‘zining mablag‘laridan qanday samardorlikda foydalanishini kursatib beradi
Aylanuvchanlik ko‘rsatkichlari subyektlarning moliyaviy holatini baholashda katta ahamiyatga ega. Modomiki, mablag‘larning aylanish tezligi ya’ni qiymatning pul shaklini olish tezligi subyektlarning to‘lov qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Bundan tashkari aylanma mablag‘larni aylanish tezligining oshishi ma’lum sharoitlarda subyektlarning texnik- ishlab chiqarish potensialining oshishiga tasir etadi.
Birinchi guruh ko‘rsatkichlari- bu subyektning xo‘jalik faolligi xaqidagi umumiy tasavvurga aniqrok ega bulinuvchi kapitallarning umumiy aylanuvchanlik koeffitsiyenti hisoblanadi.
Ishbilarmon faollik ko‘rsatkichi tizimining eyelementlari sifatida aktivlarning aylanuvchanligi, debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi, kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi, moddiy ishlab chiqarish zahiralarining aylanuvchanligi, muomalaviy jarayonlarning aylanuvchanligi kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi(5-chizmaga karang). Ishbilarmon faollik ko‘rsatkichlari tizimining har bir elementi subyektlarning aktivlari, debitorlik, kreditorlik qarzlarining aylanish tezligini batafsil ravishda baholaydi.
Subyektlarda moliyaviy menedjment tizimini shakllantirishdagi bosh vazifa sifatida shakllantirilgan asosiy va aylanma kapitallarni boshqarish, qarz mablag‘larining okilona manbalarini ta’minlash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga moliyaviy dastaklar va usullar bilan ta’sir mexanizmlarni shakllantirish hisoblanadi. Ma’lumki, qarz mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish subyektlar uchun yuqori darajadagi mas’uliyatni talab qiladi. Chunonchi, takror ishlab chiqarish natijasida olingan kushimcha qiymat avvalo davlatning markazlashtirilgan pul fondlari, kreditorlarning manfaatlari hamda korxona uchun foydani shakllantirishi zarur. Shuningdek olingan qarz mablag‘larining ishlab chiqarish jarayoni davriyligi bilan to‘g‘ri kelmasligi natijasida subyektlarda to‘lov qobiliyatining yo‘qolishi mumkin. Shuning uchun ham subyektlarda qisqa muddatli qarz mablag‘larini qaytara olish imkoniyatini baholashda likvidlilik koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari tizimidan foydalaniladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz, «Orzu» aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holatini tahlil qilib chiqamiz.
«Orzu« aksiyadorlik jamiyatining o‘z mablag‘larining jami mulk ulushida o‘tgan yilga nisbatan 0,1 koeffitsiyentga kamaygan; O‘tgan yilga nisbatan qarzlar summasi 0,19 koeffitsiyentga kamaygan. daromadlari 0,14 koeffitsiyentga o‘zgargan; xarajatlarni qoplash aktivlari 0,77 koeffitsiyentga oshgan;
Zahira va xarajatlarni qoplash manbalari 0,26 koeffitsiyetga ijobiy tomonga o‘zgargan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus №33 sonli yo‘riqnomasiga ko‘ra, kredit surovchi barcha Subyektlarning buxgalteriya balansi ma’lumotlariga qarab +uyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanishi lozimligi tavsiya etilgan:
-qoplanish koeffitsiyenti;
-likvidlilik koeffitsiyenti;
-mustaqillik koeffitsiyenti.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
-qoplanish koeffitsiyenti keyingi yillarda pul mablag‘larining ulushi qisqa muddatli majburiyatlardan 0,24 koeffitsiyentga oshganligini ko‘rsatmoqda;
-likvidlilik koeffitsiyenti hisobot yili oxirida qisqa muddatli majburiyatlarning ulushi yo‘qligidan kelib chiqmoqda;
-mustaqillik koeffitsiyenti yil oxirida o‘z mablag‘lari manbasining 0,1 koeffitsiyentga oshganligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda sotilgan mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi alohida, aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak ya’ni, biz ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobotning o‘zidan ukiy bilishimiz hamda zarur axborotlarni olishimiz mumkin bulsin. Buning uchun moliyaviy hisobot tuzilganda sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi haqida ma’lumotnoma topshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Xulosa Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi rolini inobatga olgan holda quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- aholini ish bilan bandligini ta’minlash, mahalliy resurslardan samarali foydalanish asosida mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda bu sohaning ahamiyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini tahlil qilish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo`nalishlari bo`yicha uning iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi hududlarda mamlakatning o`rtacha ko`rsatkichlari darajasiga yetishini ta’minlashga erishish orqali hududlar rivojlanishini muvofiqlashtirishga intilish;
- mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kam investitsiya mablag`larini talab etishini, ularning bozor konyunkturasi talablariga tez moslasha olishiga imkon berishini inobatga olish.
Kelgusida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun quydagilarni taklif qilamiz:
- Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish xolatini tanqidiy o`rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, xududning resurs salohiyatini inobatga olgan xolda, ishlab chiqarishning to`liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish;
investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish. - Bu esa o`z navbatida Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.