Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u korxonaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab-yashnayotgan korxona ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar korxona boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u korxonaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab-yashnayotgan korxona ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar korxona boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, korxonada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni 207 baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ muddatlariga bog‘liq
Do'stlaringiz bilan baham: |