Mahsulot sifati bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Choraklar
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so‘m
Haqiqatdagi darajaning rejadan farqi
Reja bajarilishi, %
Reja
Haqiqat
1- chorak
22 500
21 600
-900(21600-225000)
96(21600/225000)
2- chorak
20 200
20800
+600
102.9
3- chorak
28000
28200
+200
107.1
4- chorak
27000
26300
-700
97.4
Jami
97700
96900
-800
99.18
Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so‘mga kam bo‘lgan. Bu esa mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. Choraklar bo‘yicha birinchi va to‘rtinchi choraklar bo‘yicha tushum rejasi bajarilmagan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo‘yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan. Iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar miqdoriy o‘lchamga ega bo‘lib, ular mutlaq va nisbiy miqdorlar bilan ifodalanadi. Mutlaq miqdorlar iqtisodiy hodisa va jarayonlarni hajmi, miqdori, o‘lchami va darajasini ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar bir mutlaq miqdorni ikkinchi mutlaq miqdorga bo‘lish natijasida olingan hosilani ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar turli shaklda: koeffitsiyentlarda (taqqoslash bazasi 1), foizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin. Tahlil jarayonida nisbiy miqdorlarning quyidagi turlari keng qo‘llanadi: reja vazifalarining nisbiy miqdorlari; rejani bajarishning nisbiy miqdorlari; dinamika nisbiy miqdorlari; tuzilmaviy nisbiy miqdorlar; koordinatsiya nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlar; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; samaradorlik nisbiy miqdorlari.
O‘rtacha miqdorlar. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular 30 o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi. O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi. O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar. O‘rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi. Oddiy arifmetik o‘rtacha variantlar (x) bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Tahlilda o‘rtacha arifmetik bilan bir qatorda o‘rtacha garmonik ham keng qo‘llaniladi. O‘rtacha garmonik – bu o‘rtacha arifmetik miqdorning teskari bo‘lgan darajasidir. O‘rtacha garmonik miqdor ham o‘rtacha arifmetik miqdorga o‘xshab oddiy va tortilgan shakllarga ega. o‘sish sur’atini aniqlasak, ularning barchasini qo‘shib to‘rt soniga bo‘lish orqali natijaga ega bo‘linadi.
Balans usuli. Balans usuli – o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.
Indeks usuli. Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda – bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi. Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi. Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi. Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor (fizik hajm) va sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi. Indeks usulida hodisaning miqdori (fizik hajmi) – q; narxlar – r; tannarx – s; unumdorlik - harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig‘indini bildiradi.
Guruhlash usuli. Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi. Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi. Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni; Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni; Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi. Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi. Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga 37 kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi. Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Guruhlashlar algoritmini quyidagi ketma-ketlikda belgilash mumkin: • tahlilning maqsadini aniqlash; • axborotlarni yig‘ish; • guruhlash uchun asos qilib olingan belgi bo‘yicha to‘plamni ranjirlash; • to‘plamni taqsimlash intervali (oralig‘i)ni tanlash va uni guruhlarga ajratish; • guruhlash va omilli belgilar bo‘yicha o‘rtacha guruh ko‘rsatkichlarini aniqlash; • olingan o‘rtacha miqdorlarni tahlil qilish, o‘zaro bog‘liqlarni va natijaviy ko‘rsatkichga omilli ko‘rsatkichlarni ta’sir yo‘nalishini aniqlash. Moliyaviy tahlilda guruhlashdan ko‘pincha qiyosiy tahlilda foydalanish mumkin.