Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi. Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi. Tahlil fanining (uning mikro ko‘lamdagi barcha turlariga nisbatan) metodini aniqlash ham uning predmetini belgilashdagi kabi juda tortishuvli masalaga aylangan va bu borada hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‘q. Moliyaviy tahlil fanining metodi – xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir. Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o‘zining uslubi to‘g‘ri keladi. Uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, maqsadga muvofiq qoidalari majmui tushuniladi. Moliyaviy tahlil uslubi deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni analitik tadqiq qilishning usullari va tartiblari tushuniladi. Tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy uslublarga. Umumiy uslub – barcha tahlil turlari va turli fanlar doirasida qo‘llaniladigan, fan obyektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan usullar va tartiblar tizimidir. Xususiy uslub – faqat shu fanning o‘ziga tegishli bo‘lgan, tadqiqot obyektiga qarab tanlanadigan usullar va tartiblar tizimidir. Moliyaviy tahlilni o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqozo qiladi. Mazkur tartiblarni quyidagi bosqichlarda tasniflash mumkin.
Moliyaviy tahlil bosqichlari 1-bosqich Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi 2-bosqich Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi 3-bosqich Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi) 4-bosqich Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi 5-bosqich Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitob qilinadi 6-bosqich Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi 7-bosqich Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi Tahlil metodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning boshqa fanlardan farqli jihatlari nimalardan iborat? Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki, unda faqat o‘zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog‘lanishlari ham o‘rganiladi. Ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati sh Moliyaviy tahlil bosqichlari 1-bosqich Tahlilning obyekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi 2-bosqich Tahlil obyektini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi 3-bosqich Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchliligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi) 4-bosqich Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja, o‘tgan yil, ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi 5-bosqich Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitob qilinadi 6-bosqich Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanilmayotgan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi 7-bosqich Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni hisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanad
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullar: an’anaviy (taqqoslash, balans, o‘rtacha miqdorlar, zanjirli almashtirish, indeks, farqli, nisbiy ko‘rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik (integral, chiziqli va chiziqsiz dasturlash, nazariy o‘yin, korrelyatsiya va regretsiya, determinant, logarifm kabi) usullar.
Tahlilning asosiy (umumiy) usullari sifatida quyidagilarni tarkiblash lozim. Taqqoslash usuli. Taqqoslash – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin. Taqqoslashning mazmuni – qiyoslashdan iborat. Taqqoslash asosida o‘rganilayotgan obyektdagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Qiyosiy tahlil quyidagi turlarga ajratib o‘rganiladi: gorizontal, vertikal, trend va shuningdek bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tahlillar. Gorizontal tahlil tayanch (bazaviy) ko‘rsatkichi (reja, o‘tgan yil, o‘rtacha, ilg‘or xo‘jaliklar ko‘rsatkichi)dan haqiqiy ko‘rsatkichning mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlash va baholash uchun qo‘llaniladi. Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o‘rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Trend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishdaTrend tahlili ko‘rsatkichlarni bir qator yillar mobaynida nisbiy miqdorlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sish sur’atlarini o‘rganishda qo‘llanadi. 27 Bir o‘lchamli tahlilda taqqoslash bir obyektning bitta yoki bir nechta ko‘rsatkichlarini, yoki bir nechta obyektni bitta ko‘rsatkichini taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ko‘p o‘lchamli tahlilda bir nechta korxonalarni katta spektrdagi ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganiladi. Bu tahlil korxonalar va ularning bo‘linmalari faoliyatini kompleks baholashda keng qo‘llaniladi. Taqqoslashda real voqelikning, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning reja, o‘tgan yillar, bazis yili, o‘rtacha tarmoq, ilg‘or, qoloq, xorij ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlariga, ularning dinamikasiga, mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |