7 — O.Yu. Rashidov va bosh.
97
lakatdagi barcha vazirliklar va idoralaming moliya faoliyatini nazorat
qiladi va tartibga solib turadi.
Biz yuqorida t a ’kidlab o ‘tgan moliyani boshqarishdagi um um iy
boshqaruvdan tashqari uni aniq amalga oshiruvchi tezkor(operativ
boshqaruv) moliya apparati mavjud. M amlakatimizda moliyani bosh-
qarishni joylarda ijro etuvchi barcha tashkiliy tuzilm alarning jamlamasi
moliya apparatini tashkil etadi.
Agar biz moliyani boshqarishning um umiy va tezkor sohalarini
um um lashtirsak, u holda moliyani boshqarish tizimini shakllantirib
uni quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin.
M oliya tizim ida 0 ‘zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi m uhim
o ‘rin egallaydi. Buning asosiy sababi, Moliya vazirligi nafaqat moliya
siyosatini ishlab chiqib, uni amalga oshiradi, balki o ‘z vaqtida davlat
ijroiya organlari tom onidan bajarilishini bevosita nazorat etadi. Moliya
ni boshqarishda Moliya vazirligiga amaldagi qonunchilikka asosan
quyidagi vazifalarni bajarish yuklatilgan:
— m anfaatd o r vazirliklar va idoralar bilan birgalikda milliy iqtiso-
diyotni rivojlantirish yuzasidan qisqa ham d a uzoq m uddatli reja-
taxm inlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
— m am la k a t oliy ijroiya organlari bilan birgalikda davlatning
markazlashgan pul mablag‘lari resurslariga bo ‘lgan ehtiyojini aniqlaydi
va uni davlat ham da mahalliy budjetlar o'rtasida taqsimlash yuzasidan
takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
— davlat budjetining loyihasini tayyorlash yuzasidan ishni tashkil
etadi, mahalliy budjetlar u c h u n umumdavlat soliqlaridan ajratmalari
m e ’yorlari loyihasini ishlab chiqadi, ajratiladigan subvensiya hamda
dotatsiyalarning miqdorini belgilaydi;
— davlat budjeti va budjetdan tashqari jam g 'arm alarning ijrosini
t a ’m inlaydi;
— D avlat Soliq Q o'm itasi bilan birgalikda soliq tizimi va soliq
siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok
etadi;
— m anfaatdor vazirliklar, idoralar va kom paniyalar bilan birgalikda
narx-navo siyosatini (ta ’riflar, imtiyozlar) aniqlashda ishtirok etadi;
— D avlatning qisqa h a m d a uzoq m uddatli obligatsiyalarni m uo-
m alaga c h iq a rish va u larn i joylashtirish b o ‘y ich a takliflar ishlab
c hiqadi;
—
milliy qim m atli q o g 'o z la r bozorini shakllantirish va uning
faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
— m am lakatda sug‘urta faoliyatini takom illashtirish yuzasidan olib
boriladigan ishlarda ishtirok etadi va nazorat qiladi;
— Vazirlar M ahkamasining topshirig‘i va vakolati b o ‘yicha xalqaro
m oliya tashkilotlari (Xalqaro V aluta fondi, X alqaro Tiklanish va
T araqqiyot Banki va boshqalar) bilan ham korlikni amalga oshiradi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining tashqi davlat qarzdorligi yuzasidan
dasturlar loyihasini ishlab chiqadi va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respub-
likasi M oliya vazirligi o ‘ziga yuklatilgan vazifalarni o ‘zining tarkibiy
b o ‘g ‘inlari orqali amalga oshiradi. Bu tarkibiy tuzilishni 5-chizm ada.
Shuni t a ’kidlash lozimki, O 'zbekiston Respublikasi M oliya vazirligi
va u n in g joylardagi bo‘g ‘inlari o ‘z faoliyatini «Budjet tizimi t o ‘g ‘ri-
sida»gi Q onuniga asosan tashkil etadi ham d a am alga oshiradi.
O ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiiung b ozor m unosabatlariga
bosqichm a-bosqich o'tishi va yangi soliq q o n u n in in g qabul qilinishi
natijasida davlat darom adlarida soliqlar va yig‘im larning aham iyatini
oshirishga t a ’sir ko ‘rsatdi. Soliq qonunchiligini takom illashtirish va
davlat budjetiga darom adlar tush u m in i oshirish m aqsadida Moliya
vazirligi tarkibidan maxsus vakolatga ega b o ‘lgan m arkazlashgan soliq
organlari tizimini tashkil etishga katta ehtiyoj sezildi.
0 ‘z b e k isto n Respublikasi Oliy Kengashi 1991-yil 14 -iy u n d a
« 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari t o ‘g ‘risidagi nizom »ni
tasdiqladi. Ushbu nizomga asosan Vazirlar M ahkam asining 1991-yil
12-avgustida 217-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari
to ‘g ‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qon un chilik asosida soliq
organlarining mustaqil davlat soliq xizmati sifatidagi faoliyati boshlandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘m itasining m aqom i, uning
asosiy vazifalari, funksiyalarining doirasi va faoliyatining kengayishi
natijasido 1994-yil 14-yanvarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asi qoshidagi Davlat bosh
soliq boshqarmasini O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘mitasiga
aylantirish to ‘g ‘risida»gi Farm oni qabul qilindi. Ushbu farm onni amalga
oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 1994-
yil 18-m artda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq q o ‘mitasini tashkil
etish va faoliyat ko‘rsatishi masalalari t o ‘g ‘risida»gi 114-sonli qarori
qabul. qilindi. Ushbu m e ’yoriy hujjatga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Davlat Soliq Qo'm itasi m am lakatim izda soliq va bojxona siyosatini
amalga oshirish ham da davlatning iqtisodiy m anfaatlarini va mulkiy
huquqlari himoyasini ta ’minlash sohasidagi davlatning vakolatli organi
ekanligi belgilab qo‘yildi.
M amlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib
borishi va bu o'zgarishlarga soliq siyosatini m oslashtirish ham da
takomillashtirish m aqsadida 1997-yil 29-avgustda «Davlat soliq xizmati
to‘g‘risida»gi 474-1 sonli 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu q on u n n i amalga oshirish maqsadida Vazirlar M ahkam asining
1998-yil 12-yanvardagi « 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘-
mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to ‘g'risida»gi 14-sonli qarori
qabul qilindi. Ushbu m e ’yoriy hujyatlarda mamlakatimizdagi davlat
soliq organlarining amalga oshiradigan asosiy funksiya va vazifalarining
doirasi kengaytirildi ham da aniqlashtirildi.
Moliyani boshqarishda Davlat Soliq Q o ‘mitasiga amaldagi qonun-
chilikka asosan quyidagi vazifalarni bajarish yuklatilgan:
— m am lakatda soliq q o n u n hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning
to ‘g‘ri hisoblanishi, soliqlar t o ‘liq va o ‘z vaqtida toManishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
— soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shartlarni t a ’minlash,
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to'lovchilarga yordam ko'rsatish;
— m am lakatda soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok
etish;
— soliqqa tortish subyektlari va obyektlarini to'liq va o ‘z vaqtida
hisobga olishni ta ’minlash;
— soliqqa doir huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf
qilish;
— nazorat qiluvchi organlar tom onidan xo'jalik yurituvchi subyekt-
lar moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarning ham-
masini muvofiqlashtirish;
— jism oniy va yuridik shaxslarni, budjetga soliqlar va boshqa
to'lovlarni t o ‘lovchilarni, yuridik ham da jismoniy shaxslarning soliqqa
tortish obyektlarini hisobga olishning to ‘laqonli bazasini yaratish;
— yagona telekom m unikatsiya tizimini yaratish;
— tashkiliy ham da kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish va
kuchaytirish;
— m e ’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, soliq sohasida
huquqbuzarlikning oldini olish, soliqlarni yig‘ish va majburiy tarzda
undirish funksiyalarini birlashtirish;
— belgilangan prognoz k o ‘rsatkichlariga muvofiq budjetga to ‘lov-
larning to ‘liq tushishini t a ’minlash;
— soliq tizimining unum dorligi va samaradorligini oshirish, salbiy
ta ’sir va xatar darajasini pasaytirish;
—
0
‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning borishiga xufiya iqtiso-
diyotning roli va t a ’sirini kamaytirish.
Y uqorid a t a ’kidlab o ‘tg an vazifalarni D avlat Soliq Q o ‘m itasi
quyida keltirilgan chizm ada o ‘zining tarkibiy b o ‘g‘inlari orqali am alga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |