Mavzu: Molekulyar biologiya fani yutuqlarining sanoatga tadbiq etilishi. Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad



Download 3,47 Mb.
bet1/11
Sana01.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#286795
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5404822403320647504


1-Amaliy mashg‘ulot ishi

Mavzu: Molekulyar biologiya fani yutuqlarining sanoatga tadbiq etilishi.

Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad. Molekulyar biologiya fani jadal sura’tlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu fanning yutuqlaridan ishlab chiqarish sanoatida keng qo’llanilmoqda. Shu sababli fan yutuqlarining sanoatda qo’llanilishini bilish, fanning ahamiyatini tushunishga imkon beradi.

Yildan-yilga genomi o’zgartirilgan o’simliklarning mevasi ko’payib bormokda. Jumladan, dunyoda yetishtirilayotgan soyaning 75% va makkajo’xorining 35% genomi o’zgartirilgan transgen o’simlik hisoblanadi. Нozirgi kunda dunyo bozoriga ikkinchi darajali genomi o’zgartirilgan o’simliklar kirib kelmoqda. O’simlik hujayrasidagi genlarning bir necha soni o’zgargan bo’lib, genlardan faqat bittasi o’zgargan yoki yagona “begona” gen hujayraga kiritilgan bo’lsa, bularni ikkinchi darajali genomi o’zgargan hisoblanadi. Bunday genomi ikkinchi darajali o’simlik navlarining hosillarini mutaxassislar inson uchun zararsiz, deb hisoblamoqdalar. Нozirgi kunda dunyoda 80 dan ortiq hilma-xil, genomi o’zgartirilgan transgen o’simliklar qishloq xo’jaligida yetishtirilmoqda.

Ma'lumki, dunyoda qishloq xo’jalik ekinlari qurg’oqchilik va zararkunanda hasharotlar va bo’lak omillar ta'sirida nobud bo’ladi yoki hosili juda past bo’ladi. Нo’jalikdagi ekinlar hosilining 30% mikroorganizmlar, viruslar va bo’lak zararkunandalar ta'sirida yo’q qilib yuboriladi. Ayrim zamburug’lar o’zlaridan inson uchun xavfli bo’lgan toksinlarni ishlab chiqadilar. Genomi o’zgartirilgan transgenli o’simliklarning ayrim navlari esa mana shunday zararli mikroorganizmlarga qarshi samarali kurasha oladi.

Respublikamizdagi tekis yerlarning 75% cho’ldan iborat. Aksariyat qismi tabiiy omillar ta'sirida sho’rlangan tuproqlardir. Sho’rlanish asosan tog’, tog’oldi jinslari va yer usti va osti suvlar tarkibida tuzlar va ularni issiq iqlim ta'sirida bug’lanishi asnosida, yer ustida to’planib bormoqda. Нosildor yerlarning yana sho’rlanishiga sabab, adir hududidagi yerlarni muttasil sug’orish, minerallangan suvlar kapillyar yo’l bilan yer ustiga chiqish hisobiga bo’lmoqda.

Galofitlardagi bunday himoya vositalari ularning irsiyatidagi tuzlar muhitiga moslashtiruvchi maxsus genlarga bog’liq. Molekulyar biologiya fanining yutuqlari tufayli, galofitlardagi tuz muhitiga moslashtiruvchi genlarni ajratib, ularni boshqa o’simlik genomiga joylashtirish mumkin. Shunday qilib, hozirgi kunda olimlar tomonidan irsiyati o’zgartirilib, uni turg’un holatga keltirilgan bir qancha transgenli o’simliklar yaratildi. Jumladan, tuzli muhitda o’sib, hosil beradigan donli, dukkakli, sabzovot va moyli o’simlik navlari yetishtirilmoqda. Xitoy olimlari tomonidan qishloq xo’jaligiga kuchli sho’rhok yerlarda o’sib, hosil beruvchi sholi, pomidor va soya tavsiya etilgan. Mazkur navlar Xitoy olimlari tomonidan ma'qullanib, bularning qishloq xo’jaligida katta ahamiyat kasb etishi e'tirof etildi., Chunki Xitoy hududida 33 mln. ga yer kuchli sho’rlangan bo’lib, ko’rsatilgan navlar yer resurslaridan foydalanishda ijobiy rol o’ynaydi. Yapon va hind biologlari hamkorlikda Нindistondagi mahalliy sholining genomini o’zgartirib, yangi sholi navini yaratdilar. U suv tarkibida tuz miqdori 11-12 g/l bo’lsa ham, o’sib xosil beradi. Bu suvdagi tuz miqdori bizdagi zovur va drenajlardan chiqadigan suv tarkibidagi tuz miqdoridan 2-3 marotaba ortiqdir. Bizda bunday sho’r suvlarni cho’lli hududlarga chiqariladi. Demak, kelgusida biz shunday sho’rli suvlarni qishloq xo’jaligida ekiladigan transgenli sho’rli muhitda o’sadigan o’simliklar uchun bir necha marta foydalanib, o’ta yuqori konsentratsiyali, anomal suvlarni Orol dengizi tomon yo’naltirishimiz mumkin. Bizda va chet el matbuotlarida genomi o’zgartirilgan o’simliklarning xavf-xatari haqidagi mubolag’ali ma'lumotlar berilmoqda. Bunday tanqidiy fikrlar fan olamidan yiroq bo’lgan chalasavod diletantlarga xosdir. AQSh da mana 10-15 yil bo’ldiki, millionlab tonna oziq-ovqat mahsulotlari genomi o’zgartirilgan o’simliklar orqali yetishtiriladi. To’g’ri, Yevropaning ayrim badavlat mamlakatlari transgen o’simlik mahsulotlarini o’z hududlaridagi bozorlarga kirgazishni cheklagan edilar. Buning asosiy sabablari yuqorida ta'kidlanganidek, bozor iqtisodiyotiga asoslangan firmalar o’rtasidagi beshafqat raqobat bo’lsa, ikkinchidan o’zaro bir-birini turli xil usullar bilan qoralaydigan proteksionizm natijasidir.

Molekulyar biologiya fani yordamida hozirgi kunda hayolga kelmaydigan mo’jizaviy ishlar qilish mumkin. Masalan, kartoshka geniga zaharli organizm genini o’rnashtirilsa, bunday transgen kartoshkaga kolorado qo’ng’izi qo’nib, uni kemirsa o’sha zahotiyoq o’ladi, uzumga ham shunday zahar chiqaruvchi gen o’rnatib, uning mazasini butunlay o’zgartirish mumkin. Bunday tadqiqot ishlarida asosiy omil inson uchun qaysi biri zararli va qaysi biri foydali ekanligini aniqlash, shunga asosan navlarni seleksiya asosida tanlab borishdan iborat.

Tuzli muhitga chidamli oziq-ovqatga ishlatiladigan transgen o’simliklarni amaliy va nazariy jihatdan inson sog’ligi uchun xavfsiz deyilsa bo’ladi, chunki o’simlik hujayrasiga kirgizilayotgan gen ona o’simlik tanasida bo’lib, yangi gen mavjud bo’lgan genlarni faqat faollashtiradi. Bunda tuzli muhitga moslashgan o’simlik navlari xuddi Michurin tomonidan payvand qilingan yoki seleksiya asosida yetishtirilgan olma navlari kabi inson uchun zararsizdir.




Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish